avlodlarning o’zaro ma’naviy munosabatini ta’minlaydi.
Birinchidan, tarixda ma’naviy farzandlik tushunchasi amal qiladi. Inson
dunyoda yashar ekan, o’tmish avlodning farzandi sifatida yuzaga keladi, yashaydi.
Biroq u butun yumushni boshidan boshlamaydi, ajdodlar yaratgan moddiy va
ma’naviy madaniyatning davomchisi, o’zi yashayotgan jamiyat, vaqt nuqtai
nazaridan baholovchi, bajaruvchi sifatida mavjud bo’ladi. Chunki ota-onadan
qolgan moddiy va ma’naviy boylikning egasidek, shu jarayonni davom ettiruvchi
farzand sifatida yashaydi. Ma’naviy farzandlik shaxsning ma’naviy dunyosining
tarkibiy qismidir. Ayni bir vaqtda u tarixning vorisi sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |