VII asrda yashaganlar. Ulardan miletlik Gekateyni, Kadi, Ev-
324
geon, Deiox, Damokl va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Fuki-
did Gerodotni ham logograflar safiga qo‘shadi. Logograflar asar-
larining ayrim parchalari keyingi antik mualliflar asarlarida
biz gacha yetib kelgan.
Mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistonda qator tarixiy asarlar
yaratilgan. Bu davrda tarix bo‘yicha ilk yunon yozuvchilari
Gerodot, Fukidid va Ksenofontni ko‘rsatish mumkin. Gero-
dot (mil.avv. 484–431\ 25) Kichik Osiyoning janubi g‘arbidagi
Kariya viloyatidagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan. U qarindoshi
Paniasid bilan Galikarnas shahri Tirani Ligdamidga qarshi si-
yosiy kurashda qatnashadi. Natijada Paniasid o‘ldirilib, Gero-
dot Galikarnasdan qochib ketadi. U Misr, Mesopotamiya, Eron,
Shimoliy Qoradengizbo‘yi, Sitsiliya va Egey orollariga safar qila-
di. Afinada Perikl bilan yaqinlashadi, janubiy Italiyadagi Furiya
shahriga boradi. Gerodotni vafot etgan joyi noma’lum. Uning
qo‘lyozmalari mil.avv. III asrda Aleksandriyalik olimlar tomoni-
dan 9 jildga keltiriladi. Gerodot asari dunyodagi birinchi tarixiy
asar emas. Ungacha 4 ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimgi
sharq mamlakatlarida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan, lekin
ular bizgacha yetib kelmagan. Sitseron uni tarixning otasi deb
atagan. Bu ibora hozirgacha kitobdan kitobga ko‘chib yuradi.
Gerodot Ahmoniylar Eroni bostirib kirgan mamlakatlar hudud-
lari to‘g‘risida hikoya qiladi. Uning hikoyalari tizimga solinma-
gan bo‘lib, ilmiy ahamiyatga ega emas.
Gerodotning kichik zamondoshi Fukidid (mil.avv. 460\
51–396-yillar) frakiyalik bo‘lib, Afinada yashadi. Fukidid Afi-
nada strateg etib saylangan. Harbiy yurishlarda qatnashadi,
Afina uning faoliyatini salbiy baholab, natijada u umrbod Afi-
nadan quvg‘in qilinadi. Frakiyada yashab, o‘zining tarix asarini
yozadi. Uning asari keyinchalik antik mualliflar tomonidan 8
kitobga, bob va paragraflarga bo‘linadi. Ushbu 8 kitob Fukidid-
ga tegishli ekani shubha qilinadi. Fukidid Peloponnes urushi
tarixini o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi.
Bu ilmiy-tarixiy tanqidning boshlanishi edi.
Ksenofontning Yunon tarixi bo‘yicha yozgan asari Fukidid
tarixining davomi edi. Afinalik Ksenofont (taxminan mil.avv.
430–360- yillar) boy, zodagon oilasidan bo‘lib, Suqrotning sho-
girdi bo‘lgan. U shahzoda Kayxusrav qoshinida yollanma sar-
karda bo‘lib xizmat qiladi. Shahzoda mil.avv. 401-yil Kunaks
yonidagi jangda yengilgach, Ksenofont Spartaga harbiy xizmat-
ga kirdi. Podsho Ageselay bilan do‘stlashdi. Shundan so‘ng
325
Afi na uni xoin deb hisoblab, umrbod shahardan quvg‘in qildi.
Ksenofontning «Yunon tarixi» mil.avv. 410-yildan boshlanib,
Peloponnes urushining nihoyasiga bag‘ishlangan.
Kvint Kursiy Ruf Rim tarixchisi taxminan mil. I asrda ya-
shab, 40-yillarda Makedoniyalik Aleksandrning tarixi nomli 10
jildli asarini yozdi. I-II jilddan boshqa barcha jildlari saqlanib
qolgan. Asarda Makedoniyalik Aleksandrning faoliyati tanqidiy
yoritilgan. Plutarxning «Qiyosiy tarjimayi hollar» asari qadim-
gi yunon-rim siyosiy arboblarining qiyosiy tarjimayi hollariga
bag‘ishlangan.
Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlaridan so‘ng
Yunoniston tarixida Arastu tarixi maktabi shakllandi. Bu davr-
ning eng ko‘zga ko‘ringan asari Arastuning «Politiya» asaridir.
Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo‘lib,
yunon polislari, O‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridagi yunon koloni-
yalari to‘g‘risida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko‘p bo‘lim-
lardan iborat bo‘lsa-da, bizgacha uning faqat «Afina politsiya-
si» qismi yetib kelgan. Ellin davriga kelib, yunon jamiyatidagi
keskin o‘zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan
umumiy tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘rin-
gan tarixchilaridan biri Timey bo‘lib, u o‘zining asarida Bolqon
Yuno nistoni, g‘arbiy yunon koloniyalari haqida muhim ma’lu-
motlar beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan biri
arxeologik topilmalar hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yuno-
nistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi ibodatxonalar, sa-
roylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit oro-
lida ingliz arxeologi A. Evans 40 yildan ko‘proq vaqt davomida
Knoss saroyini qazib ochdi. Knoss saroyi katta supa ustida qu-
rilgan bo‘lib, maydoni 1 ga yaqin. Bu saroy Kritning afsonaviy
podshosi Minosning qarorgohi bo‘lgan. Kichik Osiyoda nemis
arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi nati-
jasida Troya shahar-davlati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar paydo
bo‘ldi. Yunonistonning janubida mil.avv. II ming yillikka tegish-
li Miken, Tirinf va Pilos shaharlari o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: