Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
51
borgan general Annenkovning sayohati; Turkiston gubernatori va
Buxoroning yangi amiri bilan bo‘lgan muzokaralari haqida.
6. [Buxorodan yuborilgan...].
№
9, 7.02.1886, 1. Abdulahadxon Peturburgga
ketgan elchilikka Shahrisabz hokimi Ostanaqulbekni mas’ul qilgan;
amirning farmoni bilan muftiyi askar Badriddin maxdum rais va Orifjon
maxdum muftiyi askar etib tayinlangani haqida.
7.
Shimoliy Ajanta (Severnoye Agentstvo)
. Buxoroda Rusiya elchisi.
№
11,
14.02.1886, 2. Buxoro amirini tabrik etish uchun borgan elchilik
Toshkentga qaytgan; amir quriladigan temir yo‘lning inshootiga har
taraflama yordam beradi; Amudaryoda quriladigan ko‘prikka kerakli barcha
materiallarni amir o‘z hisobidan yetkazib beradi va qurilishda rus
muhandislari istagancha ishchi va xom-ashyo bilan ta‘minlashi haqida.
8. Buxoro elchi hay’ati.
№
18, 11.03.1886, 1. Peterburgga kelgan Buxoro
elchiligi boshlig‘i Ostanaqul devonbegi bilan birga 2 miroxur, 2
qorovulbegi, kotib va 5 boshqa lavozmdagi odamlar bor; ularni Turkiston
gubernatori tarjimoni Asfandiyarov kuzatib bormoqda.
9. Buxoro elchilari.
№
19, 14.03.1886, 1. Elchilar 6 mart kuni xorij vaziri
Girs, bosh shtab boshlig‘i general Obruchev bilan uchrashdi; ertasi mudofaa
vaziri general Vannovskiy bilan uchrashgani haqida.
10. Toshkand.
№
19, 14.03.1886, 2. O‘n besh kun to‘xtamay yomg‘ir yoqqan;
suv toshqini yuz berib, Avliyo ota shahrini suv bosgan; uylar vayron
bo‘lgan, inson talofati yo‘q.
11. Rasmiy xabar.
№
21, 21.03.1886, 1. 14-mart kuni Buxoro elchiligi
imperator tarafidan qabul qilingan; hadiyalar almashinilgani haqida.
12.
Novoye Vremya
. [Turkiston...].
№
21, 21.03.1886, 1. Turkiston general
gubernatori Rozenbax Buxoro amiriga hadya sifatida Peterburgdan
keltirilgan maxsus foytun sovg‘a qilgani haqida.
13. Turkmaniya temir yo‘li.
№
21, 21.03.1886, 1. Turkman viloyatidan
Samarqandga boradigan temir yo‘l qurilishi tez; Toshkentgacha boradi;
savdo ishlari yanada rivoj topadi; bu yo‘l bitishi bilan Rossiya inglizlarni
O‘rta Osiyo bozoridan siqib chiqarishi haqida.
14. [Oldingi xabarlar...].
№
22, 25.03.1886, 1. Buxoro elchiligi boshlig‘i
Ostanaqul devonbegiga topshirilgan oltin nishon aslida amir Abdulahadga
berilgan; elchiga esa boshqa nishon hadya qilingani haqida.
15. Buxoro elchilari.
№
24, 1.04.1886, 1. Elchilik a’zolari Peterburgning
diqqatga sazovor joylarini mukammal tamosha qilmoqda; 4-may kuni
Buxoroga qaytadi.
16.
Do'stlaringiz bilan baham: