2. Xammurapi qonunlari. Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy hayoti. Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijti-
moiy-siyosiy tuzumi Xammurapining qonunlar to‘plami, uning
noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali
ma’lum.
Qonunlar to‘plamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyo-
siy tadbiri edi. Chunki bu to‘plam Bobil davlat hokimiyatini
mustahkamlash, bobil jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy barqaror-
ligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunlar to‘plami kirish, 287
moddadan Iborat qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qism-
dan iborat.
Xammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti asosan dehqonchilik,
hunarmandchilik, savdoga asoslangan, sun’iy sug‘orish rivoj-
langan dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, hunarmand-
chilik, ichki va tashqi savdo gullab yashnadi. Qadimgi Bobilda
bu davrda ekin yerlari ko‘paydi. Bog‘dorchilikda xurmo yetish-
tirish ustivor ahamiyat kasb etdi. Podsho «Xammurapi kana-
li» deb atalmish katta kanal qurdirgan. G‘alla ekinlari, moyli
o‘simliklardan yuqori hosil olindi. Bunday yutuqlar faqat sun’iy
sug‘orish tizimini butun mamlakat miqyosida doimo yangilarini
qurish va kengaytirish asosida amalga oshirildi. Maxsus amal-
dorlar katta-kichik kanallarni qurish va ta’mirlashni nazorat
qilib turganlar. Mari shahri arxiv hujjatlariga ko‘ra, aholining
barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qul-
largacha sug‘orish inshootlarini qurish va ta’mirlash majburi-
yatini o‘tagan. Bu majburiyatdan bosh tortganlarga o‘lim jazo-
si berilishi mumkin bo‘lgan. Xammurapi qonunlarida maxsus
to‘rt modda dehqon jamoasining o‘z yerida sug‘orish inshoot-
lariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan. Agar dehqonning
yeridan qo‘shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni
to‘lashga majbur bo‘lgan. Agar puli bo‘lmasa, o‘zi va mol-mulki
qo‘shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan.
Chorvachilik keng miqyosda rivojlangan. Qonunlarda bir
necha bor yirik va mayda chorva to‘g‘risida eslatiladi. Ko‘pincha
qoramol dala ishlari, xirmon yanchish va yuk tashishga ijaraga
berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan.
Qonunda bajarilgan ishga qat’iy baho berilgan va ishning past
sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Xammurapi qonun-
105
lar to‘plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «... quruvchi
kishiga uy qurdi va o‘z ishini mustahkam qilmadi. U qurgan
uy yiqilib, uy egasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu quruvchi o‘limga hukm
qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan
jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda). Butun Mesopo-
tamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi savdoning rivoj-
lanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Bobildan g‘alla, xurmo,
kunjut yog‘i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qi-
lingan. Metall, qurilish toshi va yog‘och, qullar va zeb-ziynat
buyumlari import qilingan.
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar
shug‘ullangan. O‘z xizmatlari uchun ular yer, bog‘, uy olganlar
va sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur,
Larsa kabi yirik shaharlar katta savdo markazlari bo‘lgan. Er-
kin kishi «avelium» (odam) deb atalgan. Qonunlarning barcha
moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlar
to‘lovchisi: dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va mayda
mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli, ularning huquqlari
qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun, ba’zi mod-
dalar ularni sudxo‘rlar zo‘ravonligidan himoya qilgan. Sudxo‘rga
qarz uchun hosilni olish taqiqlangan. Qarz uchun qaramlik 3
yil muddat bilan cheklangan. Kumush uchun qarz foizi 20,
g‘alla qarzi uchun 33 % bilan cheklangan. Garovga olingan
kishiga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani uchun qat’iy
chora – o‘lim jazosi qo‘llangan. Bobil jamiyatida erkin kishilar-
dan tashqari mushkenumlar – jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri
bo‘lmagan kishilar bo‘lib («mushkenum» atamasi «pastga egil-
gan» ma’nosini bildirgan), ular cheklangan fuqarolik huquqiga
ega bo‘lganlar. Mushkenumlar podsho xo‘jaligida ishla ganlar,
podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohati
yetkazilsa, qoidaga ko‘ra, pul jarimasi to‘langan. Mushkenum-
ni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo‘lgan.
Qonunlarga qaraganda, mushkenumlar pul mablag‘i va mulk-
ka egalik qilganlar. Erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko‘z
uchun ko‘z, tish uchun tish) qo‘llanilgan.
Bobil jamiyatining eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo‘lgan.
Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida
qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila
a’zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish,
qullikka sotish huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol
106
uchun, asrandi o‘g‘ilning o‘z ota-onasidan voz kechishi, xotin-
ning isrofgarchiligi, jamoachining sun’iy sug‘orish inshootiga
loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko‘payishi bo‘lgan. Bo-
bilda qulchilik o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Qul uncha
katta bo‘lmagan mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Quldan
bo‘lgan bolalarga mulk vasiyat qi lish mumkin bo‘lgan.
Bobil oilasi ota va er hukmron bo‘lgan patriarxal oila bo‘lgan.
Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg‘asi,
xotin sep keltirgan. Xotin o‘z sepiga va erining sovg‘asiga o‘z
huquqini saqlagan. Erining o‘limidan so‘ng, bolalar balog‘at
yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar
ayolning sog‘lig‘ini himoya qilgan. Agar ayol eriga yomon mu-
omala qilsa va uning mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylan-
tirilgan. U eriga xiyonat qilsa, o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mul-
kiga «somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o‘g‘il-qiz ega
bo‘lgan. Ammo o‘g‘ilga ko‘proq moyillik bildirilgan.
Qadimgi Bobil davlatida podsho hokimiyati mutlaq bo‘lgan.
Davlat boshida podsho turgan. U diniy qonunchilik, sud va
ijroiya hoki miyatiga ega bo‘lgan. Podsho yer zaxirasi bepo-
yon bo‘lgan. Bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud
hokimiyati mukammal shakl
langan. Podsho sudi yetakchi
o‘rinda turgan. Shuningdek, ibodatxona sudi, jamoa sudi va
kvartal sudlari mavjud bo‘lgan. Sudyalar kollegiyalarga bir-
lashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xo-
dimlari bo‘ysungan.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva,
hunurmandchilik buyumlari orqali olinadigan soliq yig‘ish bi-
lan shug‘ullangan. Bobilda harbiy ishga katta ahamiyat beril-
gan. Qo‘shin asosan og‘ir va yengil qurollangan jangchi (redum)
lardan iborat bo‘lgan. Askarlarning huquq-majburiyatlari Xam-
murapi qonunlar to‘plamining 16-moddasida shunday belgi-
langan: harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun
askarlarni harbiy boshliqlar zo‘ravonligidan himoya qilgan.
Ularni asirlikdan qutqarish uchun to‘lov belgilangan. Askar
oilasi davlat tomonidan moddiy ta’minlangan. Askarlar harbiy
qonun-qoidalarga so‘zsiz rioya qilishlari kerak bo‘lgan. Aks hol-
da ular o‘lim jazosiga hukm qilinganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |