QADIMGI YUNONISTON
QADIMGI YUNONISTON TARIXI
1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. 2. Tarixiy asar-
lar. Manbalar. 3. Moddiy manbalar. 4. Yunon tarixini davr-
lashtirish.
1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. Yunoniston
geog rafik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 1. Fessaliya va Epir,
shimolda Moli va Pagasey ko‘rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Sa-
ronika bilan cheklangan markaziy qism. 3. Peloponnes yarim
orolidan iborat janub.
Yunonistonning shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind
tog‘lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon
madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qa-
bilalari siljib kelgan.
Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo‘ldi. Uning janu-
bidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmi-
donlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin
mo‘yna uchun jo‘nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas
dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir
yunon madaniyatiga aloqasi bo‘lmagan yovvoyi o‘lka bo‘lib, uni
Markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta
kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog‘lab turgan.
Fessaliya barcha tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu
yerdagi ikki tekislikni fessaliyalik bosqinchilar ishg‘ol qilganlar.
Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qis-
man ularni vodiydan tog‘larga siqib chiqarganlar. Fessaliya ning
g‘arbiy qismida g‘alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qu-
lay qirg‘oq va qo‘ltiqlar yo‘q. Shimoliy Yunonistonni Markaziy
Yunonistondan dengiz va Oyta tog‘lari orasida yotgan Fermopil
daryosi ajratib turadi.
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog‘lik qabilalar joylashgan.
Egey dengizi qirg‘og‘ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari
322
joylashgan. Mil.avv. V asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloq-
likning namunasi bo‘lgan. Parnas (2450 m) va Kifris tog‘lari-
da joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo‘lgan. Markaziy
Yunoniston yo‘lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo‘lgan.
Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o‘tagan. Par-
nasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida
(185 kv.km) bo‘lgan. Ko‘rinishidan doriylar shu yerda ilk bor
o‘rnashganlar. Fokidadan g‘arbga Agra, evitan nomidagi illiriya
qabilalari yashagan tog‘li va ozroq unumdor vodiyga ega bo‘lgan
Etoliya viloyati joylashgan.
Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo‘ltig‘igacha bo‘lgan
hudud Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda
3000 kv. km hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3
dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo‘lgan Beotiyada g‘alla-
chilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. Beotiyani
janubdan Kiferon va Parnas tog‘lari o‘rab turadi. Yunoniston-
ning markazida tuprog‘i dehqonchilikka noqulay bo‘lgan Atti-
ka viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo‘lsa-da,
marmar, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo‘lgan.
Afinaning dengiz yo‘lini Salamin oroli to‘sib turadi. Salamin
uchun Afina Megara va Egina bilan uzoq urush olib borgan.
Faqat Eginaning bo‘ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga
yo‘l ochdi. Korinf va Saronik qo‘ltiqlari orasidagi tog‘lik hudud-
da Megara shahri joylashgan. Korinf qo‘ltig‘idan so‘ng Pele-
ponnes yarim oroliga o‘tish mumkin. Uning markazida Arkadiya
baland ligi turadi.
Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g‘arbida joylash-
gan. Bu viloyatlarda g‘alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Eli-
da viloyati joylashgan bo‘lib, Alfey va Kladey daryolari qo‘shilish
joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan
Olimpiada shahri joylashgan. Elidadan shimolda Axeya viloyati
turadi.
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16
o
C ni tashkil eta-
di. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o‘rmonlar
ko‘p bo‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‘lgan. Faqat ozgina yer
unumdor bo‘lgan. Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‘doy va tariq
ekil gan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan.
Yunonistonda oltin yo‘q, mis juda ko‘p. Xalkida shahrining
nomi ham «mis» degan ma’noni bildiradi. Qadimda bu yerdan
mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyadan sifati past temir,
Tasos va Sifnos orollaridan mil.avv. VIII–VI asrlardan kumush
323
qazib olingan. Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochil-
gan. Bu konlardan olingan daromad mil.avv. V asrda Afinani
qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar-davlat-
ga aylanishi hamda boshqa yunon shahar-davlatlariga bosh-
chilik qilishiga shart-sharoit yaratgan. Afinada tog‘-konchilik
sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100
m ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori
darajada bo‘lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor
bo‘lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh
mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-
yo‘g‘i 10 km uzoqlikda joylashgan. Mashhur Parfenon va Propi-
ley inshootlari pentelikon marmaridan bunyod etilgan.
Egey dengizi havzasida mil.avv. III–II ming yilliklarda yunon
bo‘lmagan, kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan turli leleglar, pelasg,
kariylar joylashgan edi. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Yuno-
niston hududiga axey qabilalari paydo bo‘ldi. Axeylar bilan ma-
halliy pelasg, kariy va minoylar o‘rtasida murakkab munosa-
batlar yuzaga keladi. Mil.avv. XII asrda Dunay ortidan Bolqon
yarim oroliga doriy qabilalarining migratsiyasi boshlandi. Mil.
avv. II ming yillik oxirida Yunoniston va Egey dengizi havzasini
egallab oldi. Natijada yangi etnik birlik – ellinlar shakllandi.
Ular to‘rt qabila guruhidan iborat edi:
1. Axeylar. Ular tog‘li Arkadiya, Krit oroli va Kichik Osiyoning
ba’zi hududlarida yashar edilar; 2. Doriylar. Ular Peloponnes
yarim orolining katta qismi, Krit va Rodos orollari, Kariya
va
Kichik Osiyoda joylashganlar; 3. Ioniylar. Ular Attika hududi,
Egey dengizining markaziy orollari va Kichik Osiyodagi Ioniya
viloyatini egalladilar; 4. Eoliylar. Ular Beotiya, Fessaliya, Etoli-
ya, Lesbos oroli va Kichik Osiyodagi Eolida orolini egalladilar.
Mil.avv. XI–IX asrlarda yunon qabilalarining har bir guruhi
o‘z diniy dunyoqarashi, o‘z sheva xususiyatlariga ega bo‘lsa lar-
da, bir tilda so‘zlashib, o‘zlarini bir xalq, bir madaniyatga man-
sub ekanliklarini his qila boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |