203
10
himoyalab turish kerak.
Bugungi kun mutaxssisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektgaega bo‘lgan,
fan asoslarini chuqur o‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli, ma’naviyatli inson
bo‘lishi kerak. U o‘z mutaxssisligi, masalan, xorijiy tillardan birini bilishi hamda AkT texnologik
vositalardan foydalanaolishi shart.
Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chuqur biladigan va uning kelajagi
uchun jon kuydiradigan insonparvar va oliyjanob kishi bo‘lishi kerak. Uzliksiz ta’lim tizimini
amlaga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash borasida gap
borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malakali va pedagogik
mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash
lozim.
Shunday ekan, tarbiyachilik va o‘qituvchilik- katta san’atdir. bu san’atga u yoki bu pedagog
osongina, o‘z – o‘zidan erisha olmaydi.
Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom
avlod uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r,zamon talablarini tez va kengroq
tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy – siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan
amalga oshirib boruvchi, mustaqil g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, ha-qiqiy
vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladi.
Pedagogik mahorat tug‘matalant yoki nasldan – naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning
negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi.Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma
o‘qituvchilar
uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Axborot va komunikasiya texnologiyalari ta’lim mazmunining doimiy ravishda yangilanishi,
o‘qyv – tarbiya jarayonining tashkiliy shakl va metodlarini isloh qilinishiga olib keladi.
Bugungi kunda hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi
jihatlarini yuzaga chiqara oladi:
1).Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texologiyalarning yangilanishi 3 – 5 yilni tashkil etib, avlodlar
almashinishi sur’atidan ham o‘zib ketmoqda;
2). Uzliksiz ta’lim va yangiixtisoslikka ega bo‘lish shaxsning ijtimoiy mavqe ini saqlab
qoliahning ajralmas qismiga aylandi;
3).kerakli axborotlarni o‘z vaqtida topish, olish, qabul qilish va samarali foydalanish har bir
insonning qobiliyariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limda kompetentlikni rivojlantirishga, birinchidan,kmop’yuterlashtirish jarayoni katta
yordam beradi. Axborot portlashi deb ataluvchi holatda u, ayniqsa, dolzarb bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, bunda inson katta axborot oqimiga duch kelib, uni tahlil qilish, tushuntirishhamda
undanfoydalanish yoki foydalanmaslik haqida qaror qabul qilishni bilishi kerak bo‘ladi.
Kompetentlik yondashuvi bilan qiziqish- ning yana bir sababi bu
bozor munosabatlarining
rivojlantirilishi va raqobatbar-dosh kadrlarni tayyorlashdir. bu nihoyat, uchunchidan, O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimini kompetentlik bilan ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotgan xalq-aro
tizimga birlashidir.
kompetensiya ( lot.competo erishyapman, munosibman, loyiqman ) u yoki bu sohadagi
bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi.
kompetensiya ( lot. competere layoqatli, munosib bo‘lmoq ) shaxsning biror bir sohadan
xabardorlik, shu sohani bilish darajasi.
Komnementlik ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradgan bilimga
ega bo‘lish, dalil isbotli fikr, kishining muayyan sohadagi saviyasini ifoda etadigan atama.
Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim,
ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishdir. kompetentlik insonga muayyan masalalardafikr
bildirishi, ma’lum qarorlarni ishlan chiqishda ishtirok etishi yoki mustaqil
ravishda qaror qabul
qilishimkonini beradi.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi:”Buyuk maqsadlari-mizga, ezgu
niyatlarimizga erishamiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga
oshirilayotgan islohatlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga
javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxssis kadrlarni tayyorlash
muammosi bilan bog‘liq ”.
Kasbiy kompetentlik – murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, axborot, kommunikativ,
refleksiv,
intellektual, tadqiqotchilik kompetensiyalariini o‘zida mujassamlashtirgan integral
tizimdir.
204
10
“Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” tizimidagi intergrasiya fanlararo ta’limning maqsadlari va
vazifalariini aniqlash bilan ta’minlanadi. fanlar bo‘yicha vertikal va gorizantal integrasiyani
o‘tkazish, ularni alohida bloklar va fanlarning asosiy bloklari bo‘yicha aloqalarni aniqlash, asosiy
fundamental tushunchalarni ajratib beradigan kurslarniajratish, fanlarni tuzilmaga solish, fanlar
turini va semantik tushunchalarini tuzish, tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi ta’lim ketma –
ketligini aniqlash integrativ kurslarni ishlab chiqishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Kasbiy ta’limda kompetentlikka asoslangan yondashuvni amalga oshirish istiqbollari:
* har bir bolaning shaxsiy salohiyatini hisobga olishva uni ruyobga chiqarishning samarali
yo‘llaridan foydalanish;
* o‘quv maqsadlari mazmunini o‘zgartirishorqali shaxs rivojlanishi masalasi ni birinchi o‘ringa
ko‘tarish;
* o‘quv metodlarini qayta tanqidiy ko‘rib chiqish va shaxsning tadqiqotchi-lik ko‘nikmalarini
rivojlantiradigan
metodlaridan foydalanish;
* o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizmini amaliyotga joriy etish.