“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/205
Sana23.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#843288
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
108 
1928-yilda “xotin-qizlar ozodligi” uchun olib borilgan be’mani tadbirlar, paranjilarni yoqish, yosh ayollarni 
turli ishlarga jalb etish kabi tadbirlar misolida qiyin emas. Ular haqidagi juda koʻp kitoblar, maqollar, tarixiy 
muzeylarning eksponatlari guvohlik beradi.
Qadimgi davrlarda xotin-qizlar uchun maxsus madrasalar boʻlmasada, uy sharoitida podsholar
xonlarning saroylarida xotin-qizlar tahsil olishgan. Natijada Uvaysiy, Nodirabegim kabi iste’dodddli shoirlar, 
davlat arboblari yetishib chiqqan (XVII-XVIII asr). Islom dini tatqiq etgan ba’zi bir ma’rifiy–madaniy 
jihatlarga qaramasdan xotin-qizlar orasida ishtimoy–mehnat va turmush sohasida taraqqiyparvarlar boʻlishgan. 
Bu jihatlar, aynisa, sobiq shoʻrolar (sovetlar) mustamlakachiligi va istilosi davrida bir muncha “Uyg’onish” 
davriga aylangan. Bunda Hamza Hakimzoda, Sadiridin Ayniy, Qori Niyoziy, Behbudiy va boshqa koʻpgina 
madaniyat arboblari, ma’rifatparvarlarining roʻli katta boʻlgan. Natijada Tamaraxonim, Gavhar Raximova 
(opa singil Petrosyanla, Farg’ona) Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshontoʻrayeva, 
Mukarrama Turg’unboyeva kabi atoqli artistlar, Zulfiya Israilova, Oydin Sobirova, Saida Zununuva kabi 
shoiralar, Oliya Sultonova (ipakchilik, Farg’ona), Mastura Azizova (traktor haydovchi, urush va keyingi 
yillarda, Samarqand), Tursunoy Ohunova (paxtachilik, Yangi yoʻl) kabi mehnatkash ayollar, Yodgor 
Nasiridinova, Raxima Boboyova, Vasila Sodiqova kabi davlat va partiya arboblari, Xadicha Sulaymonova 
(huquqshunos) Aminova (tarix kabi ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan va ular xalq va vatanga xizmat 
qilib kelganlar. 
Muhokamalar va natijalar.
Bugun oʻzbek ayoli ishlab chiqarish, ilm-fan, tadbirkorlik, san’at, sport, 
hunarmandchilik, qoʻyingki, barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Xotin-qizlar davlat va 
jamoat tashkilotlari, korxona, tashkilot va muassasalarga rahbarlik qilmoqdalar. Respublikamizda xotin-
qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalash, ayollarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini 
yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar oʻz samarasini bermoqda. Mamlakatimizda 
tizimli ravishda bir-birining uzviy va mantiqiy davomi sifatida amalga oshirib kelinayotgan Davlat dasturlarida 
ham xotin-qizlar manfaatlariga yoʻnaltirilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi ularga 
boʻlgan e’tibor va g’amxoʻrlikning yana bir yorqin ifodasidir. Respublikada eng yirik jamoat tashkiloti 
hisoblangan kasaba uyushmalari faoliyatida ham xotin-qizlar va ularning mehnat sohasidagi huquqlari va 
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash masalasi alohida oʻrin tutadi. Bunda kasaba uyushmalari 
faoliyatining asosini tashkil etuvchi jamoa shartnomalari va kelishuvlar, ularni amalga oshirish mexanizmi 
hisoblangan ijtimoiy sheriklikning ahamiyati nihoyatda kattadir. Shu bois Oʻzbekiston kasaba uyushmalari 
Federatsiyasi kengashining yaqinda boʻlib oʻtgan II majlisida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik 
sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklar va ijro hokimiyati bilan oʻzaro hamkorligini 
mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu yoʻnalishdagi ishlarda amaliy natijalarga erishish, kasaba uyushmalari faoliyatiga zamon 
talablaridan kelib chiqib, yangicha yondashgan holda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor 
vazifalar belgilab olindi. Bunda biz uchun mamlakatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va 
Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” mavzusidagi hamda 2010-yilda 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor 
yoʻnalishlarga bag’ishlab 2011-yil 21-yanvarda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar dasturulamal boʻldi. Federatsiya 
kengashining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi xotin-qizlarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va ularning 
farzandlarini sog’lomlashtirish, ishlovchi ayollarning malakasini oshirish ishlarida faol ishtirok etish 
masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarni dam oldirish, ma’naviy saviyalarini 
yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda bu orqali sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, 
boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog’liq tadbirlar ham komissiya ish rejasidan alohida oʻrin 
egallagan.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi xotin-qizlarning bandligi borasidagi ishlarda, 
xususan, kasanachilik yoʻnalishi imkoniyatlaridan keng foydalanish va, albatta, bunda bosqichma-bosqich 
samaradorlikka erishishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidan 
bormoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan, koʻp bolali, boquvchisini yoʻqotgan, nogiron ayollarning ijtimoiy-
iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamisha e’tiborimizda boʻlib qolmoqda. Yana bir 
muhim masala, bu – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yilida joylarda barpo etilayotgan yangi ish 
oʻrinlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari 
himoyasidir. Ularga xavfsiz va yetarli ish sharoitlari yaratilishi, kasbiy malakalarini oshirish ishlariga 
koʻmaklashish endilikda xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining doimiy diqqat markazida boʻladi. Kezi 



Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish