10
YOSHLARNI INFORMATSION-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
VA ULARNING SALBIY INFORMATSION-PSIXOLOGIK TA’SIRLARDAN
HIMOYALASH
Akbarova Umidaxon Valiyevna
Andijon viloyati Baliqchi tumani
6-son Davlat ixtisoslashtirilgan
umumta’lim maktab internati
Amaliyotchi psixologi
+998934287837
Annotatasiya:
Maqolada mamlakatimiz yoshlarining informatsion-psixologik xavfsizligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan axborotlardan foydalanish ko‘nikmalari ko‘rsatib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar.
Axborot xavfsizligi, mafkuraviy immunitet, yoshlar, yoshlar siyosati, ta’lim,
tarbiya, ijtimoi-psixologik xavfsizlik
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni yoshlarni
har tomonlama mukammal etib voyaga yetkazishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va qonuniy
chora-tadbirlar tizimini mukammallashtirishni nazarda tutadi.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib,
ular qatorida yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan,
hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash; yoshlarni axloqiy negizlarni
buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm,
fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga alohida e’tibor
qaratilgan.
Shu jihatdan qaraganda, shaxs va jamiyatning informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlash
fanlararo muammo bo‘lib, turli mutaxassislarning birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. keyingi
yillarda mamlakatimiz ilm-fanida shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning yo‘l,
shakl, vosita, usul, shart-sharoitlariga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar paydo bo‘ldi.
Shaxsni salbiy informatsion ta’sirlardan himoyalash, informatsion-psixologik xavfsizlikni
ta’minlash yo‘nalishiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili bu boradagi eng muhim
vositalardan biri – insonga qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish,
o‘zgalar fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish va saqlab qolish
imkoniyatiga ega bo‘lishiga asoslanganligini, ya’ni tanqidiy tafakkur shakllanganligini ko‘rsatdi.
Ammo yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy tafakkur shakllantirilishini
tadqiq etishning dolzarbligi bir qator mavjud ziddiyatlar bilan tavsiflanadi. Xususan:
– ijtimoiy-pedagogik xarakterdagi, ya’ni kasbiy faoliyatda salbiy informatsion ta’sirlardan
himoyalanishga, informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlashga qodir mutaxassislarga
bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hamda ijtimoiy tuzilmalarning mazkur vazifani ba’zan
yetarli darajada, to‘liq uddalay olmasligi;
– ilmiy-nazariy xarakterdagi, ya’ni yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy
tafakkur shakllantirilishining ilmiy asoslangan modelini yaratish zaruriyati hamda uning nazariy
jihatdan ishlab chiqilmaganligi;
Ushbu ziddiyatlar kasbiy faoliyatda, yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy
tafakkur shakllantirilishining tegishli tamoyillari, mazmuni, shart-sharoitlari, metodikalarini
aniqlashtirish muammosini asoslaydi. kasbiy faoliyatdagi salbiy informatsion ta’sir sifatida
negativ mazmundagi manipulyativ xarakterga ega informatsion- psixologik ta’sirlarni ko‘rsatish
mumkin.
Umuman olganda, informatsion-psixologik xavfsizlik – muayyan shaxs yoki shaxslar
guruhining informatsion sohada salbiy informatsion-psixologik ta’sirlardan himoyalanganlik
holati va shu bilan bog‘liq shaxs, davlat va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlari.
Salbiy informatsion-psixologik ta’sir – shaxs yoki insonning ruhiyatiga ta’sir etuvchi maxsus
vosita va usullar orqali ularning ixtiyori, roziligisiz ta’sir ko‘rsatish. bunday ta’sirning shaxs,
davlat hamda jamiyat uchun natijasi salbiy hisoblanadi.
23
10
G.V. Grachev shaxs informatsion-psixologik xavfsizligini inson psixikasining turli- tuman
informatsion omillar ta’siridan himoyalanganligi holati sifatida talqin qiladi. bunday informatsion
omillar sirasiga insonning adekvat ijtimoiy xulq-atvori shakllanishiga, shuningdek, uning o‘ziga
va atrof-muhitga subyektiv munosabatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Informatsion-
psixologik ta’sir tushunchasi mazmunini oydinlashtirishda G.V. Grachev muayyan jihatlarga
e’tibor qaratadi. birinchidan, mazkur tushunchada axborotning insonlarga yo‘naltirilgan maxsus
vosita sifatidagi maqsadli funksiyasiga urg‘u beriladi. Ikkinchidan, informatsion ta’sir obyekti
– inson psixikasi xususiyatlari tahlil etiladi. hozirgi kunda ushbu tushunchani qo‘llash inson
hissiyotlari va sezgi organlariga ramziy-belgi hamda timsolli vositalar orqali ko‘rsatiladigan
psixologik ta’sir turini tavsiflashga asos bo‘ladi.
Informatsion jarayonlar shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda o‘zida aqliy-ratsional
(informatsion jihat) va hissiy (psixologik jihat) unsurlarni jamlovchi informatsion- psixologik
ta’sir insonlar salomatligiga putur yetishiga ham sabab bo‘lyapti. Xususan, ekologiya va
ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan hozirgi zamon odami uchun real xavf-xatar mavjuddir. Shu
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fikricha, informatsion-psixologik xavfsizlik
deganda, inson psixikasining turli destruktiv information ta’sir (shaxs ongi yoki ong osti sohasiga
muayyan buzg‘unchi g‘oya, halokatga olib keluvchi yoki zararli axborotning kiritilishi)dan
himoyalanishi nazarda tutiladi. Informatsion-psixologik jihatdan muhofaza qilinmagan inson
yon-atrofdagi voqealarni noadekvat idrok etadi, uning hayotiy muhim manfaatlari, erki, qadr-
qimmati poymol etiladi.
Yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, ularni salbiy-informatsion- psixologik
ta’sirdan muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratishda antimanipulyativ xulq-
atvorni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarur. Antimanipulyativ xulq dogmatik xarakterga
ega bo‘lmasdan, uning rivojlanishiga ijtimoiy, biologik, psixologik va siyosiy omillar ta’sir
o‘tkazadi. Ushbu xulq modelini yaratishda ijtimoiy- biologik, ruhiy-ijtimoiy unsurlardan
foydalanish samarali natija beradi. Shaxsga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan
nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini to‘ldirishi yoshlarning
yot, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga imkon yaratadi. Yoshlarda tegishli xulq
shakllanmaganligi, mafkuraviy immunitet tarkib topmaganligi, axborot iste’moli madaniyati
lozim darajada rivojlanmaganligi ularning nojoiz g‘oyalar ta’siriga tushishida asosiy sabablar
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlar, yigit va qizlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalashga
qaratilgan chora-tadbirlar va tavsiyalarni ishlab chiqishda ijtimoiy-psixologik, individual-
psixologik, yosh, jinsiy, hududiy, demografik, etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olish lozim.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yoshlar xulqining anglanmagan regulyativ
mexanizmlarini o‘rganish, shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq yoshlik davriga xos himoya
mexanizmlarini tadqiq etish, jins xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda yoshlik davridagi
psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish, shaxsning yoshlik davrini
tavsiflovchi hissiy-irodaviy, kommunikativ, intellektual xususiyatlarini o‘rganish, shaxsning
individual-psixologik tavsifi va turli himoya mexanizmlari xususiyatlari o‘rtasidagi mutanosiblik,
bog‘liqlikni batafsil tadqiq qilish psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar oldida turgan dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qodirov U.d. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari.
Monografiya. – T.: fan va texnologiyalar nashriyoti, 2013
2. грачев г.В. Личность и общество: информационно-психологическая безопасность и
психологическая защита. – м.: ПЕРСЭ, 2003.
3. Решетникова С.ю., Смолян г.Л. Проблемы информационно-психологи- ческой без
-
опасности: сборник статей и материалов конференции. – м.: Изд- во ин-та психологии
РАН, 1996
24
Do'stlaringiz bilan baham: |