N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


♦ Ko‘p qavatli (qatlamli) epiteliy



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

♦ Ko‘p qavatli (qatlamli) epiteliy.
Epiteliyning bu turi nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bir necha 
qavatli b o lib joylashgan hujayralardan tashkil topgan 
(14-rasm,
II).
Ulaming har bir qavatini tashkil etuvchi hujayralar morfologik 
tuzilishi va bajaradigan ish vazifasiga bir-biridan farq qiladi. Eng 
ostki qavatni tashkil etuvchi epiteliy hujayralari bazal membrana 
ustida joylashgan b o lib , u bilan bevosita b o g liq boladi.
K o ‘p qavatli
(qatlamli) yassi 
epiteliy teri
usti (epidermis)da, 
og'iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, m e’da oldi bolim lari, bum n dahlizi, 
qin, to 'g 'ri ichak oxirgi bolim ining shilliq va ko'zning shox 
pardasida qisqasi, tananing ko'proq tashqi mexanik ta’sirotlarga 
uchraydigan joylarida uchraydi.
Mikroskopik tuzilishiga ko'ra ular uch turga bolinadi: muguz- 
lanadigan (shoxlanadigan), muguzlanmaydigan (shoxlanmaydigan) 
va o‘zgaruvchan(o‘tib tumvchi) epiteliy.
Ko‘p qavatli muguzlanuvchi (shoxlanadigan) yassi epiteliy.
Bu 
epiteliy odam va hayvonlar terisi yuzasini qoplab turadi. Teri ikki 
qavatdan tuzilgan. Birinchi tashqi epiteliy hujayralardan tashkil 
topgan-epidermis va ikkinchisi uning ostida joylashgan-xususiy 
teri-dermadan iborat.
Teri ostida yog' kletchatkasi b olib, tanani turli qismlarda har 
xil qalinlikda boladi. Epidermis morfo-funksional hususiyatlariga 
qarab 5 qavatdan tashkil topgan. 1) bazal qavat, 2) tikanakli 
hujayralar qavati, 3) donodor qavat, 4) yaltiroq qavat va 5) muguz 
(shox) qavat 
(16-rasm).

Elizabeth Aughey, Fredric L.
Frye «Comporative Veterinary Histology 
with clinical correlates».Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright 
©2001
54


Bazal membranada bir qator silindirsimon hujayralar joylash- 
gani uchun uni 
\)bazal
qavat deb ataladi. Uning ustida bir necha 
qavat joylashgan ko'p qirrali hujayralar bo'lib, 2) 
tikansimon
hujayralar qavatini hosil qiladi. Bu qavatdagi hujayralaming orasida 
hujayralararo ko'prikchalar hosil bo'lib, bir-birlari bilan zich tegib 
tutashadi. Ular orasidigi desmosomalar hujayralarni o'simtalar 
orqali bog'lanishini ta’minlaydi. Bazal va tikanaksimon qavatdagi 
hujayralarda maxsus organellalar — tonofibrillar bo'lib tayanch 
vazifani bajaradilar.
3) 
Donador
qavat tarkibidagi yassilangan duksimon hujayralar- 
ning sitoplazmasida fibrillyar oqsildan tashkil topgan - keratogialin 
donachalari bo'lib, u keyinchalik shox modda — keratinga aylanadi.
4) 
Yaltiroq
qavat asosan kaft va tovon terisi sohalarida mavjud 
bo'lib, hujayralarda yadro bo'lmaydi. Sitoplazmasi oqsil modda
— eleidin bilan to'lgan 3—4 qavat yassi hujayralardir. Yaltiroq 
qavat hujayralar muguz tangachalar hosil bo'lishidagi bir holatdir.
5) 
Muguz qavat
— muguz tangachalardan tashkil topgan o'lik 
hujayralar bo'lib, tangachalar doimo tushib turadi, ularning o'mini 
ostki qavatdagi hujayralar siljib to'ldirib turadi. Buning hisobiga 
epiteliy doimo taxlanib turadi. Bazal va tikanaksimon qavatlar 
hujayralari boMinib, ko'payib differensiyalashadi, so'ngra muguz- 
lanish jarayoniga uchraydi va yuqori qavatlarga siljib tushib turadi. 
Bu jarayonga fiziologik regeneratsiya deyiladi.
Shuning uchun bazal va tikanaksimon hujayralar qavatini — 
o'suvchi qavat deb ataladi.
K o‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy
og'iz bo'shlig'i, 
halqum, qizil ungachning shilliq pardalarini va ko'zning shox 
pardasini qoplagan bo'lib, 3 xil hujayralar qavatidan tashkil topgan: 
1) bazal, 2) tikanakli, 3) yassi hujayralar qavatlaridir.
Bazal va tikanaksimon qavatlarning hujayralari ko‘p qavatli 
muguzlanadigan epiteliyning shunday nomli qavatdagi hujayralarga 
o'xshab tuzilgan.
Epiteliyning eng yuza qavatida yassilashgan hujayralar joy­
lashgan bo'lib, ular o'zining hayot siklini tugatib muguzlanmay 
tushib ketadilar, shuning uchun ham muguzlanmaydigan epiteliy 
deyiladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish