1. Sparta jamiyati. 2. Davlat tuzumi. 3. Sparta davlatida
fuqaro tarbiyasi. 4. Arxaik davr hayotining umumiy man-
zarasi.
1. Sparta jamiyati. Qadimgi Sparta arxaik va klassik davr-
larda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta
polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tu-
gallanish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII–XI
asrlarda Peloponnes hududiga o‘rnashdilar va mil.avv. XI–VIII
asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan
hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asr-
da Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysi ning
o‘rta qismidagi unumdor yerlarda Sparta manzilgohi paydo
bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb ata-
dilar. Ko‘pchilik doriylar bo‘lg‘usi Sparta polisining fuqarolari 5
qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o‘rnashdilar.
Doriylar mahalliy axey aholisining bir qismini qaram qilib,
qolgan qismini qirib tashladi, Sparta davlatining paydo bo‘li-
shi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bi-
lan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi
bosqichida, urug‘ munosabatlarining yemirilish davrida turar
edilar. Bu hol Sparta davlatida urug‘chilik tuzumi qoldiqla rining
uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes
yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o‘ringa
chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga
boshchilik qildi. Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonika-
ning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa Pamis dar-
yosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‘lka
Spartaning kam sonli, to‘la huquqli fuqarolari tomonidan bo‘lib
olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib tashlanib, qolganlari
huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.
Lakonika va boshqa bosib olingan hududlarning aholisi
perieklar deb atalib, savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ul-
langanlar, o‘zlariga qoldirilgan yerda ishlab, mahsulotning bir
qismini spartaliklarga berganlar. Ular bundan tashqari harbiy
xizmat majburiyatini ham o‘taganlar. Perieklardan tashqari
Sparta davlatiga qaram bo‘lgan ilotlar davlatga tegishli qullar
358
hisoblanib, alohida spartaliklarga taqsimlab berilgan. Ilotlar
davlat va spartaliklarning yerlarida ishlab, ularga mahsulot
yetkazib berganlar. Shu bilan birga harbiy yurishlar paytida
qarorgoh qurish, urushda yengil qurolli bo‘lib qatnashish maj-
buriyatlarini o‘taganlar. Ilotlar bir xil kiyim – charm qalpoq va
qo‘y terisini kiyganlar. Periek va ilotlar hech qanday siyosiy
huquqqa ega bo‘lmaganlar.
Spartaliklar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekin yerlarini 9000 ta
ulushga bo‘ldilar. Har bir to‘la huquqli spartalik shunday yer
ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi – ilotlar oila-
si bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo‘jayinlariga hosilning
yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so‘ng Sparta G‘arbiy
Messeniyani ham egalladi. Keyin esa Sparta sharq va shimolda-
gi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o‘ziga qo‘shib oldi. Arka-
diyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta
tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Eli-
da kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya
Do'stlaringiz bilan baham: |