Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar
oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, uning bunday harakati
to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Bunga yo‘lning ko‘tarilish, pasayish va burilishlar bo‘lmagan qismida
avtomobilning tezlikni o‘zgartirmay harakatlanishi misol bo‘ladi. Shuningdek,
poyezd tezlik olib, ma’lum masofa o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri chiziqli tekis
harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik
harakatdir. Shuning uchun mexanik harakatni o‘rganishni tezlik, masofa
va vaqt orasidagi eng sodda bog‘lanishga ega bo‘lgan jismlarning to‘g‘ri
chiziqli tekis harakatidan boshlaymiz. So‘ngra notekis va egri chiziqli harakat
tezliklarini tahlil qilishga o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |