2. Qadimgi Mesopotamiya aholisi. Mesopotamiyada odam-
lar qadimdan o‘rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon
tez lashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o‘zlashtirilgan. Qa-
dimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi no-
ma’lum. Janubiy Mesopotamiyaning ilk manzilgohlari keyin-
roq, mil.avv. IV ming yillikda va mil.avv. IV ming yillikning II
yarmida El-Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba’zi tad-
qiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb bilsa,
boshqalari protoshumerlarga bog‘laydilar. Shumerlar janubiy
Mesopotamiyaga mil.avv. 4600-yil yoki 6600-yil oldin ko‘chib
kelganini S.Kramer va boshqa shumershunos olimlar aytadi-
lar. Shumerlarning asl vatani Kavkaz, Eron, Hindiston yoki
Oltoy bo‘lganligi to‘g‘risida turli ilmiy farazlar mavjud. Shumer
ti lining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar
mahalliy aholi bilan aloqa o‘rnatib, ulardan bir qancha xo‘jalik
yutuqlari, diniy e’tiqodlar va toponomik nomlarni o‘zlashtirib
olganlar.
Mesopotamiyaning shimolida mil.avv. III ming yillikdan
boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular ak-
kad tilida so‘zlashgan. Mil.avv. III ming yillik oxirida g‘arb-Su-
riya cho‘llaridan Mesopotamiyaga g‘arbiy semit chorvador qa-
bilalari kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan
(akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «G‘arb» ma’nosini anglata-
di). Mil.avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar
Mesopotamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solgan-
lar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va Arman
tog‘larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ular
va ularning mamlakatini Subarti deb atashgan.
Mil.avv. III ming yillikdan shimoliy-sharqiy Mesopotamiya-
da Diyali daryosidan Urmiya ko‘ligacha bo‘lgan hududda yarim
ko‘chmanchi qutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari
shimoliy-g‘arbiy Eronda, elamlardan shimolda hayot kechirgan.
Ular mil.avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o‘z sulolalariga asos
soldilar. Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib, ma-
halliy aholini assimilatsiya qildilar. Mil.avv. II ming yillikning
ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho‘lidan shi-
moliy Mesopotamiya hududlariga g‘arbiy semit guruhiga man-
sub kassit qabilalari kirib keldi. Ular mil.avv. XII asr oxirida
82
shimoliy Suriya va janubiy-g‘arbiy Mesopotamiyada kichik dav-
latlar barpo qildilar. Ular mil.avv. I ming yillik boshlarida xurrit
va amoriy aholisi bilan qo‘shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda
keng tarqaldi. Mil.avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oro-
miylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o‘rnashdi. Bu etnik
guruhlarning qadimgi Mesopotamiyaga migratsiyasi natijasida
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |