Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


SO‘NGGI IMPERIYA DAVRI (III–V ASRLAR)



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

SO‘NGGI IMPERIYA DAVRI (III–V ASRLAR)

1. So‘nggi imperiya davri. III asr talato‘plari. 2. Dominat 

davrida imperiya3. Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi. 

4. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi.

1. So‘nggi imperiya davri. III asr talato‘plari. Kommod 

o‘ldirilganidan so‘ng turli guruhlar o‘rtasidagi kurash fuqa-

rolar urushiga olib keldi (193–197-yillar). Turli provinsiyalar 

dagi legionlar o‘z nomzodlarini imperator deb e’lon qildilar: 

Suriyada imperator deb legat Pessenniy Niger e’lon qilindi. 

Uni sharqdagi provinsiyalar tan oldi; Britaniyada gall zoda-

gonlari ham qo‘llab-quvvatlagan Kladiy Olbin, Pannoniyada 

Dunay provinsiyalari bilan legat Lusiy Septimiy Sever hokimi-

yatni da’vo qildilar.

Da’vogarlar o‘rtasidagi kurashda Shimoliy Afrikada tug‘il-

gan Septimiy g‘olib chiqdi va imperatorlik hokimiyatini egal-

ladi (193–211-yillar). Septimiy Severlar sulolasiga asos soldi 

(193–235-yillar). Uning davrida imperiya qo‘shinga tayanib 

boshqarildi. Septimiy Sever qo‘shinda bir necha islohotlar 

o‘tkazdi. Rim qo‘shinlari Dunay va Suriya legionlaridan tash-

kil topa boshladi. Qo‘shinning varvarlashuv jarayoni chuqur-

lashdi. Legionerlar, turli lavozimdagi harbiylar qator imtiyoz-

larga ega bo‘ldilar. Oddiy legioner xizmat davomida yuqori 

harbiy lavozimlargacha ko‘tarilishiga qadar suvoriylar toifasi 

tarkibiga kirish, qonuniy oila qurish huquqlariga ega bo‘ldi. 

Legioner hukumatdan oziq-ovqat ulushi, ijarachi sifatida yer 

olar edi. Imtiyozlar, sovg‘alar va turli yengilliklar qo‘shinda 

intizomning susayishi va aynishiga olib keldi.

Imperator o‘z ma’muriyatini suvoriylar, asosan, Afrika 

va Sharq provinsiya shaharlarining katta amaldorlari bilan 

to‘ldirdi. Boshqaruv apparatida harbiylarning soni ko‘pa- 

yib ketdi. Eski muassasalarga yangilari qo‘shildi. Ularda la-

vozimlar yildan-yilga oshib bordi. Eski magistrat lavozimlar 

(kvestura, pretura va konsulat) byurokratik amalparastlik 

bosqichlari bo‘ldi.

Septimiy Sever kichik va o‘rta tabaqalar manfaatini ko‘zlab 

ish  olib  bordi.  Agrar  muammo  va  qo‘shin  saflarini  to‘ldiradi-

gan ijtimoiy qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat 



560

jamg‘armasi ixtiyoridagi yerlarni hadya qilish va sotishni yo‘lga 

qo‘ydi. Tashqi siyosatda u Parfiya bilan 195–199-yillarda g‘oli-

bona urush olib bordi. Mesopotamiya bosib olinib, Ktesifon 

talandi. Britaniyada 208–211-yillarda kaledon qabilalari bilan 

muvaffaqiyatli urush olib borildi. 

Severlarning navbatdagi vakili Mark Avreliy Antonin 

Karakalla (211–217-yillar) qo‘shin va boshqaruv xarajatlarini 

qoplash maqsadida soliq to‘lovchilar sonini oshirishni ko‘zlab, 

212-yil provinsiyalarning barcha erkin aholisini Rim fuqaro-

si deb e’lon qildi. Lekin ular immunitetdan mahrum qilinib

soliq to‘lovchilarga aylandilar. Senatning mavqeyini pasayti-

rish va qo‘shinga tayanishni imperator Karakalla davom ettir-

di. Karakalla 212-yil imperiyaning barcha erkin aholisiga Rim 

fuqarolik huquqini bergan mashhur ediktini e’lon qildi. Impe-

rator 215-yil Aleksandriyaning undan norozi bo‘lgan aholisi-

dan qattiq o‘ch oldi. Keyingi yili Karakalla Parfiyaga tinchlik va 

do‘stlik shartnomasini taklif qildi. Ammo Rim legionlari Parfi-

yaga bostirib kirib, ko‘pgina Parfiya zodagonlari qirib tashlan-

di. Arbela shahri talon-taroj qilindi. Karakalla 35 yoshida fitna 

qurboni bo‘ldi. 

Tez orada Karakallaning o‘gay onasining singlisi Mezaning 

nevarasi Variy Avit Bassian (218–222-yillar) legionlar tomoni-

dan imperator deb e’lon qilindi. Finikiya quyosh xudosi Gelio-

gabalning kohini bo‘lgan 14 yoshli Geliogabal (Varit Avit Bassian 

shu nom bilan tarixga kirdi) Rimga kelib, eng avvalo, o‘zining 

sevimli xudosi sharafiga ibodatxona qurib, har kun unga qur-

bonliklar keltirdi. Axloqi buzuq, kaltafahm o‘smir davlat ish-

lari bilan shug‘ullanishni istamay, ko‘ngil ochishga berilib ket-

di. Ziyofat zallari pollariga atirgul yaproqlari to‘shab, maishat 

qilayotgan do‘stlariga misli ko‘rilmagan qimmatbaho sovg‘alar 

qildi. U quyon terisi yoki qirg‘ovul patlari bilan qoplangan so‘ri-

da yastanib yotdi. Geliogabal tuya tovoni, xo‘roz toji, tovus va 

bulbullar tilini yedi. Baliq va tryufelning ustiga tuz o‘rniga mar-

varid sepdi. Uning bir tushlik ovqati 100 ming sestersiydan 

kam turmas edi.

Imperator-kohin jamoa g‘ashini keltirib, oltin iplar bilan tikil-

gan, qimmatbaho toshlar bilan bezalgan ipak tunika kiyar edi. U 

aktyor, aravakash va turli firibgarlarni oliy davlat mansablari ga 

tayinlab, qullar va ozod bo‘lgan qullarni provinsiya noiblari etib 

tayinladi. Barchaning nafratiga sazovor bo‘lgan Geliogabal 222-

yil mart oyida onasi bilan harbiylar tomonidan o‘ldirildi. Aql-




561

siz hukmdorning jasadi Rim ko‘chalarida ilmoq bilan sudralib, 

keyin axlatga cho‘miltirilib, Emiliy ko‘prigidan Tibr daryosiga 

tashlandi.

Severlar sulolasining so‘nggi imperatori Aleksandr Sever 

(222–235-yillar) 235-yil o‘ldirilganidan so‘ng qo‘shin davlat 

nazoratidan chiqdi. Legionerlar birin-ketin tarixshunoslikda 

«askar imperatorlari» deb atalgan hukmdorlarni taxtga chiqar-

dilar. Ular davlatni uzoq boshqara olmadilar. 

Imperator Filipp Arab (244–249-yillar) davrida 248-yil apre-

lida abadiy shahar Rimning 1000 yilligi hashamatli bayram 

qilindi. Publiy Lisiniy Valeriyan (253–260-yillar) va uning o‘g‘li 

35 yoshli Gallien (253–268-yillar) davrida parokandalik eng 

yuqori cho‘qqiga chiqib, imperiya amalda bir necha qismlar-

ga parchalandi. Galliya, Ispaniya va Britaniyada hokimiyatni 

Kassian Postum (258–268-yillar) bosib olib, Gall imperiyasi-

ni, Sharqda Septimey Odinat (261–267-yillar) qudratli Palmi-

ra podsholigini tuzdi. Dunay provinsiyalari, Bolqon va Misrda 

ham markazga bo‘ysunmagan hukmdorlar paydo bo‘ldi. 

Faqat illiriyalik 49 yoshli Mark Avreliy Klavdiy (268–270-yil-

lar) imperator bo‘lganidan so‘ng imperiyani qayta tiklash 

boshlandi. U alleman va gotlarning hujumlarini qaytardi. 

Dunay provinsiyalarini qayta tuzdi. Tez orada Klavdiy vabo 

kasalligidan vafot etdi. Uning o‘rniga yana bir illiriyalik 55 

yoshli harbiy boshliq Lusiy Domisiy Avrelian (270–275-yillar) 

taxtga o‘tirdi. Avrelian uzoqni ko‘ra oladigan g‘ayratli siyosat-

chi bo‘lib, 271-yil u Shimoliy Italiyaga bostirib kirgan german 

qabilalari hujumini qaytardi va Rim atrofida 18-18 km uzun-

likdagi mustahkam mudofaa istehkomlarini qurishga buyruq 

berdi. Shu yilda imperator Dakiya provinsiyasiga safar qilib, 

imperiyaning Dunay chegaralarini barqaror qilishga harakat 

qildi. 


Palmirada Odinatning bevasi Zinoviya hukmronlik qilar edi. 

Zinoviya qo‘shinlari Suriya, Falastin, Kichik Osiyo va Misrni 

nazorat qilar edi. Avrelian 272–273-yillarda Zinoviya qo‘shin-

larini tor-mor qilib, sharqiy provinsiyalarda Rim hokimi-

yatini tikladi. U Gal imperiyasini ham nisbatan qiynalmay 

bo‘ysundirdi. Shundan so‘ng Rim imperiyasining yaxlitligi tiklan-

di. Hukm dor davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun 

pul islohotini o‘tkazdi va o‘zining ilohiy homiysi sifatida «yengil-

mas quyosh» xudosini joriy qilib, unga e’tiqod qilishga buyruq 



562

ber  di (274-yil). Avrelianning hokimiyati mutlaq edi. U «janob 

va xudo» deb ulug‘lanib, «davlatni qayta tiklovchi» unvoniga 

ega edi. Qattiqqo‘l imperator forslarga qarshi yurish vaqtida  

uyushtirilgan fitna natijasida 275-yil o‘ldirildi. 

Imperiyada yana siyosiy beqarorlik, tartibsizliklar boshlandi. 

Davlat tizimining yemirilishi, ichki o‘zaro nizolar, german qabi-

lalari hujumi va III asrda sharqda tashkil topgan qudratli So-

soniylar davlati bilan uzoq olib borilgan muvaffaqiyatsiz urush-

lar Rim imperiyasining parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 

Ishlab chiqarish hajmlari keskin kamayib ketdi. Provinsiyalar 

o‘rtasidagi savdo aloqalari buzildi. Imperiyaning turli hududlari 

o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar zaiflashdi. Xo‘jalik tobora natural 

xususiyat kasb eta boshladi. Markaziy hokimiyat boshqaruv 

apparati va qo‘shinni saqlab turish uchun juda katta sarf-hara-

jatlar qilinib, davlat xazinasi barbod qilindi.

Davlat hokimiyati moliyaviy qiyinchilikni tugatish uchun 

pulni qadrsizlantira boshladi. Pulning qadrsizlanishi 

yer-mulkni sotib olishda katta miqdorda pul sarflashga ma-

jbur qilar edi. Denariyda kumush miqdori 50% ga kamaytiril-

di. III asr oxiriga kelib kumush denariy mis tanga qiymatiga 

teng bo‘lib qoldi. Pulning qadrsizlanishi iqtisodiyotga salbiy 

ta’sir ko‘rsatdi. Savdo-hunarmandchilik tushkunlikka uchra-

di. Yerga ijara haqi keskin oshdi. Bu kolonlarning xonavayron 

bo‘lishiga olib keldi. Qarz majburiyati oshdi. Qullarning soni 

kamayib, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Provinsiyalar-

da quyi tabaqa vakillarining qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi. Jum-

ladan, III asrning 50-yillarida Galliyada dehqonlar va qullar 

qo‘zg‘oloni, Shimoliy Afrikada dehqonlarning qurolli chiqish-

lari yuz berdi.

III asrning 70-80-yillarida german qabilalarining imperiya-

ga hujumi kuchaydi. Dakiyani got, sarmat va markomann-

lar bosib oldi. Imperiyaning shaharlariga tegishli bo‘lgan juda 

ko‘p yerlar qarovsiz qoldi. Shaharlar savdo-hunarmandchilik 

markazlari sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Imperator buyrug‘i 

bilan bo‘sh yotgan yerlar qo‘shni shahar yoki magnatlar mulki-

ga qo‘shib berildi. Davlat hokimiyati g‘arbiy provinsiyalarning 

magnatlariga urushda olingan asirlarni ishchi kuchi sifatida 

ishlatish uchun taqsimlab berdi. Bu asirlar kolonlarga aylan-

tirildi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish