429
TILSHUNOSLIKDA LEKSIK MA’NONING KENGAYISHI VA TORAYISHI
Vaisova Muhayyo Akbarovna
Xorazm viloyati Urganch shahar
13-son umumiy o'rta ta'lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Annotatsiya
. Leksik ma'no tilning taraqqiyoti davomida ham sifat, ham miqdor
jihatidan o‘zgaradi. Shu asosda leksik ma'nolarni hozirgi leksik ma'no va avvalgi leksik
ma'no deb ikkiga guruhlash mumkin. Hozirgi va avvalgi leksik ma’nolarga asoslanib
esa biz tilshunoslikda leksemaning kengayishi va torayishi haqida ushbu maqolada
batafsil so’z yuritamiz.
Kalit so’zlar
. Leksema, polisemiya, monosemiya, ko’chma ma’no, etimologiya, sheva,
adabiy so’z va h.k.
So'z ma’nosining rivojlanishi sifat va miqdor o'zgarishiga, ma’noning kengayishi va
torayishiga, hatto tildan umuman tushib qolishiga olib keladi. Bunda jam iyat
tarixining ahamiyati katta. Har bir yangi narsa yoki hodisaga yangi nom yaratmasdan
mavjud so'zlar yordamida ifodalash ham mumkin. Natijada leksik-semantik ma'no
kengaya boradi. Masalan: uchmoq- faqat parrandani bildiruvchi so'zlar bilan birikkan.
Hozir uning ma’nosi kengayib ko‘z, varrak, samolyot, yer yo’ldoshi kabi tushunchalar
bilan aloqaga kiilshadigan bo'lgan. So'zning leksik ma’nosi kengayishi natijasida ko'p
ma’noli (polisemantik) so'zlar paydo bo'ladi.
Ko’p ma’nolilik, polisemiya — til birliklarining birdan ortiq ma’noga ega bo’lishi. Ko’p
ma’nolilik — ko’p qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir so’zning lug’aviy ma’no
taraqqiyoti aniq, individual yondashishni, izohlashni talab qiladi. Ko’p ma’nolilik
ma’nosi faqat matnda bilinadi. Onamning ko’zi hali yaxshi ko’radi (a’zo); buloqning
ko’zi, igvaning ko’zi (teshik); uzukning ko’zi (uzukka qo’yilgan tosh); taxtaning ko’zi
(taxtadagi doira shakl). Ko’p ma’nolilik ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: 1) so’zning yangi
ma’no kasb etishi natijasida. Masalan, yer so’zi dastlab bir ma’noli bo’lgan, qolgan
ma’nolar so’zning ma’no tarkibi taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan; 2) ko’p ma’noli
so’zdan yoki ko’p ma’noli qo’shimcha vositasida so’z yasalishi natijasida. Ko’p ma’noli
431
kitobatchiligida uyg'ir kotib baxshilarining o'rni katta bo'lgan. Ular, asosan, rasmiy
devonxonada faoliyat ko'satganlar.
Tahrir so'zining ham arab tilidagi asar yozish ma'nosi o'zgarib, endi "asarga tuzatishlar
kiritish" yoki ilmiy terminologiyada uning mazkur ma'nosi yanada kengaygan holda
nashrga tavsiya etilayotgan asarning bugungi talablarga shaklan va mazmunan uyg'un
kelishi, ya'ni asarning ijtimoiy qiymatini belgilash hamda muallifga asarni to'liq
nashrga tayyorlashda yordam ko'rsatish jarayonlari tarzida ifodalanadi.
Lavh, munshiy, musavvir, xattot, insho kabi so'zlarda ham kitobatchilik nuqtayi
nazaridan ma'lum miqdorda ma'no torayishi hodisasi sodir bo'lgan. Buning aksi
o'laroq, ba'zi arabizmlarda, termin sifatida emas, balki so'z sifatida, ularning leksik
ma'nolari awalgisiga nisbatan yanada kengroq ma'nolarni ifodalashi tufayli ularda
ma'no kengayishi hodisasi sodir bo'lgan. Masalan, xat so'zi dastlab uch ma'noda
qo'llangan bo'lsa, bugun u to'qqiz ma'noni ifodalashga xizmat qilmoqda. Qalam
so'zining ma'no anglatish ko'lamida keskin o'zgarish sodir bo'lgan va u ham ma'no
kengayishi tufayli awal ikki ma'noda qo'llangan bo'lsa, hozir olti ma'noni bildirmoqda.
Shuningdek, sahfa, hoshiya, bob, lavha, juz(v) kabi so'zlarda ham semantik ma'no
kengayishi hodisasi sodir bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: