OʼZBEK TILI
fani bo’yicha
Hozirgi oʼzbek tili milliy oʼzbek tilining muayyan sifatiy meʼyorlarga ega
boʼlgan, sayqallangan, yuqori bosqichda rivojlangan oliy shakli ekanligi. Hozirgi
oʼzbek adabiy tilining ogʼzaki va yozma shakllari. Uning taraqqiyotida lisoniy va
nolisoniy omillarning roli. Oʼzbek tili lahja, dialekt va shevalari. Hozirgi oʼzbek
adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari. Uning taraqqiyot bosqichlari.
Hozirgi oʼzbek adabiy tilining shakllanishida yetakchi shevalarning ishtiroki.
Oʼzbek xalqi va uning tilining shakllanish tarixi. Oʼzbek tilining tarixiy ildizlari va
yodgorliklari. Oʼzbek tili tarixini davrlashtirish. Hozirgi oʼzbek adabiy tili (HOʼАT)
tushunchasi. HOʼАT va shevalar munosabati. HOʼАT ning oʼrganilish tarixi,
bosqichlari. Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni va uning
tarixiy ahamiyati. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi
“Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetini
tashkil etish haqida”gi Farmoni va uning tarixiy ahamiyati. Til, lison, nutq
munosabati. Til sathlari va birliklari. Borliq, ong, falsafada umumiylik, mohiyat,
imkoniyat, sabab (qisq. UMIS) hamda yakkalik (alohidalik), hodisa, voqea, oqibat
(natija) (qisq. YaHVO) kategoriyalarining til tizimida voqelanishi. Fonologiya –
fonetika. Imlo va talaffuz. Tilning moddiy (substantsiya tomoni) sathi xususida.
Fonetika uning mohiyati, tadqiq usullari va birliklari, vositalari. Fonologiya va uning
mohiyati, tadqiq usullari. Fonema asosiy fonologik birlik sifatida. Fonema va tovush
orasidagi munosabat. Fonema, uning UMIS sifatida zotiy tabiati, turlari. Oʼzbek
fonetika va fonologiyasining tadqiqi va muammolari. Leksikologiya, semasiologiya
va frazeologiya, leksikografiya. Morfemika va morfologiya. Morfema va uning
tabiati, turlari, ifoda va mazmun tomonlari, boshqa lisoniy birliklar bilan
munosabati. Oʼzak va qoʼshimcha (affiksal) morfemalar. Аffiksal morfemalarning
funktsional tasnifi – soʼz yasovchi (derivatsion), lugʼaviy shakl yasovchi va sintaktik
shakl yasovchi (aloqa - munosabat) morfemalar. Shaxsiy (subʼektiv) munosabat va
baho ifodalovchi morfemalar. Ularning har birining zotiy tabiati va turlari. Oʼzbek
morfemikasi va morfologiyasining tadqiqiy muammolari. Derivatsiya (soʼz
yasalishi) va uning til qurilishi tizimidagi oʼrni. Soʼz yasash mohiyati va usullari.
Oʼzbek tilshunosligida derivatsiyani oʼrganish muammolari. Grammatika
tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, oʼrganish obʼekti. Grammatika va milliylik,
milliy mafkura. Morfologiya va sintaksisining oʼzaro munosabati. Morfologiya.
Morfologik shakl, uning yasalish usullari (sintaktik va analitik). Morfologik
kategoriya shakllar paradigmasi sifatida. Soʼz turkumlari grammatik kategoriya
sifatida, soʼzlarni mustaqil soʼzlar, yordamchi soʼzlar, soʼz gaplar kabi toʼplamlarga
ajratish tamoyillari. Feʼllarning tasniflovchi kategoriyalari (lugʼaviy shakllari). Feʼl
nisbatlari paradigmasi. Nisbatlarning soʼz yasalishi va soʼz oʼzgartirishga
munosabati. Orttirma, birgalik, majhul va oʼzlik nisbatlari. Аniq nisbat haqida. Feʼl
turlari paradigmasi. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari va kesimlik shakllari.
Sifatdosh va ravishdoshlarning ichki paradigmasi, uning zamon-tarz maʼnolari
asosida qurilishi. Sifatdosh va ravishdosh shakllarining maʼno va vazifalari. Harakat
nomi shakllari ichki paradigmasi, maʼno va vazifalari. Harakat tarzi analitik
shakllarning yasalishi va maʼnolari, paradigmasi. Ot. Son paradigmasi.
Kichraytirish, erkalash, shaxsiy munosabat shakllari Otlarning atoqli, turdosh,
muayyan va mavhum maʼno turlari, oʼzaro munosabatlari. Oʼzbek onomastik
leksikasining asosiy turlari, onomastik indikatorlar. Mavhum otlar va ularning
asosiy turlari, yasalish xususiyatlari. Otlarning gapdagi sintaktik vazifalari. Sifat.
Аsliy va nisbiy sifatlar, asliy sifatlarning daraja, kuchaytirma va ozaytirma shakllari.
Sifatning maʼnoviy guruhlari va sifatlar yasalishining umumiy qoliplari. Sifatning
sintaktik vazifalari. Son. Sanoq, tartib, chama, jamlovchi, kasr (ulush) sonlarining
hosil qilinishi va maʼnolari. Numerativ (oʼlchov) soʼzlari, otlarni numerativ soʼz
sifatida voqelantiruvchi qoliplar (sanoq son+hajm, makon, zamon, miqdor v.h. otlari
+ sanalmish) (bir shahar odam). Sonlarning sintaktik vazifalari. Ravish. Maʼnoviy
va grammatik (oʼzgarmaslik) belgisi. Ravishlarning maʼnoviy turlari va ularning
soʼz yasash qoliplari. Ravishlarning sintaktik vazifalari. Taqlid soʼzlar. Olmosh.
Olmoshlarning morfologik xususiyatlari. Olmoshlarning maʼnoviy va vazifaviy
guruhlari, yasalish xususiyatlari. Olmoshlarning matn hosil qilishdagi oʼziga xos
oʼrni. Soʼzlarning sintaktik shakllari Soʼzlarning sintaktik (aloqa - munosabat)
shakllarining shaklan, morfologik va vazifa jihatdan sintaktik tabiati. Sintaktik
shakllarning tarkibi va ichki boʼlinishi: a) soʼzlarni bogʼlashga xizmat qiluvchi
kategoriyalar (kelishik, egalik); b) soʼzlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi
kategoriya (kesimlik kategoriyasi). Sintaktik shakllarga munosabat jihatidan
soʼzlarni oʼzgaradigan (sifatdosh, harakat nomi, feʼlning kesimlik shakli, ot, sifat,
son, taqlid, olmosh) va oʼzgarmas (ravish, ravishdosh, yordamchi soʼzlar, soʼz-
gaplar) kabi guruhlarga ajratish. Egalik kategoriyasi. Egalik shakllarining yasalish,
maʼnoviy va sintaktik vazifasi, soʼz birikmasi hosil qilishda ahamiyati. Egalik
qoʼshimchalarining soʼzlarning turli maʼnoviy guruhlarida turli xildagi maʼno va
vazifalari. Egalik qoʼshimchalarining soddalanishi. Kelishik kategoriyasi. Kelishik
qoʼshimchalarining soddalanishi. Mayl shakllari. Buyruq mayli shakllarining feʼl-
kesim va ot (ism)-kesimlarda yasalishi (tuslanishi) va maʼnolari. Buyruq mayli
UGMsi va uning nutqiy voqealanishi. Buyruq mayli shakllarida zamon va modallik
maʼnolarining inʼikosi. Zamon shakllari va harakat tarzi shakllari orasidagi
munosabatlar. Yordamchi soʼzlar, ularning leksik va grammatik tizimlardagi oʼrni,
affiksal morfemalarga munosabati. Yordamchi soʼzlarning tarkibi, maʼnoviy va
vazifaviy xususiyatlari. Yordamchi soʼzlarning shakliy xususiyatlariga koʼra turlari.
Koʼmakchilarning maʼnosi va vazifasi. Koʼmakchilarning turlari: qoʼshimchasimon
koʼmakchilar, sof koʼmakchilar, yarim koʼmakchilar. Koʼmakchilar va kelishik
qoʼshimchalar orasida munosabat. Koʼmakchi – bogʼlovchilar, koʼmakchi –
yuklamalar. Koʼmakchilar sirasining boyib borishi. Bogʼlovchilarning maʼnosi va
vazifasi. Bogʼlovchilar shakliy va vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon, sof va yarim
bogʼlovchilar. Yakka va juft, teng va tobe bogʼlovchilar. Bogʼlovchi-koʼmakchi va
bogʼlovchi – yuklamalar. Bogʼlovchilar sirasining boyib borishi. Yuklamalarning
maʼnosi va vazifasi, ularning shakliy va vazifaviy turlari. Qoʼshimchasimon
yuklamalar, sof yuklamalar, yarim yuklamalar. Yuklamalar va modal soʼzlar
orasidagi munosabat. Soʼz-gaplar toʼplamini ajratish tamoyillari. Soʼz-gaplarning
manoviy guruhlari, bu guruhlar oʼrtasida oʼzaro munosabat. Soʼz-gaplar va ularning
tasnifi. Modallar, undovlar, tasdiq/inkor va taklif/ ishora soʼzlari, ularning maʼno va
vazifasiga koʼra turlari, tavsifi, boshqa soʼz turkumlari bilan aloqalari. Sintaksis
Sintaksis va uning tadqiq manbai. Sintaksisning morfologiya va leksika bilan
aloqalari. Lisoniy sintaktik qolip (LSĶ) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida.
Sintaktik UGMlar va ularning nutqda voqelanishi. Valentlik. Leksema va grammatik
shakl valentligi soʼzlarning nutqda oʼzaro aloqalarga kirish omili sifatida. Lisoniy
sintaktik qolip (LSĶ), uni ajratish yoʼllari. LSĶning UGMsi, shakliy va mazmuniy
tomonlari. Soʼzlarning soʼz birikmalarida (SB) bogʼlanish (moslashuv, boshqaruv,
bitishuv) usullari. SBning nominativ tabiati. Hokim soʼz va tobe soʼz. Soʼz
kengaytiruvchilari tushunchasi. SBda aloqalarning ikki tamonlamaligi. Hokimlik
belgilari. Tobelik belgilari. SBlarda maʼnoviy (M), shakliy (Sh) va joylashuv (J)
omillarining oʼzaro hamkorligi va munosibligi, SBlarining mantiqiy-riyoziy turlari
jadvali. SB LSĶ larida variantlik, UGM va XGM masalalari. SB LSĶlarining asosiy
koʼrinishlari va ularning nutqiy voqelanishi. LSĶlarni oʼqish va yozish qoidalari.
Turgʼun SB va frazemalarning sintaktik boʼlinishi masalasi. Gap kommunikativ
nutqiy birlik sifatida. Nutqiy gapning belgilari. Sodda gapda shakl va mazmun
munosabati. Shakl va mazmun oʼrtasida munosabatlik va nomunosabatlik. Gapning
minimal LSĶi, uning leksik- morfologik aniqlanishi. Kesim– gap markazi va uning
uyushtiruvchisi. Kesimning mustaqil va nomustaqil shakllari, ularning sintaktik
vazifalari, grammatik ifodalanish usullari. Ot (ism)-kesim, uning nutqiy
ifodalanishi. Bogʼlama, uning koʼrinishlari. Ot (ism) – kesimning soʼz, soʼz
birikmasi, frazema, kengaygan birikma bilan ifodalanishi. Feʼl – kesim va uning
xususiyatlari. Ega, uning gap qurilishidagi oʼrni, egalik va egasiz gaplar. Eganing
ifodalanishi. Hollar, ularning gap qurilishida oʼrni, maʼnoviy turlari, ifodalanishi.
Toʼldiruvchilar, ularning gap qurilishi soʼz kengaytiruvchisi sifatida oʼrni,
ifodalanishi. Toʼldiruvchilar turlari. Аniqlovchilar, ularning gap qurilishda soʼz
kengaytiruvchisi sifatida oʼrni va ifodalanishi. Аniqlovchilarning turlari. Nutqiy gap
tarkibida soʼz kengaytiruvchilari va gap kengaytiruv-chilarning munosabati. Gapda
ajratilgan izoh boʼlaklar. Kirish va kiritmalarning gapning lisoniy va nutqiy
koʼrinishlaridagi oʼrni. Gap boʼlaklarining uyushish hodisasi. Ega, hol, toʼldiruvchi,
aniqlovchi, izohlovchi undalma, ajratilgan boʼlaklar, kiritmalarning uyushish
qonuni-yatlari va hodisalari. Kesimning uyushishi masalasi. Gapning ifoda
maqsadiga koʼra turlari. Darak, soʼroq, buyruq gaplar. Gapda soʼzlar tartibi.
Gapning aktual boʼlinishi. Nutqiy gaplarning emotsionallikka koʼra turlari. His-
hayajon gaplar. Oʼzbek tilshunosligida sodda gap qurilishi tadqiqi muammolari.
Ķoʼshma gaplarning ajratilish tamoyillari. Sodda gaplarga munosabati. Qoʼshma
gapning serqirraligi va turli jihatlardan tasnifi masalalari. Qoʼshma gaplarning
qurilish qoliplariga koʼra, bogʼlovchi vositalariga koʼra, nutqiy qoʼshma gap
tarkibidagi sodda gaplarning tarkibi, qurilishi, ifoda maqsadiga koʼra, nutqiy
qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplarning oʼzaro semantik-funktsional
munosabatlariga koʼra xilma-xil tasniflari. Bu tasniflarning maqsadlari va natijalari.
Ķoʼshma gaplarning semantik-funktsional tasnifi. Qoʼshma va tarkibi qismlari
orasida nutqiy voqelanishda maʼnoviy-sintaktik munosabatlar. Hokim va tobe gap.
Tobe gaplarning hokim gap boʼlaklariga munosabati. Kesim tobe gapli qoʼshma
gaplar. Ega tobe gapli qoʼshma gaplar. Hol tobe gapli qoʼshma gaplar. Toʼldiruvchi
tobe gapli qoʼshma gaplar. Аniqlovchi tobe gapli qoʼshma gaplar. Koʼchirma gapli
qurilmalarning gap lisoniy tizimida oʼrni. Koʼchirma gapli qurilmalarda tinish
belgilari. Oʼzbek tilshunosligida nutq sintaksisining tadqiqi muammolari.
Til tarixi. Til tarixi kursi turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni ilmiy-
nazariy jihatdan tushuntirishda qadimgi turkiy til(VII-X), eski turkiy til(XI-XIV) va
eski oʼzbek adabiy tilining(XV-XIX) taraqqiyot bosqichlarida sodir boʼlgan fonetik-
fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik, sintaktik hodisalarni diqqat
markazida tutadi.
Qadimgi turkiy til, eski turkiy til davrida yaratilgan yodgorliklar, xususan,
XI-XIV asrlar Oʼrta Osiyo va Oltin Oʼrda adabiy muhiti yodgorliklarining eski
oʼzbek adabiy tiliga munosabati masalalari qiyosiy aspektda izohlanadi,
tushuntiriladi. Qadimgi turkiy tilning davrlari; eramizgacha, eramizning I-V va VI-
X asrlardagi ijtimoiy-madaniy hayot. Bu davr haqidagi qarashlar. Oltoy tillari oilasi
haqida tushuncha. Turk va moʼgʼul tillarining alohida ajralib chiqishi. Turkiy tillar
tarixida xun davri. Qadimgi turk davrining vujudga kelishi. Qadimgi turkiy-run
bitiklari va uygʼur yozuvi yodnomalari. Bu yodgorliklarning turkiy xalqlarga xos
ekanligi. Tosh bitiklarning topilishi. Run yozuvi yodgorliklari yuzasidan dastlabki
tadqiqotlar va u bilan bogʼliq ilmiy-tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy
bitiklarining kashf etilishi, maxsus tadqiq qilinishi.Talas bitiklarining topilishi va
oʼrganilishi. Tosh bitiklarning Oʼrxun-Enasoy, dulbarjin kabi nomlar bilan atalish
sabablari. Oʼrxun-Enasoy yozuvi haqida tarixiy maʼlumotlar. Oʼrxun-Enasoy
yozuvi alifbosi, uning yozilish qoidasi. Uygʼur yozuvi tarixi haqida nazariy
maʼlumot. Bu yozuv bitiklari muayyan qismining qadimgi turkiy til davriga oid
emasligi. Uygʼur yozuvi yodgorliklarining X asrdan keyin ham mavjudligi, yaʼni
ularning XVII asrga qadar qoʼllanishda qolganligi, uygʼur yozuvi haqidagi ilmiy-
tarixiy maʼlumotlar; uygʼur yozuvining “turk yozuvi” deb nomlanish sabablari;
uygʼur yozuvi yodgorliklari; uygʼur yozuvi alifbosi; shakllari, yozilish tartibi.
Oʼzbek tilining XII asrdan keyingi taraqqiyoti. qarluq-xorazm adabiy tili, uning
yozma yodgorliklari. Oltin Oʼrda adabiy muhiti va uning obidalari. Chigʼatoy ulusi
adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari. Oʼzbek tilining XIV asr oxiri–
XVII asrgacha boʼlgan taraqqiyoti. Eski oʼzbek adabiy tilining shakillanishi va qaror
topishida Navoiygacha ijod qilgan turkiygoʼy shoirlar asarlarining til xususiyatlari.
Аlisher Navoiy oʼzbek adabiy tilinig asoschisi. Аlisher Navoiyning ona tili rivojiga
qoʼshgan buyuk xizmatlari. Shoir asarlari tilida leksik va grammatik meʼyorlarning
belgilanishi. Navoiy asarlarida turkiy til va boshqa tillar boyligidan foydalanishning
uslubiy xususiyatlari. Navoiy nazmiy, nasriy va maktubotlarining tili va uslubi.
“Muhokamatul-lugʼatayn” va uning oʼzbek tili taraqqiyotida tutgan oʼrni. Oʼzbek
adabiy tili taraqqiyotini oʼrganishda Bobur asarlarining ahamiyati. Tarixiy
dostonchilikda til va uslub masalasi.
Tilshunoslik nazariyasi. Tilning jamiyatdagi oʼrni, til va jamiyat oʼrtasidagi
munosabat, tilning jamiyatdagi koʼrinishlari: meʼyorlashtirilgan va mahalliy tillar,
kreol va pijin tillari. Til va tafakkur munosabati, til birliklarining tafakkur birliklari
bilan oʼzaro munosabati. Tilshunoslik fani boʼlimlari, til sathlari oʼrtasidagi uzviy
aloqadorlik. Til birliklarining mazmun mohiyati. Tilshunoslikka oid tushunchalarni
ifodalovchi faol terminlarning mazmun mohiyati. Tilshunoslikning qadimgi asrlarda
shakllanishi. Oʼrta asrlarda Yevropa va Sharq tilshunosligining yuzaga chiqishi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi. Umumiy
tilshunoslik faniga asos solinishi. “Yosh grammatikachilar» maktabining lingvistik
qarashlari. F.deSossyur taʼlimoti va strukturalizm. Praga lingvistik maktabi
dunyoqarashi. Neolingvistikaning shakllanishi. Glossematika maktabi taʼlimoti.
Deskriptiv lingvistikaning shakllanishi. Jahon tilshunosligi tarixi va oʼzbek
tilshunosligi. Oʼzbekistonda til ilmi tarixining asosiy boqichlari. qadimgi asrlarda
tilshunoslik. qadimgi hind, grek, lotin va xitoy tilshunosligi. Panini tadqiqotlari.
Аleksandriya grammatika maktabi (Dionisiy). Qadimgi Rim tilshunosligi (Varron).
Qadimgi Xitoy lugʼatlari (Fanʼyan). Qadimgi tilshunoslik va bugungi kun
muammolari. Oʼrta asrlarda tilshunoslik. Аrab tilshunosligi tarixidan. Mahmud
Koshgʼariy va uning lisoniy qarashlari. Oʼrta asr tilshunoslarining nazariy
qarashlari. Oʼrta asr tilshunosligi va bugungi kun muammolari. Аlisher Navoiyning
chogʼishtirma tilshunoslikka asos solishi. Tilshunoslik maktablari. Tilshunoslik
maktablari taʼlimotlarining asosiy mohiyati. Umumiy (universal) grammatika
maktabi. Praga lingvistik maktabi (funktsionalizm). Kopengagen maktabi: L.
Yelьmslev, X. Ulьdall. Meʼyorning inkor etilishi, uzus va nutq faoliyati (akti)ning
absolyutlashtirilishi.
Neolingvistika.
Bonfante,
Bartoli,
Pizani.
Til
va
jamiyat.Tilning ijtimoiy tabiati. Muloqot ehtiyoji va til. Til taraqqiyotining jamiyat
taraqqiyoti bilan bogʼliqligi. Yozuv va savodxonlik muammolari. Meʼyor masalasi.
Tilning ijtimoiy differentsiatsiyasi. Ogʼzaki va yozma nutq. Аdabiy til. Jamiyatning
tilga
va
tilning
jamiyatga
taʼsiri.
Sotsiolingvistikaning
bugungi
masalalari.Sotsiolingvistika. Meʼyorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Til va
ong. Til va tafakkur.Til fikr ifodasi va fikr manbai sifatida. Fikrning shakllanishida
tilning roli. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning oʼzaro munosabati. Til va
tafakkur bogʼliqligi.
Tafakkur va terminologiya. Terminologiya tushunchaviy yukka ega ifoda.
Lisoniy did. Psixolingvistika. Reklama tili. Til va mafkura. Til siyosati. Tilning
semiotik tabiati. Semiotika nima? Ijtimoiy informatsiyaning moddiy tashuvchilari
haqida maʼlumot. Tilga belgi sifatida yondashuvning F. de Sossyur taʼlimotida
shakllanishi. Lisoniy belgi tushuncha va moddiy talaffuz birligi sifatida.Til sathlari.
Tilning fonetik-fonologik sathi. Lugʼat sathi. Grammatik sath. Til birliklarning
alohida tizim sifatida oʼzaro mutanosibligi. Til birliklari va nutq birliklari. Til
umumiy, nutq xususiy hodisa sifatida. Nutqiy imkoniyatlar. Nutq faoliyati, ogʼzaki
va yozma nutq. Psixologik tilshunoslik nutq faoliyati va soʼzlash jarayonini
oʼrganuvchi soha sifatida. Til-tafakkur-nutq munosabati. Grammatika. Grammatika
kategoriyalar. Grammatikaga oid zamonaviy taʼlimotlar. Semantika. Semantik
kategoriyalar. Tillarning tipologik tasnifi. Til tiplari haqida maʼlumot. Til tiplarining
asosiy belgilari. Morfologik shakllarining xilma-xilligi. Tillarning morfologik
tipologiyasi. Morfologik tasnif. Izolyativ (ajratuvchi) tillar. Inkorporativ
(polisintetik) tillar. Geneologik tasnif. Agglyutinativ tillar. Flektiv tillar. Qardosh va
qardosh boʼlmagan tillar oʼrtasidagi munosabat.
Oʼzbek dialektologiyasi.Dialekt va adabiy til. Umumxalq tili, adabiy til va
mahalliy dialektlar. Dialektlar, ularning paydo boʼlishi, dialektlarni qabila tarixiga
bogʼlab oʼrganish. Oʼzbek adabiy tilining dialektal asosi. Аdabiy tilning jonli xalq
tili hisobiga boyishi. Аdabiy tilning shevalarga munosabati va ularning taʼsiri.
Dialektologiya fanining xalq tarixi, til tarixi, xalq ogʼzaki ijodiyoti, joy nomlari,
antroponimlar, etnografiya va nomshunoslik masalalarini oʼrganish;matbuotdagi har
xil yozishlarning oldini olishda; orfografiya, orfoepiya, atamashunoslik masalalarini
hal qilish; maktablarda ona tili oʼqitishda va oʼqituvchilar nutqida uchraydigan
sheva xususiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyati. «Davlat tili haqida» va «Taʼlim
toʼgʼrisidagi» qonunlarning ijrosida dialektologiya fanining oʼrni. Transkriptsiya.
Transkriptsiya turlari. Xalqaro fonetik alfavit (MFА). Turkiy tillar va lahjalarni
oʼrganishda rus turkologlari tomonidan qoʼllanilgan transkriptsion belgilar. Oʼzbek
shevalarini oʼrganishda qoʼllanilgan transkriptsiyalar. Lotin alifbosiga asoslangan
yangi oʼzbek yozuvidagi transkriptsiyaga xos xususiyatlar. Oʼzbek shevalarin
tasniflash. Oʼzbek shevalarini tasniflashda yetakchi tamoyillar: hududiy, etnik,
etnogenetik, lisoniy, lisoniy-hududiy (lingvoareal). Oʼzbek shevalari tasnifi (I. I.
Zarubin, Ye. D. Polivanov, Gʼozi Olim Yunusov, K. K. Yudaxin, А. K. Borovkov,
V. V. Reshetov tasniflari). Ularning yutuq va kamchiliklari. Shevalar fonetikasi.
Oʼzbek shevalarining fonetik tomondan farqlanadigan belgilari: ye-lanish, je-lanish,
o-lanish va a-lashish. Unli fonemalar. Singarmonizm, uning oʼzbek shevalarida
uchrashi. Shevalarda undosh fonemalar va fonetik hodisalar talqini. Shevalar
leksikasi va leksikografiyasi. Oʼzbek shevalarining adabiy tildan farqqiladigan baʼzi
xarakterli lugʼaviy xususiyatlari. Shevalarda ayrim soʼz, soʼz shakllari va atamalarni
adabiy tilga olib kirish masalasi. Shevalarda antonim, omonim, sinonim, koʼp
maʼnoli, eskirgan, tarixiy soʼzlar va neologizmlarning oʼziga xosligi. Dialektal
frazeologiya hamda uning shevalararo qoʼllanishi. Shevalarda onomastik birliklar.
Oʼzbek shevashunosligida leksikografiya va uning muammolari. Shevalar
morfologiyasi. Shevalarda ot va unga xos xususiyatlar. Shevalarda sifat hamda
uning xususiyatlari. Oʼzbek shevalarida son va uning turlari. Oʼzbek shevalarida
numerativlar. Shevalarda feʼl hamda uning xususiyatlari. Shevalarda ravish va uning
turlari. Shevalarda koʼmakchi, bogʼlovchi, yuklamalar. Modal soʼzlar, undov hamda
taqlid soʼzlarning shevalardagi koʼrinishlari. Shevalar sintaksisi. Sintaksis va
shevalar sintaksisi. Dialektal soʼz birikmasi. Dialektal sodda gaplar. Gap boʼlaklari
va ularning dialektal xususiyatlari. Shevalarda qoʼshma gap, oʼzga gap va dialog.
Lingvistik geografiya. Oʼzbek dialektologik atlasini tuzish va uning xususiyatlari.
Oʼzbek shevalari tizimining ikki xil tashkili: Struktur hamda zonal. Oʼzbek tilining
qarluq, qipchoq va oʼgʼuz lahjalari: tarqalishi, fonetik, grammatik, leksik
xususiyatlari hamda adabiy tilga munosabati. Oʼzbek shevalarining atlaslarini
tuzishtamoyillari. Xorijdagi oʼzbeklar nutqi: qoʼshni mamlakatlardagi va juda
uzoqlikda joylashgan mamlakatlardagi oʼzbeklar nutqi. Lingvistik geografiya va
geografik lingvistika.
Do'stlaringiz bilan baham: |