14-mavzu. XIX asrda G‘arbiy Yevropada pedagogik fikrlarning rivojlanishi.
Reja
1.XIX asrning boshida G‘arb falsafasida pedagogik g‘oyalar.
2. I.G.Pestalotssining pedagogik g‘oyalari.
3.A.Distervegning pedagogik g‘oyalari.
Manbalar
Tarixiy
davr
Tarixiy shart
sharoit
Pedagogika nazariyasini rivojlanishi
Djon Lokk
1632-
1704
Angliyada
ijtiomiy-
madaniy
taraqqiyot
va
siyosiy kurash
davri
Jon Lokk o‘znining “Inson aql-idroki to‘g‘risidagi tajriba” degan
asosiy falsafiy asarida odamning ongigga tug‘ma ideallar va
tasavvurlar yo‘q, go‘dakning ko‘ngli bamisoli “toza taxtadir”
deb isbotlashga harakat qilgan. Lokning pedagogikaga qo‘shgan
hissasi shundan iboratki u o‘zining falsafiy va pedagogik asarlari
bilan, davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi o‘zining shartnoma
nazariyasi va “tabiiy huquq” nazariyasi bilan fransuz
marifatchilariga juda katta tasir ko‘rsatgan.
Jan Jak
Russo
1712-
1778
Fransiyada ilm-
fanning
taraqqiyoti,
kapitalistik
ishlab chiqarish,
ta’lim
tizimi
rivojlanishi va
siyosiy kurash
davri
Russoning fikricha, bolalar tabiatga muvofiq raishda tabiiy
tarbiyalanishni lozim. Bu gapning manosi shuki, bolaga tarbiya
berishda uning tabiatiga qarab ish olib boirish, uning yosh
xususiyatlarini hisobga olish kerak. “Tabiat bolalar o‘sib katta
bo‘lishlaridan oldin ularning bola – sifat bo‘lishlarini istaydi” –
deb yozadi Russo. U bolalar tarbiyasini uch manbadan:
tabiatdan, tevarak –atrofdagi odamlardan va narsalardan oladilar
deb hisoblaydi. Russoning fikricha, tabiatning tarbiyasi inson
qobiliyatlarini “ichki” o‘stirishdan, sezgi organlarini o‘stirishdan
iborat bo‘ladi. Russoning didiaktikasi bolada mustaqillik, kuzata
bilish, fahmlay bilish va zehnini o‘stirishga asoslangan
didiaktikadir. Hamma narsa bolaga idrok qilish uchun mumkin
qadar eng ko‘p darajada yaqqol ko‘rsatilishi kerak. Russoning
fikricha tabiat o‘zi, bola bevosita tanishayotgan hayotiy
faktlarning o‘zginasidir. Russo yangi erkin kishining aqliy
tarbiyalanishini tasvirlashga uringan bo‘lsa ham, lekin bolaning
shaxsiy tajibasini insoniyatning fan yutuqlaridan foydalanish
bilan bog‘lay olmadi. U real bilimlarni kitoblardan emas, balki
tabiatdan olish tarafdori. Shu bilan birga u bolani o‘qitish uchun
tabiat va hayot bilan bevosita aloqada bo‘lishining muhimligini
yorqin ifodalab bergan
Deni Didro
1713-
1784
Fransiyada ilm-
fanning
taraqqiyoti,
kapitalistik
ishlab chiqarish,
ta’lim
tizimi
rivojlanishi va
siyosiy kurash
davri
Didro tarbiyaning roliga yuksak baho beradi u tarbiya yo‘li bilan
ko‘p narsaga erishish mumkin, lekin tarbiya tabiatning bolaga
bergan qobiliyatinigina o‘stiradi deb hisoblaydi. Tarbiya
odamning jismoniy tuzilishini va tabiiy xususiyatlarini hisobga
olgan tarbiyalash yo‘li bilan uning yaxshi qobiliyatlarini o‘stirish
va yomonlarini esa yo‘qotish mumkin. Odamlarni o‘sishidagi
tabiiy tafovutlarni ahamiyati to‘g‘risida, tarbiyalashda bolaning
jismoniy tuzilishidagi xususyatlari bilan hisoblashish zarurligi
to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisidir.
Iogann
Genrix
Pestalossi
1746-
1827
Fransiyada ilm-
fanning
taraqqiyoti,
kapitalistik
ishlab chiqarish,
Pestalotsi Boshlang‘ich ta’limning umumiy asoslarini va
boshlang‘ich ta’limnining xususiy metodikalarini ishlab chiqdi.
Pestalossining dunyo qarashi tarixan cheklanganligi sababli bu
narsa uning o‘quvchilarni bilimlar bilan qurollartirish va
ularning aqliy kuchlarini o‘stirish bir butun ish ekaniligi
ta’lim
tizimi
rivojlanishi va
siyosiy kurash
davri
to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal qilishga imkon bermadi. U
tafakkkurni o‘stirishda bazan yuzaki mashqlar roliga haddan
tashqari ortiq baho berdi. Lekin Pestalossining rivojlanib
boruvchi maktab ta’limi to‘g‘risidagi g‘oyani ilg‘or pedagogika
nazariyasi va tajribasining yanada rivojlanishiga, ijobiy tasir
ko‘rsatdi
Iogann
Fridrix
Gerbart
1776-
1841
Fransiyada ilm-
fanning
taraqqiyoti,
kapitalistik
ishlab chiqarish,
ta’lim
tizimi
rivojlanishi va
siyosiy kurash
davri
Gerbart pedagogikasida falsafiy – psixologik qarashlar tarkib
topgan Gerbartning tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari
haqidagi qarashlarida boshqarish, o‘qitish va axloyi tarbiya
berish, deb uch bo‘lakka bo‘ladi. Gerbart pedagogika
nazariyasini bilib olingandan keyingina pedagoglik ishini
muvaffaqiyatli ravishda olib borish mumkin, deb takidlaydi.
Pedagogikning keng falsafiy qarashlariga ega bo‘lishi juda ham
zarur, chunki kun sayn olib boriladigan pedagoglik ishi va
cheklangan shaxsiy tajriba pedagogning saviyasini toraytirib
qo‘yadi deydi. O‘qituvchi kun sayin pedagoglik faoliyati bilan
shug‘ullanashi natijasida tarbiyalash sanatini yaxshi bilib oladi,
u tarbiya nazariyasini qanchalik chuqur va asosli ravishda
o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, tarbiya sanatini shunchalik tez bilib
oladi. “Faqat ish jarayonidagina tarbiya sanati o‘rganila boradi
va takt, malaka, o‘quv, epchillik hamda mahorat qo‘lga
qiritiladi; deb yozadi.
Fridrex
Vilgelm
Adolf
Disterveg
1790 -
1866
Germaniyada
ilm
fanning
rivojlanishi
maktab va oliy
o‘quv yurtlari
rivojlanishi.
Mamalakatni
iqtisodiy
taraqqiyotida
ta’lim,
milliy
tarbiya
hal
qiluvchi
omil
bo‘lishi.
Disterveg umuminsoniy tarbiya ideyasini himoya qilib chiqdi,
shu ideyaga tayani turib, pedagogika masalarinining yuqori
toifaviy va shovinistik manfatlarini ko‘zlab hal qilishga qarshi
kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi insonpavar
kishilar va ongli fuqarolar tarbiyalab yetishtiridir. Odamlarda
Insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga
chambarchas bog‘lingan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg
“inson – mening nomim, nemis – mening laqabimdir” deydi.
Desterverg pistalossi singari, tarbiyaning eng muhim prinsipi
uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir deb hisoblaydi. Disterveg
tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin
qildi, yani tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib
borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga
olinishi; o‘qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, tafakkurining
o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlar; ta’limotini ilmiy
ifodalaydi; U psixologiyani “tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi”
deb bildi. Destervegning katta xizmati shundaki u pedagoglik
tajribasini pedagogikaning taraqqiy ettirishning manbai deb
hisobladi.
Robert
Ouen
1771 -
1858
Angliya
kapitalistik
ishlab chiqarish
rivojlanishi,
ilmiy
fanning
rivojlanishida
ta’limning
ahamiyati orta
borishi.
Pedagogik
g‘oyalarning
Roberb Ouen 10 yoshdan kichik bolalarni uchun bir qancha
ta’lim muasasalari: bir yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar
uchun yasli, bolalar bog‘chasi va bolalar maydonchalaridan
iborat bo‘lgan “kichik bolalar maktabi”; 6 yoshdan 10
yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Boshlang‘ich maktabi”;
ishlab chiqarishda ishlayotgan o‘smirlar uchun kechki maktab
ochdi. Katta yoshdagi ishchilar va ularning oilalari uchun
kechqurunlari leksiyalar, suhbatlar, va madaniy o‘yin-kulgilar
o‘tkazilib turdi. Ouen “kichik bolalar maktabi” to‘g‘risida juda
g‘amhurlik qilid. Bolalar maktabga kirgan kunlaridan (juda
kichik yoshdan) boshlab ashula va raqs o‘rganar, ko‘p vaqtlarini
rivojlangan davr
milliy
tarbiya
ustvorligi
ochiq havoda o‘tkazar edilar. Jismoniy tarbiyaga, gimnastika va
harbiy mashqlarga alohida e’tibor berildi. Boshlang‘ich
maktabda o‘quvchilar ona-tili, arifmetika, geografiya, tabiat va
tarix o‘qitilar edi. Boshaqacha qilib aytganda buboshlang‘ich
maktabda
boshqa
ingliz
boshlang‘ich
maktablarining
hammasidagiga qaraganda ancha keng bilim berilar edi.
Mixail
Vasilyevich
Lomonosov
1711-
1795
Pyotr
I
podsholigi
davrida
mamalakatda
ishlab chiqarish,
harbiy
sanoat
rivojlangan.
Maktablar,
universitet
va
akademiyalar
tashkil etilgan.
Lomonosov gimnaziya va universitetlar uchun bir qancha
darsliklar tuzdi. 1748 yilda u “Ritorika”, 1755 yilda “Rus tili
grammatikasi”, kitoblarini yozdi, bu kitoblar rus umumiy
malumot maktablari uchun 50 yil davomida eng yaxshi darslik
bo‘lib xizmat qildi. Bu kitoblarda Lomonosovning til va
adabiyot to‘g‘risidagi eng ilg‘or ta’limoti aks etgan bo‘lib,
Lomonosovning fikricha, bu ta’limotda voqeylikda real
munosabatlar gavdalangan edi. Lomonosov tarix kitobi yozdi. U
tarjima qilgan “Yeksperimenal fizika” darsligida tabiat
hodisalari falsafiy materializm ruhida tushuntirilgan edi. Bu
kitobda fizika qonunlari birinchi marta dogmatik asosda bayon
qilinmay, balki fizika tajribalari bayon qilingan ediki, bu xil
bayon o‘qituvchilarini fizika qonunlarini tushunishiga olib kelar
va ularga bu qonunlarni yaxshi tushuntirib berar edi. Lomonosov
Moskva universitetining barpo qilinishida eng faol qatnashdi.
Nikolay
Ivanovich
Pirigov
1810-
1881
Rossiyada ilm-
fan rivojlanadi
ta’lim-tizimini
pedagogik
qoidalar asosida
tashkil etishish
muhim
omil
bo‘ldi.
Prigorov “Hat masalalari” sarlavhali maqolasida va pedagogika
sohasida yozgan boshqa asarlarida tabaqaviy maktablarga va
Rossiya xalq maorifidagi yoshlarning umumiy malumot
darajasini pasaytirish maqsadida, ularni erta shdan kasbhunarga
o‘rgatishga qarshi chiqdi. U ta’limning anashu maxsus
yo‘nalishiga qarama-qarshi qilib, umuminsoniy tarbiya g‘oyasini
ilgari surdiki, bu tarbiya ijtimoiy hayotga aqliy saviyasi keng,
yuksak axloqli kishi yetishtirib berish kerak edi. “Inson bo‘lib
yetishish kerak – tarbiya manashunga olib kelishi kerak”, - deb
yozadi Pirigorov, Keng umumiy malumot kelajakdagi ixtisosiy
ta’limga asos bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |