Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


-MODUL  Mavzu:Fermentlar muhandisligi



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/117
Sana23.07.2022
Hajmi3,93 Mb.
#844025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

2-MODUL 
Mavzu:Fermentlar muhandisligi 
Reja: 
1.
Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi.
2.
Mikroorganizmlardan ferment preparatlarini ajratib olish usullari 
3.
Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi. 
4.
CHo‘ktirish usullari va uning nazariyasi. 
5.
Fermentlarni tozalash usullari. 
Tayanch so‘zlar:
ferment preparatlari, cho‘ktirish, tuzlar, tozalash metodlari, 
organik erituvchilar, dializ, baromembrana. 
Fermentlar injenerligining
asosiy vazifasi – biologik sistema yoki tirik 
hujayralardan ajratib olingan fermentlarning katalitik xususiyatlaridan foydalangan 
holda biotexnologik jarayonlarni yaratishdir. U yangi mahsulotlarni olish, ularning 
sifatini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni echadi. Hozirgi kunda amaliyotda fermentlar keng qo‘llanadi. 
Ma’lumki, 
fermentlardan 
organik 
sintezlarni 
katalizatori 
sifatida 
foydalaniladi. SHunga qaramay, fermentlarning “nozik” tomoni ham bordir, ya’ni 
ularning buzilishidir. Ular kam chidamli moddalar bo‘lib, nozik makromolekulyar 
strukturali oqsillardir. Ular tashqi ta’sir ostida osongina o‘z xossasini yo‘qotadi. 
Fermentlar katalizatorligida kechadigan reaksiyalar murakkab mexanizmga 
ega. Ularning aktivligini tashqi muhitning o‘zgarishi, uning kislotaliligi, ularni 
aktivlashtiruvchi yoki susaytiruvchi qo‘shimcha moddalar qo‘shish bilan 
boshqarish mumkindir. 
Fermentlar 
manbai
turli 
hayvon, 
o‘simliklarning 
to‘qimalari, 
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birini 
olish qulayligiga qarab tanlanadi.
YAqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o‘simlik fermentlaridan 
foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fermentlar go‘sht sanoatining 
yo‘ldosh mahsulotlari hisoblanadi. Barcha to‘qima va hujayralar ichida 
fermentlarga boy organ oshqozon osti bezidir. Undan tarkibida bir qator gidrolitik 
fermentlar (amilaza, proteaza, lipaza va b.) tutgan kompleks preparatlar olinadi. 
Masalan, oshqozon osti bezidan pankreatin - quritilgan ekstrakt olinadi. 
Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari - 
pepsin, tripsin, ximotripsin, rennin (ximozin), ribonukleaza, DNKaza, lipaza, 
gialuronidaza, katalaza ham ajratib olinadi.
O‘simliklardan sanoat miqyosida proteolitik fermentlarning ayrim preparatlari 
- papain (qovun daraxti mevasining sharbatidan), fitsin (anjir bargi va 
Ficus
oilasiga mansub o‘simliklardan) ajratib olinadi. 
SHu bilan birga o‘simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan 
samarali emas, chunki sarflanadigan o‘simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam 
miqdorda bo‘ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli 
o‘simlikni o‘stirish imkoni yo‘q. 


10 
Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda ham ayrim qiyinchiliklar tug‘iladi. 
SHuning uchun hozirda fermentlar manbai sifatida mikroorganizmlardan keng 
foydalanilmoqda. 

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish