O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana24.08.2022
Hajmi0,88 Mb.
#847628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi

Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar: 
1.
Baland 
talaffuzni 
mashq 
qilish: 
Masalan: 
sara-shira-
qara-shira so’zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so’ngra ovozni to 
shivirlashgacha paslatib talaffuz qilish. 
2.
Talaffuz tempini mashq qilish. SHu sara-shira so’zlarini sekin talaffuz qilib, 
tempni asta tezlashtira borish. 
3.
Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar nuqson bilan talaffuz 
qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi. 
4.
Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun 
tez aytishlardan foydalaniladi. Masalan, 
G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi.
Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. 
Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o’qitish, tez 
aytishlarni hor bilan ayttirish foydalidir.
7.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutqini o’stirish. 
Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o’rgatish 
ham, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda uyushtiriladi. 
Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib, ekskursiyalar, bolalarning 
kuzatishlari, fan darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog’lanadi. Bu 
davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari:
1)
bolalar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash; 
2)
ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda 
lug’atini boyitish; 
3)
o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish; 
4)
gap va uch-to’rt gapli kichik “hikoyacha” (bog’lanishli nutq)ni og’zaki to’g’ri 
tuzish ko’nikmasini o’stirishdan iborat. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-
kechak, ish qurollari, mevalar kabi fanlar bilan tanishish yordamida so’zni ovozli 
ishlatishga; ikkinchidan, turli tipdagi sodda yig’iq gap (
Bolalar yuguryapti
), sodda 
yoyiq gap (
Lola do’konga bordi
), uyushiq bo’lakli gap (
Anvar oyisiga yordamlashdi, 
ukasiga qaraydi
), qo’shma gap (
O’g’il bolalar qushlarga in yasashyapti, qizlar don 
berishyapti
) tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida 
egallaydilar. 
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq 
o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Fanlar, uy-ro’zg’or asboblari, o’simliklar, 
hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tema bo’lib xizmat qiladi. 
Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar 
shakllanadi. 


33 
Birinchi sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari, 
rasm ko’rish va 
Bu nima? Bu kim? Bu qanday fan? Kim nima qilyapti?
kabi savollar 
asosida suhbatdan ham foydalaniladi. 
Savod o’ragatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli 
fanlarning nomini, ularning belgilarini aytish, fanlarni ma’lum belgilari asosida 
gruppalash kabi mashqlar kiradi. 
Masalan o’qituvchining topshirig’iga muvofiq, ma’lum ber temada 
(kuz, mevali 
bog’, oila, sinf, maktab haqida)
ikki so’zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa 
shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. 
O’rgangan harflaridan so’zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar. O’qish darslarida 
rasmgaqarab kichik hikoyacha tuzadilar, o’qituvchini savollariga to’liq javob 
berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi fan va 
hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam 
beradi. 
1.
Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik propedevtika. 
Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni 
amaliy asosda o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy 
ma’lumot berilmaydi. 
Bolalar og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish 
bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyinggi sinflarda o’rganiladigan 
mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar. 
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olim, Naima kabi 
ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy 
o’zlashtira boradilar. 
Bu bilan ular o’quv yilining ikkinchi yarmida o’rganiladigan kishilarning ismi 
bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-
dil, olti-oldi kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni 
o’zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog’-bog’bon-bog’cha kabi 
so’zlarni mashq qilish esa bolalarning “O’zakdosh so’zlar” mavzusini o’zlashtirishga 
tayyorlaydi. 
Propedektiv mashqlar sistemasi boshlang’ich sinflar grammatika va imlo 
programmasining bosqichli izchillik prinsipi asosida tuzulishiga mos keladi. Amaliy 
ishlar natijasida bolalarda ma’lum nutq tajribasi, til hodisalarini, so’zni, uning tarkibi 
va yasalishini, boshqa so’zlar bilan bog’langanda o’zgarishini kuzatish tajribasi 
to’plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o’quvchilar nazariy umumlashmalarni 
o’zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar 
shakllanadi. 
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Savod o’rgatish jarayonida qaysi mashqlardan foydalaniladi? 
2.
Analiz-sintez mashqlarini kim ishlab chiqqan? Uning ahamiyatini ayting. 
3.
Analiz mashqlarining turlarini ayting. Ulardan qaysi o’rinlarda foydalaniladi? 


34 
4.
Sintez mashqlarining turlarini ayting. Sintez mashqlarini uyushtirishda kesma 
harf va kesma bo’g’inlarning ahamiyatini misollar asosida izohlang. 
5.
Tovush va harf tomondan analiz-sintezni engillashtiruvchi vositalar nimalar? 
Ularni yasang va dars jarayoniga tadbiq eting. 
6.
Savod o’rgatish jarayonida tovushlarning to’g’ri va ravon talaffuzi ustida 
qanday ishlanadi? 
7.
Diksiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?
8.
R tovushini nima uchun ayrim o’quvchilar ayta olmaydi? 
9.
R tovushini qanday qilib to’g’ri talaffuzga o’rgatish mumkin? 
10.
Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirishda qanday 
manbalardan foydalaniladi? 
11.
Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish vazifalariga nimalar 
kiradi? 
12.
Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlari nimalardan iborat? 
13.
Nazariy materiallarsiz grammatika va imloni amaliy o’zlashtirish deganda 
nimani tushunasiz? 
14.
Analitik-sintetik ishlarning ahamiyatini ko’rsating. 
15.
Analitik-sintetik ishlarni o’rgatishda qaysi adabiyotlardan foydalaniladi? 
Tayanch atamalar: Analiz mashqlari, sintez mashqlari, kesma harf, kesma 
bo’g’in, diksiya, tez aytish, artikulvyasiya, unli, undosh, ko’rgazma, fonetika, 
orfografiya, grafika, kalligrafiya, ma’no, gap, so’z, bo’g’in, o’qish, yozish. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish