Kalit so‘zlar.
Urg‘u, reduksiya, kommunikatsiya, Yozuv, regressive, progressive,
dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza, assimilyatsiya, akkomadatsiya.
Akkomadatsiya (lot. Accom odatio - muvofiqiashuv) - tovushlarning moslashuvi bo‘lib, u
yonma - yon turgan unlilar va undoshlar orasida sodir bo‘ladi. U progressiv yoki regressiv
bo‘lishi mumkin. Moslashuv to‘liq bo‘lmaydi, qisman ro‘y beradi. Masalan: qafas so‘zida til
oldi “a” tovushi chuqur til orqa “q” ta’sirida til orqa unli kabi talaffuz qilinadi. Assimilyatsiya
(lot. Assim ilatio - o‘xshab ketish) - biror tovushning boshqa tovush ta’sirida unga o‘xshashlik
tomon o‘zgarishi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv
assimilyatsiya. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta’sir o‘tkazib, o‘ziga o‘xshatib olsa,
progressiv assimilyatsiya deyiladi. Keyingi kelayotgan tovush o‘zidan oldingisini o‘ziga o‘xshatib
olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi. Yana distant va kontakt assimilyatsiya mavjud. Distant
assimilyatsiya yonma-yon turmagan undoshlaming o‘zaro o‘xshab ketishidir. Masalan: ben ~
men, buni - muni. Kontakt (yondosh) assimilyatsiya esa yonma-yon turgan undoshlarning o‘xshab
ketishidir. Masalan: otdi - otti, o‘sgan - o‘skan. Dissimilyatsiya (lot. Dissimilis - noo‘xshash)
— bir xil tipdagi tovushlaming o‘zgartirib yuborilishi. Masalan: zarur - zaril, dainba - danba.
Diereza (yun. Diaeresis - bo‘linish) - tovushlardan birining talaffuz qilmay tushib qoldirilishi; past
-pas, dastlab - daslab. Metateza (yun. Metathesis - o ‘rin aJmashtirish) - yonma-yon tovushning
o‘rin almashinishi; ahvol - avhol, daryo - dayro. Gaplologiya (yun. Caplos - oddiy; logos -
tushuncha) - yonma-yon turgan o‘xshash undosh yoki bo‘g‘inlarning tushirib qoldirilishi: qayna
— qaynana ~ qaynona, qayni - qaynini - qayn ini. Epenteza (yun. Epenthesis - kiritish) - so‘z
ichida tovush orttirilishi: fikr - fikir, sinf - sinif, hukm - hukum. Nutq tovushlari so‘zda tutgan
o‘rniga qarab talaffuzda, yozuvda o‘zgarishi mumkin. Buni tovushlarning pozitsion o‘zgarishi
deyiladi. Reduksiya shunga misol bo‘la oladi. Reduksiya uch xil bo‘Iadi: 1. Miqdor reduksiyasi;
urg‘u olmagan bo‘g‘inning qisqa talaffuz qilinishi; ingliz tilida uchraydi. 2. Sifat reduksiyasi;
urg‘uli bo‘g‘inda unlining boshqa unliga aylanishi. 3. To‘liq reduksiya. Urg‘u olmagan bo‘g‘inda
unlilar tushib qoladi. Masalan: og‘iz-og‘zim .
Yozuv - muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan
yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Ma’lumki, insoniyat dahosi erishgan eng buyuk va muhim
yutuqlardan biri yozuvining kashf etilishidir. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom
ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning
eng asosiylaridan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan, ya’ni
tovush tili taxminan 400 - 500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan bo‘lsa, yozuvning paydo bo‘lganiga
4 - 5 ming yillar bo‘lgan. Og‘zaki nutqning zamon va makon nuqtayi nazaridan cheklanganligi va
uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aytish lozimki, yozuv og‘zaki
tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, mazkur ehtiyojlarni qondiruvchi
vosita sifatida unga qaraganda juda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning eng muhim, asosiy
vazifasi kommunikatsiya - kishilar o‘rtasidagi aloqani ta ’minlashdir. Ammo kishilar o‘rtasidagi
bevosita - «yuzma-yuz» aloqagina og‘zaki til vositasida ta’minlanishi mumkin, lekin bu aloqa
bavosita bo‘lsachi, kishilar turli masofalarda bo‘lsalarchi? Demak, tilning kommunikativ vazifasi
yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Har qanday tilning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan
estetik va gnoseologik (dunyoni bilish) vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa,
tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat
vazifasi ham bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar,
kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari kabi qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan
avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan o‘tmish madaniyatimiz, tariximiz haqidagi
116
Do'stlaringiz bilan baham: |