15.3. Kuzatuv kengashining roli va vazifalari
Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini qo‗yidagilarda kurish mumkin:
Kengashning vazifasiga Aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik
qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat
qilish kiradi.
Kengash faoliyatining asosiy jabhalari:
- Aksiyadorlik jamiyatlari strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
226
- risklarnii boshqarish tizimining yaratilishini ta‘minlash;
- jamiyatning joriy moliyaviy - xo‗jalik faoliyati;
- Aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi (oliy menejerlar)ning ishlashini
kuzatish;
- Kengash va uning alohida a‘zolarining ishini yo‗lga qo‗yish;
- kompaniya faoliyati haqida axborotni tayyorlash va oshkor qilish;
- inqirozning oldini olishga qaratilgan boshqaruv;
- nomzodlarni ko‗rsatish;
- nomzod ko‗rsatishda cheklanishlar;
- nomzod ko‗rsatish muddatlari;
- son tarkibi;
- nomzodlar bo‗yicha talabnomalarni berish tartibi va shakli;
- talabnomalarni ko‗rib chiqish tartibi.
Kuzatuv kengash a‘zoligiga nomzodlarga qo‗yiladigan talablar:
- qonuninchilikda o‗rnatilgan cheklanishlar;
- alohida Aksiyadorlik jamiyatlarida Kuzatuv kengashiga saylanadigan
shaxslarga maxsus talablar.
Kuzatuv kengashi a‘zosi uchun zarur bo‗lgan fazilatlarga quyidagilar kiradi:
- korporativ huquqda savodli bo‗lish;
- tarmoqqa doir bilimlarga va zarur kasbiy malakaga ega bo‗lish;
- halol va o‗z mas‘uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan;
- etarli vaqt ajrata oladigan;
- Kengashning boshqa a‘zolari, kompaniya menejerlari va Aksiyadorlari bilan
samarali hamkorlik qilishga qobiliyatli;
- mustaqil fikr bildirishga va uni himoya qilishga qodir;
- korporativ munosabatlar qatnashchilari manfaatlarining muvozanatiga rioya
qilish;
- Aksiyadorlar va jamiyat manfaatlarini himoya qilish masalalarida faol
pozitsiyaning mavjudligi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya
227
organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan
amalga oshirilishi mumkin.
Bir paytning o‗zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya
organlari bo‗lishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari
belgilab qo‗yilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi
ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi
(boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi
tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda,
jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat
Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‗ilishigacha bo‗lgan davrda vaqtincha
bajarib turishiga yo‗l qo‗yiladi.
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik
qilishga doir barcha masalalar kiradi, Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishining mutlaq
vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan
mustasno.
Jamiyat ijroiya organi Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi va kuzatuv kengashining
qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat
nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda
etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha
xodimlari bajarishi majburiy bo‗lgan buyruqlar chiqaradi va ko‗rsatmalar beradi.
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish
jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‗lsa, Aksiyadorlar
umumiy yig‗ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga
muvofiq yoki Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishining yoxud jamiyat kuzatuv
kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya
organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a‘zolarini
tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin
228
Do'stlaringiz bilan baham: |