(mil.avv. 1700-yillardan –
1550-yillargacha),
O‘rta Miken (1550–1400-yillar) va So‘nggi
Miken (1400–1200-yillar) davrlariga bo‘linadi. Egey havzasida
400 yil davomida bir xil madaniyatning mavjud bo‘lishi uni
shartli ravishda «Miken» madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi.
Miken (Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri mil.avv.
XV–XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Miken siyosiy markaz sifatida
o‘z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Miken-
da olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida faqat Miken
madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda
arxeolog G. Shliman Mikendan qoyaga o‘yilgan shaxta tipidagi
qabrlarni topdi. Qabrlardan kumush va oltin bilan bezatilgan
jez qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa
buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang manzaralari tas-
virlangan.
Mil.avv. XV asrdan Mikenda va Yunonistonning boshqa
viloyatlarida gumbazli qabrlar rasm bo‘la boshladi. Bunday qa-
brlarda hokimlar dafn qilingan. Mikendagi mashhur «Agamem-
non qabri» hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan. 5 metrgacha
balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar, usti har biri taxminan 120
tonna keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan
ko‘p miqdorda qimmatli buyumlar, qurol-yarog‘lar topilgan.
Miken madaniyatining kulolchilik mahsulotlari Rodos, Kipr,
Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan.
Bolqon Yunonistonida mil.avv. 1400-yildan mustahkamlangan
qo‘rg‘onlar
(Terin, Miken, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo‘ladi.
Miken san’ati ko‘p jihatdan Krit madaniyati bilan o‘xshash.
Miken tasviriy san’atida mavhum chizgilar va o‘simliklar tasviri,
hashamatli kiyingan kishilarning bir xildagi tantanali yurishlari
mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu
davrda monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasav-
vurlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar
gemma va muhrlarda ifodalangan. Joylardan diniy topilmalar
bo‘lgan mehroblar qoldiqlari topilgan. XX asrning 60-yillarida
Miken akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy marosimlar
bajariladigan markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar
ichida qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 ta loy haykalcha, loydan
yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar
338
joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, bu binoda bosh
kohin yashagan. 1953-yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik
Miken saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq, hisob-kitob-
lar to‘g‘risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi Miken
yozuv larini o‘qidilar.
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV–XII
asrlarda Miken, Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Miken bu
davrda eng kuchli davlat birlashmalaridan biri bo‘lib, axey
dunyosining yetakchisi bo‘lgan. Gomer Miken podshosi Agam-
emnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo‘lboshchi-
si deb tilga oladi. Zaiflashgan Krit mil.avv. XV asr o‘rtalarida
Miken istilosiga uchrab, unga qaram bo‘ldi. Axey hukmdorlari
Mikenda ulkan inshootlar, boyliklarga to‘la «shaxta qabrlar,
mustahkam qal’alarni barpo qildilar. Miken qal’asining kirish
qismidagi darvozaning tepa qismida ikki sher relyef tasviri
tushirilgan. Miken shahrida hashamatli podsho saroyi, Miken
hukmdorlarining katta va ajoyib sag‘analari mavjud.
Tirinf Mikenga qo‘shni bo‘lgan yana bir axey davlat birlash-
masi edi. Tirinf hokimining saroy qal’asi balang va ulug‘vor
qurilgan. Qal’a devorlari og‘irligi 12 tonnagacha bo‘lgan yaxlit
ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 metrgacha,
balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal’a devorlarining ba’zi joy-
larida oziq-ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qu-
rilgan.
Qal’aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylash-
gan podsho saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish max-
sus to‘siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal’ada ichimlik suv
zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan
yashirin yerosti yo‘li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli
raqib Miken 17 km uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi de-
vorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning ara-
vadagi tasvirlari bilan bezalgan.
Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining
janubiy-g‘arbida joylashgan, markazi Pilos bo‘lgan Pilos sha-
har-davlatidir. Gomer «Iliada» dostonida Troyaga qarshi yurish-
ga qatnashgan yunon floti ichida eng ko‘p sonli 90 kemadan
iborat Pilos floti to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu flotning qo‘mon-
doni Pilos podshosi Nestor edi. Nestor yunon yo‘lboshchilari
ichida eng donosi, Pilosning o‘zi esa eng boy davlatlardan biri
hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo‘lib,
Miken saroy me’morchiligining eng yaxshi namunasi hisobla-
339
nadi. Bu saroy maydoni boshqalarga qaraganda kichik bo‘lsa-
da, uyg‘un rejalashtirilgan. Saroy devori freskalar bilan, tosh-
dan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari
bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati,
Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to‘g‘risida ma’lumot be-
radigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan.
Pilos doimiy raqobat va o‘zaro urushlar ichida bo‘lgan Miken
va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV–XII asrlar-
da eng rivojlangan va farovon davlat bo‘lgan. Miken, Tirinf va
Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey
davlatlari edi. O‘rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Atti-
ka va Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV–XII asrlarda shakllana
boshladi.
Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud
bo‘lgani to‘g‘risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett man-
balarida (XIV–XIII asrlarda) Axaya
Do'stlaringiz bilan baham: |