134
maqsadi hisoblanadi. Buning natijasida esa matematik savodxon, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlay-
digan, zamonaviy avlod shakllanib boradi.
Shuning uchun matematika darslarida qo‘llanilayotgan har bir topshiriqqa o‘qituvchi ham
o‘quvchi ham integratsion va albatta kreativ yondashish kerak, nazarimda. Quyidagi test-topshiriqlardan
foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini o‘stirishga xizmat qiladi:
1-
topshiriq. Bo‘sh o‘rinni to‘ldirib, to‘g‘ri tenglik hosil qiling: 17+39= _ -40
a)84
b)94
c)99
d)96
2-
topshiriq. Qolganlaridan farq qiladigan kasrni toping.
a)1/9
b)3/27
c)3/9
d)9/81
3-
topshiriq. Quyidagi qaysi sonda 7 raqami yuzlikni ifodalagan?
a)18747
b)77177
c)17470
d)20377
4-
topshiriq. Ravshan 2 litrli 5 ta bankaga suv to‘ldirdi. Ukasi 4 litr suvni to‘kib qo‘ydi. Ravshan
to‘ldirgan suvning necha qismi qoldi?
Javob:
5-
topshiriq. Suhrob dastlab yo‘lning 9,8 km ini mashinada va 6,4 km ini avtobusda bosib o‘tdi.
Suhrob qancha yo‘l yurdi?
a)12,2
b)14,2
c)16,2
d)15,2
6-
topshiriq. Futbol o‘yini uchun 3 mingta chipta 1 dan 3000 gacha raqamlangan. Chipta raqamlari
112 bilan tugaydigan odamlarga sovrin qo‘yilgan. Sovringa ega bo‘ladigan raqamli chiptalarni yozing.
Javob:
7-
topshiriq. 18 ning bo‘luvchisi bo‘lgan har bir sonni belgilang:
+
Yoki
-
2
8
8-topshiriq.
200 3 50 4 100
Matematik amallarni shunday joylashtiringki, ifodaning natijasi 300 chiqsin. Uning turli usullarini
ko‘ring.
9-
topshiriq
Berilgan shaklda nechta uchburchak mavjud?
Javob:
10-
topshiriq. Rasm darsida oʻqituvchi katta qog‘oz varaqlarini 4 bo‘lakka bo‘lib, 23
nafar
o‘quvchiga tarqatdi. Barcha o‘quvchilar qog‘oz bo‘lagi olishlari uchun o‘qituvchi nechta katta qog‘oz
ishlatadi? Javobingizni rasmda ifodalang.
Matematika darslarida o‘quvchilarga topshiriqlar berish bilan birga ularni mustaqil topshiriqlar
tuzishga o‘rgatish ularning aqliy faoliyatini o‘stirishga, mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga,
kreativ yondasha olishga, o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliy jarayonlarda qo‘llay olish bilan birga
matematik savodxonliklarining oshishiga xizmat qiladi. Masalan: Berilgan masalaga teskari masala
tuzing, yigʻindi berilganda ayirmasi ushbu yigʻindiga
teng ifoda tuzing, sonlarni oʻsish tartibida
joylashtiring, mos amallarni qoʻyib ifoda tuzing, shaklda nechta uchburchak bor, geometrik shakllardan
manzara hosil qiling, shakllarning teskari tomonlaridan yangi shakl hosil qiling,
berilgan sonning
boʻluvchilarini qatnashtirib murakkab ifoda tuzing. Ushbu topshiriqlardan dars davomida, guruh bilan
yoki individual tarzda qo‘llash darsning samaradorligini oshiradi. Bu bilan zamonaviylik kasb etgan
darslar orqali zamonaviy o‘quvchilarni zamonaviy qarashlarda jahon ta’lim sistemasiga mos tarzda
tarbiyalay olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: