Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb
ataladi va m harfi bilan belgilanadi.
«Massa» so‘zi lotinchada «bo‘lak», «parcha» degan ma’noni bildiradi.
Istalgan jismning massasi, u qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil qiymatga
ega bo‘ladi. Jism dengiz ostidami, boshqa sayyoradami yoki kosmosdami,
farqi yo‘q, massasi o‘zgarmaydi. Xalqaro birliklar sistemasida massaning
birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Dastlab etalon sifatida temperaturasi
4 °C bo‘lgan 1 dm
3
(1 litr) hajmdagi sof (distillangan) suv ning massasi 1 kg
ga teng deb olingan edi. Biroq bu etalon zarur aniqlikni ta’minlay olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |