DINAMIKA ASOSLARI
Biz kinematika bo‘limida jismning harakatini soddalashtirib o‘rganish
uchun jismga ta’sir etuvchi kuchlarni e’tiborga olmagan edik. To‘g‘ri chiziqli
tekis va notekis harakat haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Jismning
ilgarilanma va aylanma harakatlarini turli ko‘rinishda ifodalashni ham o‘rga-
nib oldik.
Endi biz nima sababdan jismlar o‘zgaruvchan harakat qiladi, ularning tez-
lanish olishiga olib keluvchi omillar nimadan iborat, degan savollarga javob
qidiramiz. Shunday ekan, bizni jismlar harakatidagi sodir bo‘ladigan o‘zga-
rishlarning jismlar massasi va ular orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchlarga
bog‘liqligi qiziqtirishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |