Xalqaro menejment


 NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/67
Sana24.09.2022
Hajmi1,36 Mb.
#850098
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

6.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
 
NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida hal qiluvchi 
rol AQSh TMKlariga taaluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari NAFTAga katta umid 
bog’laydilar. Yaqin yillarda amerika eksportining jiddiy kengayishi va shu bilan 
bog’liq ish joylarning ko’payishi kutilmoqda. Mehnatsig’imli, materialsig’imli va 
ekologik qimmat ishlab chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko’chirish davomida 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining 
raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyati tug’ilsa ajab emas. Masalan, 
Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab chiqarilgan 
detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jixatidan ular AQSh, Kanada yoki 
Yaponiyada yig’ilgan mashinalardan kam emas. Amerikaning uchta avtogiganti - 
“Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz” yaqin yillarda shunday yo’l bilan ishlab 
chiqarish va sotishni kengaytirishi va 4-10 % ga o’z foydalarini oshirishi taxmin 
qilinmoqda. 
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan texnologik 
tarmoqlarni (o’lchov asboblari, kompyuterlar, aloqa vositalari va boshqa ishlab 
chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini oshirish va bozorni 
kengaytirish orqali o’z foydasini oshirishni nazarda tutmoqdalar. Bunda kanada 
kapitalining janubga kuchishini kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, 
boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining 


65 
shakllanishi uchinchi mamlakatlardan, asosan YEI va Yaponiyadan bevosita va 
portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi.
YEIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya, 
Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA 
Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz 
moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z 
iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish 
muddatini yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning 
uchun ikki shimoliy davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol 
erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo 
to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash 
cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat tovarlari bilan o’zaro 
savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning ko’pchiligi esa 
2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, avtomobillar va 
to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan. 
Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan 
alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va 
AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va 
Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay 
olib tashladi, uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 
3,9%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan 
arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil 
mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi 
kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, 90-yillar o’rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p 
tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy 
tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib 
chiqarishga 
transport 
va 
kommunikatsiya 
infrastrukturasiga 
mablag’lar 
investitsiyalash hozircha ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi cheklangan 
sohalarda uni 2001 yildan boshlab- 51 % gacha, 2004 yildan boshlab – 100 % gacha 
kengaytirish ko’zda tutilmoqda. 
Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning ishtirok 
etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa Amerika va Kanada 
moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini egallash 
imkoniyatini yaratadi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish