Xotin qizlar organizmi o`ziga xosligi va ularning sport bilan shug`ullanishi



Download 0,92 Mb.
Sana04.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#738469
Bog'liq
Xotin qizlar organizmi o`ziga xosligi va ularning sport bilan sh

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

  • O`zbekiston Respublikasida
  • Xotin qizlar sportini rivojlantirish, ularni tutgan o`rni hamda ro`li
  • Gandbol sport turi
  • 52/21-guruh talabasi
  • NE`MATOV YAXYOBEKNING

O`zbekiston Respublikasida Xotin qizlar sportini rivojlantirish, ularni tutgan o`rni hamda ro`li

  • O`zbekiston Respublikasi Xotin qizlar sportini rivojlantirish, ularni tutgan o`rni hamda ro`li
  • R
  • E
  • J
  • A:
  • O`ZBEKISTONDA SPOTRCHI XOTIN-QIZLAR TUTGAN O`RNI VA RO`LI
    • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
  • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • Xotin-qizlar sportini rivojlantirish masalalari keyingi yillarda juda dolzarb muammo bo‘lib kelayapti. Bu masalani ijorbiy hal etish yo‘llari Prezidentimiz I.Karimovning nutq va ma’ruzalarida, shaxsni barkamol etib rivojlantirishdagi asarlarida, ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan.
  • Keyingi yillarda sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz soni tobora oshayapti. Endilikda ular nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishayapti. Bugungi kunda xotin-qizlar sambo, dzyudo, kurash, karate, taekvando, og‘ir atletika, futbol kabi ko‘plab sport turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayaptilar. Iroda To‘laganova (tennis), Alina Kabayeva (badiiy gimnastika), Sofiya Kaspulatova (karate), “Sevinch” qizlar futbol komandasi, Nafisa Mo‘minova (shaxmat), Lutsiya Baybulatova (karate) va boshqa yuzlab О‘zbekistonlik sportchi qizlarimiz mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga namoyish etdilar.
  • Shahar va tumanlarda ayollar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish ham an’ana tusiga kirgan. Bu hol joylarda xotin-qizlar sportini yanada ommaviylashishiga yordam bermoqda. Minglab xotin-qizlar mahoratlarini oshirish va namoyon qilish barobarida, sog‘liklarini ham mustahkamlashmoqda.
  • O`ZBEKISTONDA SPOTRCHI XOTIN-QIZLAR TUTGAN O`RNI VA RO`LI
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi, sportchi qizlarimizga bo‘layotgan g‘amxo‘rlik, ularning sportdagi yutuqlarini elga mashhur qilish va sport inson hayotida jismoniy yetuklik, sog‘lomlik, imon-e’tiqodlilik, bilimlilik, yuksak ma’naviyatlilik, mardlik va jasurlik, vatanparvarlik kabi tushunchalarni tarbiyalashi masalalarini e’tiborga olib, biz bitiruv malakaviy ishimizni “O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi va uning tarbiyaviy ahamiyati” deb nomladik.
  • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING VAZIFALARI
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini rivojlanishi va uning tarbiyaviy ahamiyati davlat siyosatining ustuvor masalasi va dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini jadal rivojlantirishda ayol salomatligida jismoniy o‘yinlarning o‘rni masalalarini yoritish.
  • Xotin-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini dunyoga mashhur etishda Qarshi davlat universiteti sportchi qizlarining yutuqlari va ularning yoshlarni jismoniy tarbiya etishdagi o‘rni haqida ma’lumot berish. Xotin-qizlar sportini rivojlantirish va uning tarbiyaviy ahamiyatini xalqimiz orasida ommalashtirish.
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni, “Barkamol avlod” Davlat Dasturi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport haqidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning jismonan barkamol insonni shakllantirishda xotin-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportning ahamiyati, bolalar sportini rivojlantirish haqidagi nutq va ma’ruzalari, xotin-qizlar sportiga oid Davlat dasturlari, qarorlari, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlar mavjud.
    • XOTIN-QIZLAR JISMONIY TARBIYASI VA SPORTINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
  • Jahon xalqlari orasida onalarga e’tibor, mehr-muhabbat eng yuqori o‘rinda turadi. O‘zbek xalqi onalar, xotin-qizlarini e’zozlash, ularga, xizmat qilishda o‘ziga xos alohida xususiyatlarga egadir.
  • Oilada barcha kishilar, ayniqsa, farzandlar onaning hurmatini hamma narsadan ustun qo‘yadi. Xotin-qizlarga mehr-oqibat g‘oyat kuchlidir. Ayniqsa, qizlarning turmushga chiqishi, oila qurishi va doimo sog‘lom, oqibatli, oila a’zolariga sadoqatli bo‘lishga o‘rgatiladi. Aksariyat xotin-qizlar bunday e’tibor va hurmatga yaxshi munosabatda bo‘ladi, asosiy ishonchlarni sabr-qanoat bilan oqlashadi.
  • “...Kamon otib, yoyi uzgan merganga tegaman, kurashib halol yengan polvonga tegaman...” Bu satrlar hammamizga tanish, albatta. Alpomish dostonida qalmoqlarga talash bo‘lgan Barchin o‘zbeklarga xos dovyuraklik bilan o‘zbek qizlarining mardligini mana shu tarzda ifodalashda ham bir ma’no bordek. Balki, bu bir dostondir. Biroq, xotin-qizlarimizning mardlik va tantiliklari ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan xislatdir. O‘sha halinchagu halpak, besh toshu arqonda sakrash o‘yinlarida ham bizga ayon bo‘lmagan, biroq, harakatlarida jismoniy sog‘lomlikni targ‘ib etuvchi mazkur o‘yinlarning ijobiy ta’siri ham kattadir.
  • E’tirof etish kerakki, jismonan zaif yoki kasalmand xotin-qizlarga tibbiy yordamlar doimiy ravishda berib borilmoqda. Jismonan ojiz va kasalmandlikning sabablari tug‘ma yoki oziq-ovqatlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik bilan ko‘proq bog‘liqdir. Shuningdek, og‘ir vaznli (ortiqcha semiz) xotin-qizlar ham oz emas. Bu ikki holatda barcha dori-darmonlarga nisbatan jismoniy mashqlar, turli o‘yin (raqs) bilan shug‘ullanish natijasida sog‘lom bo‘lish holatlari ilmiy-amaliy jihatdan tajribada isbotlangan. Shu sababdan, markaziy shaharlarda turli kasalliklarni davolash yo‘lida jismoniy mashqlar vositasidan foydalanish usullari, sog‘lomlashtirish maskanlari kun sayin ko‘paymoqda. Yaqin o‘tmishimizda sport kiyimlari bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlar ancha ko‘paygan edi. Bu jihatlar jismoniy tarbiya darslarining majburiyligi va sport musobaqalarining qoidalarida qat’iy chegaralangan edi, lekin keyingi yillarda milliy xususiyatlar, urf-odatlar natijasida odmiroq (mos) kiyimlardan foydalanish amalda qo‘llanilmoqda. Bu jihatlar milliy xususiyatlarni rad etmagan holda yanada takomillashmoqda.
  • Jismoniy mashqlar, ayniqsa, sport turlari xotin-qizlarning jismonan barkamol bo‘lishi, sog‘lom, tetik bo‘lib, sog‘lom farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishlarida eng muhim omillardan biridir. Bu jihatlar barcha oilalarga, ayniqsa, yosh oilalarga tobora tez singib bormoqda. Bunga qaramasdan ko‘pchilik keksa avlodlar, shuningdek, zamonaviy yosh oilalarda ham xotin-qizlarning jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizlik hamon kuchliroq. Buning eng asosiy sabablari shundaki, urf-odatlarni ro‘kach qilib (bahona) xotin-qizlarga ertalab yoki bo‘sh vaqtlarda gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni erkaklar ep ko‘rmayotir. Qolaversa, erkaklar va ayollarning ko‘pchiligi jismoniy mashqlarni ishlatish yo‘llari, ularning salomatlikni yaxshilashdagi tarbiyaviy jihatlarini yaxshi bilmaydi. Shu sababdan ham, eng avvalo, oila, mahallalarda xotin-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim. Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xotin-qizlar uchun maxsus mashqlar majmuasi, osonlashtirilgan texnik qoidalar bo‘yicha sport turlarini ishlab chiqib, amalda joriy etish lozim. Bu yo‘lda teleradio va ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassis olimlar, shifokorlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ma’ruzalar bilan chiqishini tashkil etish lozim.
    • Xotin-qizlar sportini rivojlantirishning o‘ziga xos
  • xususiyatlari
  • Istiqlol yillarida yurtimizda har bir sohada yangiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa sport sohasini rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlarning samarasi o‘laroq sog‘lom turmush tarzi shakllandi. Chekka-chekka tuman va qishloqlarda ham sport inshootlari qad rostladi. Ayniqsa Yurtboshimiz rahnamoliklarida tashkil etilgan bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi tashabbusi bilan bolalar sport inshootlari va suzish havzalari qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturi ishlab chiqildi. Yoshlar sportini rivojlantirish masalalari nazoratga olindi.
  • Vatanimiz va xalqimizning dunyodagi shuhratini tobora orttirishda sportning ahamiyati beqiyosdir. Bu haqiqatni o‘zbek yoshlarining, ayniqsa sportchi qizlarimizning yirik miqyosdagi musobaqalardagi ulkan g‘alabalari tasdiqlaydi.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlantirilishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir.
  • Ayolning sog‘ligi – bu buyuk yurtning ertangi kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • O‘tgan asrlarda ham ayolarimiz go‘zalliklarini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya o‘yinlari bilan shug‘ullanib kelganlar. Xususan, “Ohuva”, “Poygon”, “Kurash”, “Taka lov-lov”, “Ona-bola”, “Kuyov tanlash”, “Chavgon” singari xotin-qizlarga xos milliy o‘yinlar faqatgina salomatlikka hissa qo‘shibgina qolmay, ular o‘rtasidagi ahillikni, do‘stlikni yanada mustahkamlashga ham xizmat qilgan.
  • Bu kabi o‘yinlarda xalqning ijtimoiy hayoti, yashash tarzi, milliy xususiyatlariga keng e’tibor berilgan.
  • Eposda tasvirlangan qizlarga xos o‘yinlarning biri “Ohuvo” yoki halinchak uchishdir. Bu o‘yinni qizlar sevib o‘ynashgan. Halinchak uchish jarayonida yuqori tezlik va balandlikka erishish jismoniy kuch va quvvatni hamda jasurlik, qo‘rqmaslikni talab qilgan.
  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirish va ta’lim tizimida qo‘llashning usullari
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinganligi ham O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadam bo‘ldi.
  • Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor barcha davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, soha xodimlari, shuningdek, ota-onalar oldiga yuksak mas’uliyatni yuklaydi va quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
  • oilada qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, sportning har xil turlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida keng ko‘lamdagi tushuntirish – targ‘ibot ishlarini olib borish;
  • sportning inson salomatligiga foydasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qizlarga batafsil ma’lumot berishga qaratilgan risola va bukletlarni chop etish va tarqatish orqali qizlarning sportga qiziqishlarini yanada oshirish;
  • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab sportning bir necha turlaridan to‘garaklarning ochilishi va muntazam faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
  • to‘garaklarga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
  • to‘garak a’zolari bilan sportning har xil turlaridan musobaqalar sovrindorlari bo‘lgan sport masterlari va chempionlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, master klasslarni tashkil etish;
  • qizlarni sport yo‘nalishlaridagi kasb-hunar maktablari, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
  • sportchi qizlarning erishayotgan yutuqlari va joylarda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalari orqali kengroq yoritish;
  • joylarda, ayniqsa, qishloqlarda sportni rivojlantirishda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik mas’uliyatini oshirish hamda uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
  • Хоtin-qizlar salоmatligi va turmush madaniyatini yaхshilashda jismоniy tarbiya va spоrtning ahamiyati.
  • O`zbеk ayollarining kiyinish, zеbu-ziynatlarni taqish, bеzanish bоra-sidagi sa’y harakatlari, оrzu-umidlari qadimgi davrlarda ham bоshqa хalq-lardan kam bo`lmagan. Hоzirgi mustaqillik davridagi ayollarning milliy madaniyati, ayniqsa milliy va zamоnaviy kiyimlarni kiyishi, qimmatbahо bеzaklarni taqishi, turmush madaniyatini barcha sоhalaridagi amaliy faо-liyatlari Еvrоpa va Оsiyo mamlakatlaridagi ayollar madaniyatidan kam emas, balki ustunrоqdir ham.
  • O`zbеk хalqining eng ulug’оvоr ur-оdatlaridan biri sunnat, o`g’il uy-lantirish va qiz chiqarish to`y marоsimlaridir. Bunday ko`p qirrali va kеng qamrоvli madaniy tadbirlarni o`tkazish uchun har bir оta-оna bir umr yig’i-nadi, tоpgan-tutganlarini farzandlar baхti uchun sarf etadi. Bu оdatlar jahоndagi mamlakatlarda kamdan-kam uchraydi, dеsak unchalik lоf va mubо-lag’a bo`lmasligi kеrak. Bu yo`lda o`zbеk ayollarining оr-nоmus, qavm-qarin-dоsh, mahalla-qo`shinchilikdagi ma’naviy-ma’muriy tadbirlar, хayriyalari-dagi оdamiylik amalga оshirilmоqda. Bu jahоn хоtin-qizlari оrasidagi eng ulug’vоr va ustuvоr madaniyat hisоblanadi.

Ayniqsa, ayollar va bo‘lg‘usi onalar – qizlarimizning jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi nihoyatda ahamiyatli. Bu O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Barcha viloyatlarda badiiy gimnastika, stol tennisi va badminton seksiyalari ishlab turibdi.

  • Ayniqsa, ayollar va bo‘lg‘usi onalar – qizlarimizning jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi nihoyatda ahamiyatli. Bu O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Barcha viloyatlarda badiiy gimnastika, stol tennisi va badminton seksiyalari ishlab turibdi.

Ayollar organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik bilan bog‘liq. Shuning uchun ayollar bilan sport kurashi mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda turli yosh davrlarida (kichik yosh - 7 dan 11 gacha, o‘rta yosh – 12 dan 15 gacha, katta yosh - 16 dan 18 yoshgacha va yetuklik 19 yoshdan katta) ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.

  • Ayollar organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik bilan bog‘liq. Shuning uchun ayollar bilan sport kurashi mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda turli yosh davrlarida (kichik yosh - 7 dan 11 gacha, o‘rta yosh – 12 dan 15 gacha, katta yosh - 16 dan 18 yoshgacha va yetuklik 19 yoshdan katta) ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.

Ushbu yosh davrlarida ayol organizmining rivojlanishi bir tekis kechmaydi. 11 yoshgacha bo‘lgan qizlarda gavdaning uzunlikka o‘sishi vaznning oshishga nisbatan jadalroq kechadi. Vaznning har yili oshishi o‘rtacha 3-4 kg.ga teng bo‘ladi, gavda uzunligi 4-5 sm.ga ortadi. Bu yoshda qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘y, gavda og‘irligi va tana qismlari proporsiyalarida farq kuzatilmaydi.

  • Ushbu yosh davrlarida ayol organizmining rivojlanishi bir tekis kechmaydi. 11 yoshgacha bo‘lgan qizlarda gavdaning uzunlikka o‘sishi vaznning oshishga nisbatan jadalroq kechadi. Vaznning har yili oshishi o‘rtacha 3-4 kg.ga teng bo‘ladi, gavda uzunligi 4-5 sm.ga ortadi. Bu yoshda qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘y, gavda og‘irligi va tana qismlari proporsiyalarida farq kuzatilmaydi.

Ayollar organizmining hayotiy faoliyati bioritm qonuniyatlariga binoan kechadi. Bu organizmning ish qobiliyati biror davrda yuqori, boshqa davrlarda past deganidir. Ayollarning asosiy biologik xususiyati - buovarial menstrual sikl (OMS) vaqtida organizm funksional imkoniyatlarining to‘lqinsimon o‘zgarishidir. OMS deganda ayollar organizmida jinsiy yetilish davrida (menstruatsiya uning tashqi ko‘rinishidan biri hisoblanadi) har oy yuzaga keladigan siklik xususiyatli o‘zgarishlar tushuniladi.

  • Ayollar organizmining hayotiy faoliyati bioritm qonuniyatlariga binoan kechadi. Bu organizmning ish qobiliyati biror davrda yuqori, boshqa davrlarda past deganidir. Ayollarning asosiy biologik xususiyati - buovarial menstrual sikl (OMS) vaqtida organizm funksional imkoniyatlarining to‘lqinsimon o‘zgarishidir. OMS deganda ayollar organizmida jinsiy yetilish davrida (menstruatsiya uning tashqi ko‘rinishidan biri hisoblanadi) har oy yuzaga keladigan siklik xususiyatli o‘zgarishlar tushuniladi.

Ayollar bilan shug‘ullanishda tibbiy va pedagogik nazorat, shuningdek o‘z-o‘zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Trener, tibbiy-pedagogik nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlarini umumlashtirib, vrach bilan birga sportchi qizlar organizmi holatini yanada puxtaroq, chuqurroq tahlil qilishi hamda shunga asoslanib o‘quv-trenirovka tartibini keyinchalik tuzishda zarur tuzatishlarni kiritishi mumkin.

  • Ayollar bilan shug‘ullanishda tibbiy va pedagogik nazorat, shuningdek o‘z-o‘zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Trener, tibbiy-pedagogik nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlarini umumlashtirib, vrach bilan birga sportchi qizlar organizmi holatini yanada puxtaroq, chuqurroq tahlil qilishi hamda shunga asoslanib o‘quv-trenirovka tartibini keyinchalik tuzishda zarur tuzatishlarni kiritishi mumkin.
  • Xulosa qilib shuni aytish kerakki, xotin-qizlar sportini rivojlantirishda xotin-qizlar organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, ular bilan mashq, trenirovkalar, musobaqalar davrida bir nechta qoidalarga amal qilish lozim.

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XX1 asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

  • Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XX1 asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sportni keng rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda: yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” hurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora tadbirlarni amalga oshirilayapti.

  • Bundan tashqari, yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sportni keng rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda: yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” hurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora tadbirlarni amalga oshirilayapti.

Keyingi yillarda sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz soni tobora oshayapti. Endilikda ular nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishayapti. Bugungi kunda xotin-qizlar sambo, dzyudo, kurash, karate, taekvando, og‘ir atletika, futbol kabi ko‘plab sport turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayaptilar.

  • Keyingi yillarda sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz soni tobora oshayapti. Endilikda ular nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishayapti. Bugungi kunda xotin-qizlar sambo, dzyudo, kurash, karate, taekvando, og‘ir atletika, futbol kabi ko‘plab sport turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayaptilar.

O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlantirilishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir.

  • O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlantirilishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir.
  • Ayolning sog‘ligi – bu buyuk yurtning ertangi kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish