Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Shavkat Mirziyoyev 
 
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga juda katta e’tibor 
berilmoqda. Kuni kecha “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu qaror yurtimizda ilm fan 
sohasi rivoji uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ta’limni yangi bosqich, yangi pog‘onaga 
ko‘taradi. O‘zbekistonda matematika ta’lim sohasini yuqori bosqichga ko‘tarish, uni butunjahon 
miqyosida tatbiq qilish uchun e’tiborni, avvalambor, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimiga 
qaratish lozim. Agar Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimidagi bolalar matematika faniga 
qiziqadigan, unga aloqador barcha tushunchalar haqida ma’lim bir tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ular 
istalgan sohada yuksak natijalarga erisha oladi. Kuzatish va tajribalar shundan dalolat beradiki, 
ko‘pchilik boshlang‘ich sinf o‘quvchilari vaqtga oid masalalarni yechishga qiynaladi. Buning 
sabablaridan biri o‘quvchilarda vaqtga oid tushunchalarning yaxshi shakllanmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan 
boshlang‘ich sinflarda vaqt tushunchasining tizimli o‘rgatilmaganligi, qolaversa, o‘qituvchining vaqt va 
uning o‘lchov birliklari ustida ishlash metodikasiga to‘la amal qilmasligidir. 
Vaqt tushunchasining boshqa metrik sistemadagi asosiy miqdorlardan farqi, uning o‘lchov 
birliklari orasidagi turli xil bog‘lanishlarda bo‘lishidir. 
Uzunlik birliklari, massa birliklari o‘zaro 10, 100, 1000 kabi sonlar bilan bog‘lanib kelsa (masalan 
1m = 10dm, 1dm = 10 cm, 1m = 100 cm va hokazo) vaqt birliklari o‘zaro 60, 24, 100, 365 kabi sonlar 
bilan bog‘lanishda (masalan 1sutka = 24soat) bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning vaqt tushunchalarini to‘la 
o‘rganishlariga monelik qiladi. 


251 
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarning har birida vaqtga oid alohida mavzu ajratilgan bo‘lib, bu 
o‘quvchilarning vaqtga oid asavvurlarini oddiydan murakkabga qarab tizimli ravishda shakllantirishga 
yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda vaqtga oid mavzularni sinflar kesimida tahlil qilib va turli metodik 
tavsiyalar berib o‘tamiz: 
a)
1-sinf matematika darsligida vaqtga oid faqat bitta mavzu berilgan: Hafta. Hafta kunlari. Bu 
mavzu orqali o‘quvchilarga “hafta”, “hafta kunlari”, “avval”, “keyin”, “oldin” kabi tushunchalar haqida 
ma’lumot beriladi. O‘qituvchi ushbu mavzuni o‘tishda, dastlab, hafta kunlari, uning tartibi haqida 
ma’lumotlar beradi va ularning bilimlarini mustahkamlash maqsadida turli xil savollar berishi mumkin: 

Chorshanba haftaning nechanchi kuni? 

Dushanba-chi? 

Chorshanbadan oldin va keyin keladigan kunlar qaysi? 

Bugun haftaning qaysi kuni? 

Ertaga-chi? Va hokazo… Ushbu savollar orqali o‘quvchilar vaqt va vaqt birliklari haqidagi 
dastlabki tasavvurlarni hosil qiladi. 
b)
2-sinf matematika darslarida o‘quvchilarda soat va minut tushunchalarini shakllantirishga 
alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, 5 soat dars ajratilgan. Dastlabki darsda o‘quvchilar soat va uning turlari 
bilan tanadi. O‘qituvchi ushbu darsni o‘tishga tayyorlanar ekan, dastlab, sinf o‘quvchilariga namoyish 
qilish maqsadida soat modelini tayyorlab olishi kerak. Soat modeli yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarga 
soat mili va minut mili haqida tushuntiradi. O‘qituvchi 1-topshiriqni tushuntirish maqsadida turli xil 
savollar beradi: 

Bunday soatlarni qayerda ko‘rgansiz? 

Ular haqida nimalar bilasiz? 

Ulardan qayerda va qachon foydalaniladi? O‘quvchilar ushbu darsda soat necha bo‘lganligini 
soatga qarab aniqlashni o‘rganib oladi. 
2-
darsda o‘quvchilarga “yarim” tushunchasi haqida ma’lumot beriladi. Oddiy soat va elektron 
soatlar o‘rtasidagi farqli holatlar aytib o‘tiladi. Keyingi darsda o‘quvchilarga minut mili haqida ma’lumot 
beriladi, ya’ni soatda 12 ta son borligi ushbu sonlar orasidagi vaqt soatning katta mili yordamida 
o‘lchanganda 5 minutni tashkil qilishi aytib o‘tiladi va o‘quvchilarga vaqtning o‘qilishi 
o‘rgatiladi(masalan 1:30 bir yarim, 12:45 15 ta kam bir, 1:07 birdan 7 minut o‘tdi). Ushbu darsda 
o‘quvchilarga vaqt birliklari orasidagi bog‘lanish tushuntiriladi: 1sutka=24soat, 1soat=60minut, yarim 
soat=30minut. Quyida 16-darsdagi 3-topshiriqni ko‘rib o‘tamiz: Film namoyishi davomiyligi 3 soat-u 15 
minut. U soat 8:30 da boshlansa, qachon tugaydi? 
Yechish: 
8:30+3:15=11:45 
Javob: 8:30da boshlangan kino 11:45 da tugaydi. 
Ushbu masalaning yechilishini o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagicha tushuntirishi mumkin: Bu 
yerda soatga soatni minutga minutni qo‘shamiz. Sonlar orasidagi ikki nuqta soat va minutlarni ajratib 
turibdi. Keyingi darsda o‘quvchilarga kun tartibi haqida ma’lumotlar beriladi va soat bo‘yicha vaqtni 
minutgacha aniqlash o‘rgatiladi. Oxirgi dars vaqt va vaqt birliklarini takrorlash bo‘lib o‘rganilgan bilimlar 
umumlashtiriladi. 
d)
3-sinf matematika darsligida vaqt va vaqt birliklariga oid 2 soat ajratilgan bo‘lib, unda 1-, 2- 
sinfdagi ma’lumotlarga qaraganda vaqt tushunchasi kengroq yoritilgan. Bunda vaqt tushunchasi, vaqt 
birliklari va ular ustida amallar bajarish o‘rganiladi. 3-sinfda o‘quvchilar soat, sutka, minut kabi 
birliklarni qisqa yozuvda yozilishini o‘rganadi. Darslikdagi birinchi mavzuda aynan shular haqida so‘z 
boradi: 
1 h (soat) = 60 min (minut) 
1 min (minut) = 60 sek (sekund) 
1d (sutka) = 24 h (soat) 
1-darsda berilgan barcha topshiriqlarning barchasi yuqoridagi bog‘lanishlar asosida olib boriladi. 
3-
topshiriq. Minutlarda ifodalang: 1 soat 25 minut, 1 soat 55 minut, 2 soat 30 minut. O‘qituvchi 
oquvchilarga ushbu topshiriqni bajarishda avvalambor 1 soat 60 minut ekanligini aytib o‘tadi va uni 
minutga aylantirib oladi 1 soat 25 minut = 60+25=85 minut bo‘ladi. Ushbu topshiriqlarni bajarishda 
o‘quvchilar deyarli qiynalmaydi. Keyingi darsda o‘quvchilarga yil, oy, sutka va ular orasidagi bog‘la- 
nishlar tushuntiriladi. Soat bir vaqtni ko‘rsatsa hamki u sutkaning turli ikki vaqtiga to‘g‘ri keladi. 
Masalan: o‘quvchi ertalab soat 8:00 da maktabga boradi va yana kechqurun soat 8:00 da dars 
tayyorlayotgan vaqtiga to‘g‘ri kelishini o‘quvchilar ushbu darsda bilib oladi. O‘qituvchu buni kun va tun 
rasmi tasvirlangan ko‘rgazmali qurol yordamida tushuntirishi mumkin. 3-sinfda vaqt va vaqt birliklari 
mavzusidan tashqari vaqtga oid alohida Kalendar mavzusi keltirilgan bo‘lib, bu mavzu orqali o‘quvchilar 


252 
kundalik hayotda ko‘p ishlatadigan yil, oy, hafta kabi tushunchalarni o‘zlashtiradi va taqvim bilan ishlash 
malakalarini oshiradi. 
Ushbu tushunchlarni shakllantirishda bizga Yil fasllari taqvimi, fasllar, oylarni o‘zida 
mujassamlashtirgan ko‘rgazmali qurol kerak bo‘ladi. 
Ushbu ko‘rgazma yordamida “Yil qanday fasllardan tashkil topgan?”, “Bahor faslining oylarini 
ayting”, “31 kun bo‘lgan oylarni ayting”, “Yilning qaysi oyi eng qisqa?” kabi savollarga javob olinadi. 
e)
4-sinf matematika darsligida asosiy miqdorlardan biri bo‘lmish vaqtga oid alohida mavzu 
berilmagan bo‘lsa ham turli xil masalalar keltirilgan. Masalan: 
8-topshiriq. Mamlakatimiz 
qachon mustaqillikka erishgan? Bu yil mustaqillikka erishganimizning necha yil bo‘lganini ayirish amali 
yordamida hisoblang. 
Yechish: 2022-1991=31 yil 
Javob: bu yil mamlakatimizning 31 yilligini nishonlaymiz. 
Topshiriq. Yarim sutka necha soatni tashkil qiladi? To‘rtdan bir sutka-chi? 
Vaqt va vaqt birliklari asosiy miqdorlardan biri bo‘lib, vaqtga oid tasavvurlarni tarkib topdirish, 
vaqt o‘lchovlarini o‘rganish hamda tegishli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, ushbu tushunchalarni mukammal egallagan har 
bir o‘quvchi boshqa har qanday matematik topshiriqni bemalol bajara oladi va amaliyotga tatbiq etadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish