Jismning boshqa jismlar ta’siri bo‘lmaganida o‘zining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi. Inersiya borligi tufayli jismning tezligini to‘satdan oshirib yoki kamay-
tirib bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak.
Ma‘lum tezlikda kelayotgan avtomobil birdaniga to‘xtay olmaydi. Shu
tez likda kelayotgan poyezd sostavining to‘xtashi uchun yana ham ko‘proq
vaqt va masofa kerak bo‘ladi. Shuning uchun yurib ketayotgan transport
vositasi oldini kesib o‘tish juda xavfli.
Transport vositasining to‘xtashi davomida bosib o‘tgan yo‘li tormozla