Inson tomonidan fazoga uchirilgan va sun’iy ravishda Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun’iy yo‘ldoshi deb ataladi. Raketa Yerning sun’iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun kamida 300 km ba-
landlikka olib chiqiladi. Buning uchun raketaga kamida 7,7 km/s tezlik
beriladi.
Sun’iy yo‘ldosh eltuvchi-raketa yordamida kerakli ba landlikka chiqarila-
di. Ma’lum vaqt davomida raketaning tezligi birinchi kosmik tezlik kacha
oshirib boriladi va bunda uning yo‘nalishi asta-sekin gorizontal holatga
o‘tadi (100-rasm).
113
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati