7.4. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket
Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli
madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslariga
rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga:
78
belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish;
muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va
tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting;
muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli
vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotgan
muammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin;
muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari
odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim;
o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga
murojaat etmaslik kerak;
ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham
izohlash bilan gapirish kerak;
muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish
va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak;
ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir
tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim;
muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun
minnatdorchilik bildirish kerak;
o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir
qilishdan tashqari, hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun
minnatdorchilik xatini yuborish lozim;
sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini
qabul qilganligingizni anglatadi.
Xulosa
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda korxonalarning samarali
faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment
uslubiga ta’sir ko’rsatadi.
Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning qabul
qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar
tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy
sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va
tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar;
5) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul
qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik.
G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida yo’nalishlari
rahbarlarining yuqori individual ma’suliyati va o’ziga ishonchi kiradi.
Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy tafovutlar
kuzatiladi.
Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq” tuzilmalarga
urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik rejalari
muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, firma umumiy
maqsadiga hissa qo’shish xissiyoti.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |