Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqatlari keng tarqalgan.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xevada tug‘ilgan, yozgan
asarlari orasida «Sharhus-sunna val-masolih", «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar
mashhurdir. Kubraviya tariqatining mohiyati o`nta usulda mujassamlashgan. Bular — tangriga
o`z xohishi bilan yuzlashish, zuhd fi dunyo — har qanday lazzatdan o`zini tiyish, tavakkul —
Ollohga e’tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor
qilish, mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjuh — Haqqa muhabbat qo`yish, sabr — nafs
balosidan ozod bo`lish, muroqaba — tafakkurga g‘arq bo`lish, rizo — tangri xushnudligini
qozonishdan iborat.
Kubro mo`g‘ullar bilan bo`lgan janglarda jasorat ko`rsatgan va shahid bo`lgan. Mo`g‘ullar
Kubroning nomi ulug‘ligi, obro`si balandligini hisobga olib, unga ozod bo`lishi, omon qolishi
mumkinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi kifoya ekanini bildirgan.
Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko`ra, o`z xalqi bilan birga yurt himoyasi yo`lida jon
berishni afzal ko`rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, jangchilarga
faol ko`mak bergan. Buni ko`rgan shogirdlaridan biri «Ustoz, anchadan beri bayroq ko`tarib
charchadingiz, uni menga bering», deganida, u «Agar kuchim bo`lganida qilich yoki kamon
olgan bo`lar edim. Bayroqni bizga qo`yingda, siz yo qilich yoki nayza bilan yog‘iyga qarshi
kurashing», degan ekan. U bayroqni shunchalik mahkam ushlagan ekanki, xalok bo`lganidan
keyin qo`lidan bayroqni olishning iloji bo`lmaganidan, bir mo`g‘ul Kubroning qo`lini kesib
olgan ekan.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir (1166 yilda vafot etgan). U
Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140
yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga erishgan. Yassaviy
ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomida turgan, so`ng esa bu maqomni
Abduxoliq Fijduvoniyga qoldirib, Yassi — Turkiston shahriga qaytadi va o`z tariqati, yo`l-
yo`riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo`ladi. Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda
yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan.
Unda ilohiy
ishq
, Haq vasliga yetishish, uning ishqida parvona bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil
qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib,
hayotining aksariyatini chillaxonada o`tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o`lkasi, Ozarboyjon,
Turkiya, Shimolda — Qozongacha, Farbda — Bolqongacha keng tarqalgan.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson
Olloh inoyati natijasi bo`lib, bu dunyoni unutib qo`ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda,
qo`li esa mehnatda bo`lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat,
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi. Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga
vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o`zidan kechish,
fano bo`lishdir. Haqiqat —
behuda ishlardan uzoqlashish
, haq ishlarga bog‘lanish. Demak,
shariat — qonun, tariqat — yo`l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo`l esa ko`ngilni poklab,
ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta
o`rin tutgan. Ular ma’naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo`lib, o`z ta’sirini haligacha
yo`qotmagan. Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi
rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo`lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka
erishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga
erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish
davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o`rganishdagi yutuqlar, gumanitar
sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali
ta’sir ko`rsatdi. O`sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib
bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797-865) butun
musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo`shgan buyuk
allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik
maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi
to`g‘risida risola», «Quyosh soati to`g‘risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi
qo`yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo`lgan Ahmad al-Farg‘oniy
(taxm. 798 y. da Quvada tug‘ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning
«Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya
asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo`g‘rofiy
kengliklar to`g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning
yangi yo`nalishlariga asos solingan. Qo`lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda
hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni
shakllantirishning muhim omillari bo`lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib
turdi. Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib
bo`lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) - musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz»
unvoniga muyassar bo`lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar
mansub bo`lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy
muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Mutafakkir olamni ikki ko`rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha
moddiy va ruhiy narsalar)
misolida talqin qiladi
, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash
huquqiga ega bo`ladi. Ular o`zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat
bo`lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo`lmaydi, deydi Forobiy. Mutafakkir o`z asarlarida komil
inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo`llari,
davlatning xususiyatlari
,
ahloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to`g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Forobiyning
Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo`lgan ta’siri sezilarli bo`lgan.
Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk
qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib
kelgan. Uning tabiatni o`rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o`zaro tortishuvi,
Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer
qa’rida ro`y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o`zgarib turishi,
xilma — xil olamlar to`g‘risida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-
ilmiy qarashlari ta’sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat,
harakat va rivojlanish,
ziddiyat
, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e’tibor bergan.
Beruniyga ko`ra, inson qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni
inson cheksiz sa’y-harakatlar oqibatida tubdan o`zgartirishi mumkin. Har bir kishi o`z xulq-
atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o`zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun
g‘amxo`rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish mutafakkirning
idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida tug‘ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma’naviy me’ros
taxminan 280 nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa,
farmakologiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Olimning «Shifo kitobi» «Tib qonunlari»,
«Bilimlar kitobi», «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino
Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb e’tirof etadi.
«Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir.
Yaratilishi doimiy bo`lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir. Olimning
sababiyatga oid mulohazalari e’tiborga molikdir. Unga ko`ra, sabablar moddiy (muayyan holatni
keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o`zgartiruvchi sabab), shakliy (turli xil
quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi)
sabablardan iboratdir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri
tarixida birinchilardan bo`lib kuzatuv va tajribaga muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular
ko`magida xastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati,
dori-darmonlar tarkibi
, inson va
atrof-muhit o`zaro munosabati muammolarini hal etishga urinadi.
Mutafakkir o`z asarlarida ilm va axloq-odob uyg‘unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy
adolat, kishilarning o`zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to`g‘risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari
surgan. Uning ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo`lmaydi. Aslida ular
uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo`lishi yoki
hammaning qashshoq bo`lishi jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o`zgalarga mehr-
oqibatli, g‘amxo`r bo`lmog‘i, kerak vaqtda saxovat va muruvvat qo`lini nochorlarga uzatishi
zarurdir. Markaziy Osiyoda ilk o`rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil
inson maqomi, nafsni tiyish, bag‘rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad
al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn
Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo`nalishlar birinchi galda musulmon
Sharqi,
qolaversa
, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta’sir
o`tkazib keldi. XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy
yurishlar natijasida o`lka mustaqilligi qo`lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg‘onish
davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi
bo`ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‘bek astronomiya
maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-
Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |