O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O„zbekiston Respublikasi Qishloq va



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

O„zbekiston Respublikasi Qishloq va 
suv xo„jaligi vazirligining
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, 
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni rag‗batlantirish 
jamg‗armasi negizida:O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi 
huzurida Qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta‘minoti 
jamg‗armasi;O‗zbekiston Respublikasi Suv xo‗jaligi vazirligi huzurida 
Suv xo‗jaligini rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi. 
Jumladan, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi faoliyatini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi
16
 
Farmoniga asosan 
quyidagilar Qishloq va suv xo‗jaligida investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‗nalishlari etib 
belgilandi: 
xorijiy investitsiyalar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‗maklashish 
mablag‗lari (grantlar)ni jalb qilishda ishtirok etish, loyihani boshqarish 
tamoyillariga muvofiq investitsiya loyihalarining o‗z vaqtida va samarali 
amalga oshirilishini ta‘minlash; 
tender (tanlov) savdolarining belgilangan tartibda o‗z vaqtida 
o‗tkazilishini, kontraktlar tuzilishini, ularning vakolatli organlarda 
ekspertizadan o‗tkazilishini ta‘minlash; 
16
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 32-son, 793-modda. 


38 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli xalqaro moliyaviy 
institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining xalqaro qoida va 
taomillariga muvofiq tuzilgan kontraktlar bo‗yicha asbob-uskunalar va 
matyeriallar yetkazib berilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‗rsatilishi 
monitoringini amalga oshirish. 
Qishloq xo‗jaligida maxsus vakolatli davlat organlari tizimida 
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri davlat qo‗mitasi alohida o‗ringa egadir. Ushbu davlat organi o‗z 
faoliyatini 
―O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi to‗g‗risida‖gi Nizom 
asosida olib boradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
19-iyuldagi 
529-sonli 
―O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi to‗g‗risidagi 
hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish 
jamg‗armasi to‗g‗risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida‖gi
17
qaroriga 
asosan, 
quyidagilar 
Davyergeodezkadastrning 
asosiy 
vazifalari 
hisoblanadi: 
yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya 
sohasi faoliyati bo‗yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga 
oshirilishini ta‘minlash; 
yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‗yicha tizimli 
davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga 
so‗zsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni 
ma‘muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish; 
yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza 
qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati 
samaradorligini kuchaytirish bo‗yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 
davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, 
binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, 
shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish; 
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining 
davlat 
kadastrlarini 
yuritish 
sohasidagi 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo‗jaligi 
yerlarini, qishloq xo‗jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring 
17
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 30-son, 733-modda. 


39 
qilish, 
geodeziya 
ma‘lumotlari va kartografiya matyeriallaridan 
foydalangan holda sun‘iy yo‗ldosh navigatsiya tizimi ishlashini 
ta‘minlash; 
ayerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, 
tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda 
tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar 
ma‘lumotlari va matyeriallaridan foydalangan holda, kartografik 
monitoringni amalga oshirish; 
ko‗chmas mulk obyektlarining elektron ma‘lumotlar bazasini, 
ko‗chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich 
o‗tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy 
ravishda yangilab borish; 
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng 
joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 
fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar 
ko‗rsatish; 
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida 
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish; 
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‗yicha 
tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni 
ta‘minlash. 
Ushbu davlat qo‗mitasi tizimi Markaziy devon, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat 
kadastri boshqarmalari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri 
unitar korxonalari hamda bir qator korxona va tashkilotlardan (Davlat 
geodeziya nazorati inspeksiyasi, Markaziy ayerogeodeziya korxonasi, 
Samarqand ayerogeodeziya korxonasi, ―Kartografiya‖ davlat ilmiy-
loyihalash korxonasi, Geodeziya va kartografiya milliy markazi
Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti, O‗zbek 
davlat 
yer 
tuzish 
ilmiy-loyihalash 
instituti 
―O‗zdavyerloyiha‖, 
―Geoinformkadastr‖ davlat unitar korxonasi) iborat bo‗lib, qishloq 
xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarni muhofaza qilish, ta‘minlashda muhim 
ahamiyatga egadir. 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, 
mutanosib va jadal sur‘at bilan rivojlanishini ta‘minlash sohasida yagona 
davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir.
Xususiy tadbirkorlikni rag‗batlantirish, ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash va «xufyona» iqtisodiyotni qisqartirish vazirlikning asosiy 


40 
vazifasi etib belgilandi. Kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7 mln 
AQSH dollaridan yuqori bo‗lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
bo‗yicha qarorlar vazirlik bilan kelishiladi. Vazirlik 2019-yil 1-iyungacha 
O‗zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi 
loyihasini ishlab chiqadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish jarayonida maxsus vakolatli davlat organlari 
bilan hamkorlik qiladilar. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
15-martdagi ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan 
takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi PF–5690-son Farmoniga muvofiq, 
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali 
tashkil etish maqsadida: O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi qarori
18
qabul qilinib, 
unga ko‗ra quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
a) qishloq va suv xo‗jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya 
etilishi holati;
18
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy ba‘zasi, 16.03.2019 y., 07/19/4241/2773-son.


Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish