Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 259,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi259,22 Kb.
#841150
  1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu



14-MAVZU: DЕMOGRAFIK JARAYONLARNI PROGNOZLASH 
14.1. Aholi sonini prognozlashning asosiy komponentlari.
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi 
o‘zgarishlarni, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish 
istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror 
ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka 
va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini 
uning yosh va jins tarkibini, tugilish va o‘lim darajasi, aholining hududiy joylashishi 
haqidagi ma‘lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik 
prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya 
jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat 
faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi 
umrining o‘rtacha uzunligi haqida zarur ma‘lumotlar olish imkonini beradi.
Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi, 
shaxsiy iste‘mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolarni 
rivojlantirish rejalashtiriladi. Хullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va 
turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bog’liq.
―Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini, 
turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab 
tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat 
resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab 
chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi, 
iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod 
mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashki iqtisodiy 
aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish.
Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat 
mahsulotlari iste‘mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma 
tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho‘jaligi, aholiga 
maishiy hizmat ko‘rsatish, ta‘lim, madaniyat, san‘at va ommaviy axborot vositalari; 
sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni 
muhofaza qilish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun kup 
qirrali asos bulib hizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq 
ho‘jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik 
prognozlar aholi harakati va mehnat resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga 
layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab 
oladi. Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, 
tugilish, hududiy harakati tugrisidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida kurib 
chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi, 
aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, 
davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.


Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari hajmi va strukturasi, 
iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta‘limi, sogliqni saqlash tizimi taraqqiyoti va 
boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va 
hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil boglangan.
Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat 
hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq 
belgilash mumkin.
Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli 
hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya‘ni 
tugilishlar va ulishlar soni, hududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini 
jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda 
dastlabki ikki komponent yetarlidir.
Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda 
ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 259,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish