48
boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat
tugagandan so’ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish huquqiga
ega bo’ladi.
2. Injiniring firmalari
- ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash,
qurish, foydalanishga topshirish bilan shug’ullanadi.
Eksport injiniring firmalari
boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik
ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi,
murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va
uskunalarni
eksport qilib, etkazib turadi.
3. Konsalting firmalar
- ular ishlab chiqarishning turli muammolari
yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning
yangi shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga
o’xshash faoliyat turlariga ko’maklashadi.
4. Venchur firmalari
- bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham
atashadi. Ular kichiq biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi
texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
tijorat ishini tashkil etish
usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara
kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan
shug’ullanadi.
6. Seleng firmalari
- ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb
etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan
shug’ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul,
qimmatli qog’ozlar kiradi.
7. Trast firmalari
- bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir
saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli
vakil sifatida faoliyat
ko’rsatadi. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida
quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
49
- moliyaviy mablag’lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog’ozlar va
hokazolardan foydalanish.
Qisqa xulosalar
Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga
bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini
tashkil qiladi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi.
Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab
chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va
xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va
xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ
ishlashini
ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal
etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi,
boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib,
boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga
ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: