Metrologiya va elektr


§7.3. Elektron elektr energiya hisoblagichlar



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana29.12.2021
Hajmi2,17 Mb.
#84810
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
Метрология ва Электр ўлчашлар масалалар

§7.3. Elektron elektr energiya hisoblagichlar 
O‘zgarmas  tok  zanjirlarida  sarflangan  elektr  energiyani  hisobga  olish  aks 
ta’sir  etadigan  qurilmasi  bo‘lmagan  elektrodinamik  hisoblagich  (schyotchik)lar 
yordamida olib boriladi. 
Bunday  hisoblagichning  harakatlanuvchi  mexanizmi  raqamli  hisoblash 
mexanizmi bilan chervyak uzatma orqali bog‘langan. 
Bir  fazali  hamda  uch  fazali  uch  simli  va  to‘rt  simli  sistemalarda  aktiv  va 
reaktiv energiyani integrallovchi induksion asboblar – bir fazali va uch fazali elektr 
energiya hisoblagichi yordamida hisobga olinadi. 
Hisoblagichlar  tok  g‘altagining  qismalari  yordamida  yuklamaga  ketma-ket 
ulanadi, kuchlanish g‘altagi esa yuklamaga parallel ulanadi. Uch fazali hisoblagich 
kuchlanish  g‘altaklarining  uchlari  mos  ravishda  1,  2,  3  va  0  bilan  belgilanadi. 
Elektr  hisoblagichlarning  o‘lchash  diapazonini  kengaytirish  uchun  ular  tok  va 
kuchlanish  o‘lchash  transformatorlari  orqali  ulanadi.  Bu  holda  asbob  ko‘rsatishi 
tok va kuchlanish transformatorlarining koeffitsiyentlariga ko‘paytiriladi. 
Bir  fazali  zanjirlarda  aktiv  elektr  energiya  bir  fazali  CO  rusumdagi 
hisoblagichlar  yordamida  hisobga  olinadi.  Kerak  bo‘lgan  holda  ular  tok  va 
kuchlanish o‘lchash transformatorlari orqali ulanadi (7.1 - rasm). 
                                                      
90
 Metrology. Measurement/ Anand K Bewoor - New Delhi: India, 2009. (1-adabiyot, 82-bet) 


110 
 
Uch  simli  uch  fazali  zanjirda  aktiv 
elektr  energiya  CA3  rusumdagi  uch  fazali 
ikki  elementli  hisoblagichlar  yordamida 
hisobga  olinadi.  7.2  -  rasmda  bunday 
hisoblagichning 
ikkitadan 
tok 
va 
kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi 
keltirilgan. 
Uch fazali to‘rt simli zanjirlarda aktiv 
energiya  CP4  rusumdagi  uch  fazali  uch 
elementli  hisoblagich  (pWh1,  pWh2  va 
pWh3) lar yordamida hisobga olinadi (7.3 - 
rasm). 
Elektr  tarmoqdagi  transformatorli  nimstansiya  (podstansiya)  lar  o‘lchash 
transformatorlari  orqali  ulangan  aktiv  va  reaktiv  energiya  hisoblagichlar  bilan 
jihozlanadi.  Bunday  hisoblagichlar  va  o‘lchash  transformatorlari  nimstansiyaning 
umumiy  yacheykasida  montaj  qilinadi.  Uch  simli  zanjirga  aktiv  pWh  va  reaktiv 
pQh  hisoblagichlarning  o‘lchash  transformatorlari  orqali  ulanishi  7.4  -  rasmda 
keltirilgan. 
          
 
 
7.2 - rasm. 
                           
 
7.3 - rasm. 
Hozirgi  zamonda  bir  va  uch  fazali  tarmoqlarda  elektr  energiya 
hisoblagichning yangi yuqori aniqlikdagi elektron avlodi yaratilgan. 
 
7.1 - rasm 


111 
 
Rossiya 
Federatsiyasida 
ishlab 
chiqarilgan  СОЭ  –  5  rusumli  elektr 
hisoblagich  bir  fazali  o‘zgaruvchan  tokda 
ishlaydigan  yuklamalar  uchun  foydalaniladi. 
Bunday 
hisoblagichlar 
elektr 
energiya 
yuklamalarining  nazorat  va  ko‘p  tarifli 
hisoblash  avtomatlashtirilgan  sistemalarida 
ishlatilishi mumkin. 
Informatsiyani  aks  ettirish  qurilmasi 
sifatida  xalaqitlarga  bardosh  bera  oladigan 
suyuq kristalli displeydan foydalanilgan. 
Hisoblagichning  integral  sxemasida  korrektor  bloki  mavjudligi  chiqish 
parametrlarining mo‘tadilligini kafolatlaydi. 
Shu  bilan  birga,  zamonaviy  raqamli  hisoblagichlarda  qo‘llanilgan  sxematik 
yechimlar  elektr  energiyani  turli  yo‘llar    bilan  o‘g‘irlashga  imkon  bermaydi. 
Raqamli  o‘lchagichlarni  teskariga  aylantirib  bo‘lmaydi,  u  o‘zidan  o‘tgan 
energiyani hisobga olaveradi. 
«Faza»  va  «neytral»  o‘tkazgichlarning  joyi  o‘zaro  almashtirilsa,  o‘tayotgan 
energiyani  hisobga  olmaydi,  lekin  ulardagi  toklarning  farqiga  ko‘ra,  yuklamani 
tarmoqdan shu onda ajratib tashlaydi va avariya axborotini beradi. 
Bundan  tashqari,  Rossiya  Federatsiyasi  АББ  «ВЭИ  Метроника»  korxo-
nasida ko‘p funksiyali mikroprotsessorli «ЕВРО Альфа» rusumli 0,2  va 0,5 S 
klassli  elektr  energiya  hisoblagichlari  ishlab  chiqariladi.  Bu  hisoblagichlar  elektr 
energiyadan  tashqari  aktiv  va  reaktiv  quvvatlarni  har  bir  faza-ning  kuchlanish  va 
tokini,  tarmoq  chastotasini,  quvvat  koeffitsiyentini,  kuchla-nishlar  va  toklarning 
orasidagi faza burchaklarini o‘lchashga imkon beradi. 
Hozirgi  kunga  kelib  mamlakatimizda  elektr  energiyani  nazorat  qilish  va 
hisobga  olishning  avtomatlashtirilgan  tizimi  joriy  qilinmoqda.  Bu  tizim  quyidagi 
imkoniyatlarga ega: 
 
7.4- rasm 


112 
 
-  energiya  hisoblagich  va  kontrollerdan  axborotlarni  avtomatik  ravishda  qabul 
qilish; 
-  axborotlar  va  ularga  ishlov  berish  markazi  bilan  avtomatik  ravishda 
ma'lumotlar almashib turish; 
- tarif turini hisobga olgan holda elektr energiya iste'moli bo'yicha hisoblashlar 
va qayta hisoblashlarni bajarish; 
- diagnostikaga oid ma'lumotlarni avtomatik ravishda yig'ish va saqlash; 
- hisoblashlar natijalarini arxivda saqlash; 
- o'lchovlarni sinxron ravishda amalga oshirish maqsadida yagona vaqt tizimini 
joriy qilish; 
- elektr energiya iste'molini limitdan ortib ketishini nazorat qilish va h.k. 
"Alfa" 
rusumli 
elektr 
energiya 
hisoblagichni 
multipleksor-
kengaytirgich(MPK)lar asosida qurilgan elektr energiyani nazorat qilish va hisobga 
olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanish sxemasi 7.5  -rasmda keltirilgan. Har 
bir MPK umumiy shinalarga 16 tagacha energiya hisoblagichlarni ulash imkonini 
beradi. Sxemada П – interfeys adapterlari, 

 - interfeys ajratgichlari. 
 
7.5 - rasm 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish