Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


OʻQUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA IJODIY



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet489/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

OʻQUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA IJODIY
TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI... 
Hayitov Hamza Ahmadovich
BuxDUPI oʻqituvchisi(PhD)
Jalolova Saltanat Jasur qizi 
BuxDUPI 1-kurs talabasi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oʻquv motivlarini shakllantirishda ijodiy topshiriqlardan foydalani 
metodikasi ilmiy nazariy tahlil qilingan.
 
Kalit soʻzlar: i
jodiy topshiriq, didaktik loyiha, biluv faoliyati, texnologik jarayon, oʻquv materiali, 
topshiriqli holat, topshiriqli holat turlari, muammoli holat, oraliq maqsad, tashqi tayanch, Matyushkin, oʻquv - 
tarbiya jarayoni, al'ternativ qurilish, informaoʻyin, psixologik tadqiqot, mulyaj, grafik, model, obyekt, subyekt, 
eksperemental yoʻ v.hl
 
Oʻqituvchining ijodiy topshiriqlardan foydalanish metodikasini qoʻllay bilishi darsning oʻz maqsadiga 
erishishida katta oʻrin tutadi
 
Ushbu faslda ta'lim texnologiyasi gʻoyalari asosida ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish jarayonini 
asoslashga harakat qilamiz. Ta'lim texnologiyasi deganda oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchi maqomini 
oʻzgartirish, yangilash yoʻli bilan ma'lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish, oʻrganiladigan mavzuni 
oʻquvchilarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, ta'lim natijasini qabul qilingan etalon darajasiga 
koʻtarish va baholashga oid usullar, vositalar, ta'limning tashkiliy shakllarini tushunamiz. 
Didaktik loyihani amalga oshirishning kirish va chiqish nuqtalari mavjud. Ikki nuqta orasiga juda koʻp 
nuqtalarni joylashtirish mumkin boʻlganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha 
boʻlgan masofada ta'limning juda koʻp variantlari yotadi. Bu variantlarning samaralisini tanlash eksperimental 
yoʻl bilan hal qilinadi .Ijodiy topshiriqlar samaradorligini eksperimental sinash ishlarini keyingi bobga 
qoldiramiz. Bu paragrafda ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishni asoslash bilan shugʻullanamiz. 
Ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish texnologik jarayon sifatida uch elementdan iborat: texnologik 
jarayonni amalga oshirivchi mutaxassis, qisqasi, ijodiy topshiriqlar tizimini tuzuvchi; mehnat predmeti oʻquv 
materiali bir shakldan—darslikda berilgan holatdan ikkinchi shaklda —ijodiy topshiriqlar tizimi holatiga 
keladi: tuzish vositasi—ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishga oid texnologning mahorati, ya'ni uning konstruktiv 
jarayon toʻgʻrisidagi bilim, tajriba va malakasi, uning shu jarayonga tanqidiy munosabati. 
Ijodiy topshiriqlar tizimini tuzishning ikki ahamiyati mavjud:a)ta'limning yangi —bizning holatda 
tadqiqot mohiyatiga mos keladigan loyihasini tayyorlash; b)konstruktiv jarayon, uning xususiyatlari, 
texnologik jarayon toʻgʻrisidagi bilimlarni moddiylashtirish. Shu jihatlari inobatga olinadigan boʻlsa, ushbu 
paragrafda qayd etiladigan didaktik bilimlarning ikki jihatini aytib oʻtishga toʻgʻri keladi: birinchidan, 
didaktik loyihalash jarayoni mohiyatini oydinlashtirish; ikkinchidan, oʻqituvchilarda didaktik loyihalash 
qobiliyatini takomillashtirish. 
Oʻquv materiallari asosida ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish quyidagi texnologik talablarga muvofiq 
olib boriladi: oʻquv materiallarini didaktik tahlil qilish; ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish; tuzilgan loyihani 
boshqa tizimlardan, masalan, darslikda berilgan misol, masala, mashqlardan optimalligini asoslash. 
1.Oʻquv materiali tahlili. Oʻquv materiali oldingi paragraflarda qayd etilganidek, oʻquv tarbiya ishlari 
boshlanadigan, darslarda tayyor holda berilgan bilimlar, shu bilimlarga oid malaka, ijodiy faoliyat tajribasi 
munosabatlardir. 
Tuziladigan didaktik loyihaning mazmuni ishlab chiqilgach, uning maqsadi aniqlanadi. Ijodiy 
topshiriqlar tizimida —didaktik loyihada oʻqitish maqsadlari, oʻqish maqsadlarini ajratamiz. 
Oʻqitishlar (oʻqituvchi faoliyatiga) daxldor maqsadlarning uchta an'anaviy koʻrinishi mavjud: ta'limiy, 
rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi. Mavzu doirasidagi bilimlarni oʻrgatish—ta'limiy maqsaddir. Rivojlantirish 
maqsadi —bolalarning xotirasi, tafakkurini oʻstirishga oid maqsadlardir. Bilimlar asosida bolalarni tarbiyalash 
tarbiyaviy maqsad sanaladi. 
Oʻqishga (oʻquvchi faoliyatiga) daxldor maqsad ham uchta boʻlib, bu maqsadlarni oʻquv maqsadlari, 
deb qayd etamiz. Oʻquv maqsadlari —harakatga teng oraliq, bosh (umumiy) oʻquv maqsadlaridan iborat. Bu 
nazariyani undalma mavzusiga koʻchirsak, unda bolalarning oʻquv maqsadlari tizimi quyidagi koʻrinishga ega 
boʻladi. 
I.Bosh maqsad —undalmalarni (ogʻzaki va yozma)nutqda toʻgʻri qoʻllash. 


515 
II.Oraliq maqsad—undalmaga oid bilim, koʻnikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabat(oraliq 
maqsadlarga davlat taʼlim standartlari—DTClarni egallash yoʻli bilan erishiladi). 
III.Harakatga teng maqsadlar —matnda undalmali gaplarni ajratib yozish, berilgan soʻzni undalma 
vazifasida qatnashtirib gap, nutq tuzish va sh.k 
Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida bolalarning biluv faoliyati harakatga teng maqsadlarni amalga 
oshirishdan boshlanadi .Bolalar berilgan matndan undalmalarni topish, undalmali gaplarni ajratib yozish, 
ularni tahlil qilish, undalmaning shaxs yoki predmet narsalarga qaratilganini aniqlsh, undalmaning gapdagi 
oʻrnini topish kabi harakatlarni amalga oshirib , undalma haqida tasavvur hosil qilishadi, shunga koʻra 
oʻqituvchi yordamida xulosalar chiqarishadi, undalmaning gapdagi oʻrinlari xususida oʻz hukmlarini aytishadi. 
Bular oraliq maqsadlar sanaladi. Oraliq maqsadlar amalga oshgan sayin bolalar oʻzining bosh maqsadi—
undalmalarni nutqda toʻgʻri qoʻllashni ham bekamu koʻst egallay boshlashadi. 
Ijodiy topshiriqlar bolalar faoliyatida qator ishlarni ham bajaradi. Tuziladigan topshiriqlar tizimida 
topshiriqlarning bolalar faoliyatida bajaradigan ishlari ham hisobga olinishi lozim. Ijodiy topshiriqlar tizimini 
tuzish jarayonida ularni bajarish usullari ham oldindan qayd etiladi:gapni, matnni tahlil qilish; undalmalarni 
ajratib olish; berilgan soʻzni undalma vazifasida ishtirok ettirib gap, nutq tuzish va shu kabilar ijodiy 
topshiriqlarni bajarish usullari hisoblanadi. 
Oʻquv materiallari mazmuni, tuziladigan topshiriqlarning maqsadi,fungsiya va usullari aniqlangach, 
tizimga kiritiladigan topshiriqlarning tiplari belgilanadi ."Undalma" mavzusida ijodiy topshiriqlar tiplarini 
aniqlashda quyidagi uch yoʻnalish boʻyicha ish qilinadi: materialga koʻra ijodiy topshiriqlar tiplari—yangi 
bilim(1), koʻnikma va malaka(2), ijodiy faoliyat tajribasi (3), munosabatlarni tarbiyalashga (4)oid ijodiy 
topshiriq; ta'lim jarayonida bajaradigan ishiga koʻra ijodiy topshiriqlar—sintaktik topshiriqlar .Bu xil ijodiy 
topshiriqlar vositasida undalmalarning xususiyatlari tahlil qilinadi; sintaktik—punktuatsion topshiriqlar. Shu 
xildagi topshiriqlarni bajarish yoʻli bilan bolalar undalmalarda tinish belgilarini ishlatish yoʻllarini bilib 
olishadi;sintaktik -prododik koʻrinishdagi topshiriq. Bunday topshiriqlar ustida ishlash orqali nutqda 
undalmalarni ijro etish usullarini egallab olishadi. 
Ijodiy topshiriqlar tiplari aniqlangach, ularning tizimini tuzishga oʻtiladi.Topshiriqlarni tuzish paytida 
yuqorida 4-jadvalda aniqlangan bilim, koʻnikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlarga doir 
informaoʻyinlar oldingi oʻzlashtirilnagan holatdan yangi —undalmalarni oʻzlashtirishga doir ijodiy 
topshiriqlar bitimi shakliga keltiriladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish