Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING 
AHAMIYATI 
Z.M. Ashurova Maktabgacha ta’lim 
kafedrasi o‘qituvchisi 
Annotatsiya: 
maqolada ta’limda STEAM texnologiyasi, bu abreviaturaning mohiyati, STEAM 
texnologiyasini maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llanilishi va ahamiyati haqida bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: 
STEM, STEAM, Science, Technology, Engineering, Mathematics, Art. 
Jahon ta’lim tizimi jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti va ta’lim tizimining qay darajada taraqqiy 
etgani bilan belgilanadi. Shu nuqtai-nazardan, bugungi taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan 
mamlakatimizning uzluksiz ta’limni isloh qilish va takomilashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, 
unga ilg‘or pedagogik va innovatsion, noa’anaviy texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini 
oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masaladir. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. 
“Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017- 
2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
Prezident Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va 
boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga tenglashtirish 
borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab 
milliy ta’lim tizimida STEM paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritilmoqda. Hozirgi kunda STEM ta’lim tizimi 
dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib 
tayinlangan. 
STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S – Science 
–Fan, T – Technology – Texnologiya, E – Engineering –Injinerlik, M – Mathematics – Matematika degan 
ma’nolarni bildiradi. Yaqin kunlarda ushbu abreviaturaga A - Art – San’at bo‘limi ham qo‘shilgan. 
Biz texnologik inqilob davrida yashayapmiz. Kundan kunga yangi texnologiyalar, yangi kasblar 
paydo bo‘lmoqda. Pedagog, tarbiyachi sifatida o‘ylash kerakki, biz bolalarga mana shunday yangi 
texnologiyalar orqali bilim beryapmizmi, biz berayotgan bilimlar hayotda bolaga foydali bo‘ladimi, ta’lim 
mazmuni va texnologiyalari bugungi kundagi talablarga mosmi?
3-7 yosh maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishning muhim bosqichidir. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni 
turli manbalardan idrok etishga va ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan 
savollarga mustaqil ravishda javob topish qanchalik muhimligini tushunadilar. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda mustaqil ravishda tengdoshlar va kattalar bilan hamkorlikda harakat qilish qobiliyatini 
rivojlantirish muhimdir. Shunday qilib, pedagoglar, tarbiyachilarda ko‘plab savollar tug‘iladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanib, qanday 


242 
texnologiyalarni qo‘llash kerak?
Ta’limda STEM texnologiyasi Amerikada ishlab chiqilgan. Amerikalik tadqiqotchilar tajriba 
uyushtirib, fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va 
STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik Art 
abreviaturasi qo‘shildi. Tadqqotchilar ushbu mavzular, aniqrog‘i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda 
talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. STEAM 
laboratoriyasida bolalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
Davr shiddat bilan rivojlanganligi sababli kudan kun yangi ish turlari va hattoki yangi kasbiy 
sohalar paydo bo‘lmoqda, shuning uchun zamonaviy dunyoda o‘qituvchilar, o‘qitadigan fanlar davr 
talablariga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy 
maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, 
STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab 
o‘quvchilariga va maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni 
amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi — Massachusets Texnologiya Institutidir. Ushbu 
universitetning shiori «Mens et Manus» (Aql va qo‘l). Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga 
STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini 
ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi. 
Ta’limda STEAM texnologiyasi modular asosida tashkil etiladi. Bu modular turli yo‘nalishdagi 
faoliyatlarni bir biri bilan integratsiyalashuviga yordam beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish