Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar
(ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).-T.:
Iste’dod, 2010.-140 bet.
2. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.:
“Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.
3. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va
qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari
uchun uslubiy tavsiyalar. – T.: TDPU, 2004.
113
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Otaxonova Komila Bekpo‘latovna
Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (99) 564 78 68
komila.otaxonova_7868@inbox.uz
Iskandarova Mohira Bahrom qizi
Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (99) 969 91 99
mb_iskandarova.99@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda og‘zaki hisoblashni rivojlantirish
texnologiyasi haqida.
Kalit so‘zlar:
Og‘zaki hisoblash, yig‘indi, ko‘paytma, bo‘linma, arifmetik amallar,
distrebutevlik qonuni.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon
o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Lotin
yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik
amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini
aniqlaydigan holatdir. Yig‘indidan, ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma
tushunchalari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarni mukammal o‘zlashtirishni talab
etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin.
Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning
asosiy tayanchi hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan balki
ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100,
1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi.
68·5 = (34·2) · 5 =34· (2·5) = 34·10 =340
68·50= 34·100=3400
Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
17·50= (16+1) ·50= 16·50+1·50=800+50 = 850
Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra:
135:5= (135·2) : (2·5) =270:10=27
2250:50=4500:100=45
O‘quvchilar diqqatini og‘zaki va yozma ko‘paytirishga jalb etish zarurki, bunda o‘quvchilar
qiziqishi ortib borsin.
24·25 = (6·4) · 25= 6· (4·25) = 6·100=600
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur:
24·25=(24:4) ·(25·4) = 6·100=600
Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir:
37·25=(36+1)·25=36·25+25=900+25=925
35·25=(36-1)·25=36·25-25=900-25=875
38·25=(36+2)·25=36·25-2·25=900+50=950
25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni (25-1) va (25+1) ifoda bilan
almashtirish maqsadga muvofiqdir.
(Bu chorak, bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.)
Masalan: 36·26=36·(25+1)=36·25+25+36·1=900+36=936
36·24=36·(25-1)=36·25-36·1=900-36=864
25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari
hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz.
Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan
to‘ldirish qoidalariga asoslanadi:
225:25=(225·2): (25·2) yoki (225·4): (25·4)=900 : 100=9
Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga
ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebyuterlik qonuniga ko‘ra:
114
Do'stlaringiz bilan baham: |