3. Rim respublikasining tashqi siyosati. Bo‘lib o‘tgan vo-
qealar senat hokimiyatining samarali boshqaruvi yo‘qligi, xalq
kengashi ahamiyatining o‘sishi va ichki siyosatning beqarorligi,
siyosiy arboblarning o‘sib borayotgan roli, ularning ochiqdan-
ochiq demagogiyasi kurashning zo‘ravonlik usullarini qo‘llash-
ga tayyorligi yaqqol ko‘rindi.
Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarining o‘limidan so‘ng,
populyarlarning zaiflashuvi vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi
qarshiliklar bartaraf qilinmagan edi. Begona hududlarda urush
harakatlari olib borayotgan Rim qo‘shinlariga qo‘mondonlik
qilayotgan, nobillar homiylik qilgan qo‘mondonlarning muvaf-
faqiyatsizliklari norozilikni kuchaytirdi.
Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi siyosiy masala-
da hukmron doiralar e’tiborini vaqtinchalik susaytirdi. Mil.avv.
II asrning so‘nggi 10 yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin-
lashgan edi. Yaqin Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan
Rim ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo‘lgan Salavkiylar
davlati yemirilish davriga kirib, Sharqda parfiyaliklar bosimiga
qarshi tura olmay qoldi. Kichik Osiyoda Aristonik qo‘zg‘oloni
515
bostirilganidan so‘ng vaziyat osoyishta edi. Ammo bu vaqtda
Afrikada Rim hukmronligiga Numidiya podsholigi jiddiy xavf
tug‘dirayotgan edi. Numidiyaning taniqli podshosi Masinissa-
ning nevarasi, Rimda ta’lim olgan yugurta Numidiya podsholigi
taxtini egalladi.
Yugurta (mil.avv.160 –104-yillar) bilan urush olib borayot-
gan Rim qo‘shinlari birin-ketin mag‘lubiyatga uchradilar. Pod-
sho Yugurta rimlik sarkardalarni sotib oldi va harbiy hiylalar
bilan rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi. Numidiya sha-
harlarida shu vaqtda bo‘lgan italiyalik savdogar va sudxo‘rlar
qirg‘in qilindi. Yugurta o‘z siyosatida rimliklarni dushman deb
bilgan turli Shimoliy Afrika qabilalarining qo‘llab-quvvatlashi-
ga tayandi. Mil.avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule
yaqinidagi
jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. Rimliklar Numidiya
hududidan chiqib ketish va Yugurta bilan shartnoma tuzish
majburiyatini oldilar. Sutule yonidagi g‘alaba Yugurtaning
Shimoliy Afrika qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeyeini
kuchaytirdi. Ko‘p sonli gugul qabilalari, Mavretaniya podshosi
Bokx Yugurtaga yordam berishga va’da qildi. Rimning Shimoliy
Afrika mulklarini yo‘qotish xavfi yaqqol ko‘rindi. Yugurta rimlik
harbiy qo‘shin boshliqlarini, Rimdagi ayrim senatorlarni kat-
ta pora evaziga sotib oldi. Sotilgan poraxo‘r harbiy boshliqlar
nomigagina urush harakatlarini olib bordilar.
Rimda xalq yig‘ini Yugurta bilan rimliklar uchun sharman-
dali «tinchlik» shartnomasini tasdiqlamadi. Numidiyaga qarshi
yana urush boshlandi. Qo‘shin tartibga solindi. Tezda asosiy
Numidiya shaharlari bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib,
partizan urushiga o‘tdi. Urush cho‘zilib ketdi. Bundan noro-
zi bo‘lgan xalq yig‘ini senatning irodasiga qarshi qo‘shinga
qo‘mondonlik qilish uchun o‘z sarkardasi, o‘zining dovyurakli-
gi va harbiy qobiliyati bilan obro‘-e’tibor qozongan dehqonning
o‘g‘li, plebey 48 yoshli Gay Mariyni qo‘mondon qilib tayinladi.
Gay Mariy mil.avv. 107-yilda konsulligidan so‘ng, yaxshi qurol-
langan qo‘shin bilan mil.avv. 105-yilda Yugurta urushini tugat-
di. Yugurta Mavretaniyada, qaynotasi podsho Bokx saroyidan
panoh izladi. Bokx uni rimliklarga berishga majbur bo‘ldi. Yu-
gurta Rimda qatl qilindi. Numidiya qaram davlatga aylantirilib,
uning rasman hukmdori qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi ta-
yinlandi. U nafaqat Yugurta urushini (mil.avv. 111–105-yillar)
tugalladi, balki Rimni shimoldan kimvr va tevton german qabi-
lalari hujumidan himoya qildi.
516
Ayni shu vaqtda Rim uchun yangi bir xavf tug‘ildi. Rim ning
shimoliy chegaralarida german qabilalaridan bo‘lgan kimvr va
tevton qabilalarining bosqini boshlandi. Kimvrlar va tevton-
lar dastlab Yutlandiya yarim orolida yashar edilar. Mil.avv.
II asr oxirida bu qabilalar o‘z joylaridan ko‘chdilar. Tevtonlar
g‘arbga – Galliya, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar
kimvr qabilalari (150 ming kishi atrofida) mil.avv. 113-yillar
atrofida Janubiy Germaniyaga kirib, Alp dovonlariga kelib,
Italiyaning shimoliy-sharqiy chegaralariga xavf soldilar. Kon-
sul Papirey Karbon Noreya shahri yonida kuchli qo‘shin bilan
kimvrlarga hujum qildi, lekin shafqatsiz tor-mor qilindi. Italiya-
ga yo‘l ochiq edi, lekin kimvrlar Alpdan shimolga o‘tib, Galliya
hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham rimliklar mil.avv.
109-yilda yana yengildilar. Kimvrlarning gelvetlar, Galliya-
ning o‘zida ularga qarindosh bo‘lgan tevtonlar bilan birlashuvi
rimliklar uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Mil.
avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi Rim qo‘shini Akvitaniya-
da pistirmaga tushib to‘la yo‘q qilindi. Ammo rimliklar mil.avv.
105-yilda Janubiy Galliyada kimvrlardan eng dahshatli mag‘lu-
biyatga uchradilar. Jang maydonida Kanna halokatidan ham
ko‘proq 80 mingga yaqin legionerlar jasadi qoldi. Kimvrlar o‘z
g‘alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas, Ispaniyaga yurish
qildilar.
Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan harbiy-siyosiy
islohotlar o‘tkazildi. Islohotlar natijasida yaxshi ta’lim berilgan
yangi qo‘shin tuzildi. Ko‘p sonli tevton qabilalari mil.avv. 102-
yil Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Mil.avv.
101-yilda Shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda kim-
vrlar ham tor-mor qilindi. Janglarda 150-200 ming germanlar
halok bo‘ldilar. Yana shunchasi Italiya va O‘rtayer dengizi qul
bozorlarida sotib yuborildi.
Gay Mariyning bunday yutuqlarining asosiy sababi uning
harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim qo‘shini zaruriyat bilan cha-
qirilgan fuqarolarning ko‘ngilli qismlaridan iborat bo‘lib, urush
harakatlari tugaganidan so‘ng ular o‘z tinch ishlariga qaytar
edilar. Qo‘shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda mulkka ega
bo‘lgan, o‘zini qurol-yarog‘ bilan ta’minlay oladigan fuqarolar-
ning faxriy majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan
qo‘shin Rim shahar-davlati sharoitida o‘zini oqlar edi. Endilik-
da Rim O‘rtayer dengizining turli qismlarida to‘xtovsiz urushlar
517
olib borayotgan bir paytda harbiy majburiyat nafaqat faxriy,
aksincha, og‘ir bo‘lib, ayniqsa, ko‘ngillilarning asosini tashkil
etadigan dehqonlar uchun xonavayron qiladigan majburiyat
bo‘ldi.
Gay Mariy senatdan qo‘shinga mulkiy ahvoliga qaramasdan
barcha fuqarolarni qo‘shinga yollashga ruxsat oldi. Eng kam-
bag‘al shaharlik va yersiz dehqonlar davlatdan qurol-yarog‘,
harbiy xizmati uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan
so‘ng yer ulushi oladigan bo‘ldilar. Italiyaliklar va boshqa itti-
foqchilar harbiy xizmatga ko‘plab jalb qilina boshlandilar. Nati-
jada dehqonlardan tuzilgan ko‘ngillilar qo‘shini professional
qo‘shinga aylana boshlandi. Bu qo‘shin o‘z ehtiyoj manfaatlari
bilan aholini boshqa tabaqalaridan ajralib turar edi hamda ular
o‘z qo‘mondonlariga so‘zsiz va sadoqat bilan bo‘ysunar edilar.
Chunki har bir legionerning taqdiri va farovon hayoti bu sar-
kardalarga bog‘liq edi. Gay Mariy qo‘shinning tuzilishi, qurolla-
nishi, jangni tashkil qilish, jangchilarning harbiy mashqlarini
tashkil qilish, qismlarning tuzilishiga taalluqli bo‘lgan qator is-
lohotlarni amalga oshirdi. Rim qo‘shinida eng qadimgi davrdan
bayroq yoq edi. Asosan dala nishonlari uchun pichan tutami
qistirilgan uzun tayoq ko‘tarilgan edi. Gay Mariy qo‘shinga bur-
gut tasviri tushirilgan nishon joriy etdi. Shu vaqtdan boshlab
burgut tasviri legionning ramziga aylandi, bundan tashqari har
bir kogorta ham o‘z ramziga ega bo‘ldi. Qo‘shinni qayta qurish-
ning ijobiy natijalari tevton qabilalari ustidan (mil.avv. 102-yil)
qilingan g‘alabalarda yaqqol ko‘rindi. Bu ijobiy o‘zgarishlar Gay
Mariyni Rimda eng obro‘-e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada
Gay Mariy uzluksiz 5 yil davomida 5 marta, jami esa 7 marta
mavjud qonunlarga zid ravishda konsul qilib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |