«Liji»
«Liji» (
礼记) - «Marosimlar» yoki «Nizomlar» haqidagi qaydlar. M.a. IV-I asrlar
davomida turli mualliflar tomonidan yozilgan. Turli marosimlar va jamiyatda o‘zini
tutish qoidalari haqida bayon qilingan. «Liji»ni bilmagan kishi hech qanday lavozimga
tayinlanishi mumkin bo‘lmagan va madaniyatli hisoblanmagan. Keyinchalik
neokonfusiyshunoslar davrida (XII asr) «To‘rt devon» (
四书) muallifi Chju Si unga
«Liji»ning ikki bo‘limi: «Chjungyung» (
中庸) va «Da syue» (大学)ni kiritgan.
«Ijing»
«Ijing» (
易经)ning yana bir nomi – «Chjoui», qisqartirilgan nomi – «I». «O‘zgarishlar
kitobi» deb ham ataladi. To‘qqiz muqaddas kitobdan biri. G‘arbiy Chjou sulolasi davrida (m.a.
XI-VIIIasr) yozilgan deb taxmin qilinadi. Tarkibida «Jing» (
经) va «Juan» (传) ikki bo‘lim aks
etgan. «Jing» asosan 64 ta trigramma
47
va 384 izohdan iborat. Har bir izoh va trigrammaga sharh
ilova qilinadi, ular fol ochish uchun ishlatilgan.
Qadimgi an’anaga ko‘ra, Fusi
48
trigrammani chizadi, Venvang
49
esa ularga izoh beradi. Bu
kitobning ilk ko‘rinishi In davlatining tugatilishi va Chjou sulolasi arafasida yaratilgan. «Juan» (
39
汉武帝 (м.а.156-87) – Ғарбий Хан сулоласи императори. Ҳукмронлик йиллари – м.а.140-87.
40
Қадимги Ин ёзуви. Хитой ёзувининг энг қадимги кўриниши бўлиб, тошбақа косаси ва ҳайвонлар
суякларида акс эттирилган (жягувен). Улар орқали қадимги одамлар турли маъбуд, аждодлар руҳига
мурожаат қилишган, фол очишган
41
杜林 (?-47)- Шарқий Хан даври таниқли абабиётшунос олими. Асл исми – Бошан (伯山) (Сихай, 1-
жилд 478-б)
42
Вэйюан (1794-1857)
43
Гонгзи Чжен (1792-1841)
44
Кангю Вей (1858-1927)
45
Бу асарни Конфуций яратган деб тахмин қилинади.
46
8,40
47
卦 guà – триграмма. Учта яо (爻)дан иборат алоҳида белги.
www.wikipedia.org
48
伏羲 Fúxī – Хитойнинг энг биринчи афсонавий императори, Шарқ ҳукмдори. Паоси (庖牺), Тайхао (太昊)
деб ҳам аталган. Афсоналарга кўра, инсон бошли ва аждаҳо Тангали мавжудот тарзида тасвирланган.
Конфуцийшунослик ҳисоби бўйича м.а. 2852-2737 йиллари (ҳаммаси бўлиб 115 йил) ҳукмронлик қилган.
Унинг турмуш ўртоғи – маъбуда Нюйва. (Сихай, 1-жилд 599-б)
传) bo‘limi «Jing»ga berilgan ilk izoh hisoblanadi, 10 bo‘limdan iborat, shu sababli umumiy
nomi «O‘nlik» («
十
s hí
翼
y ì
»)dir. Ilk manbalarga ko‘ra, bu kitobni Konfusiy yaratgan. Hozirgi zamon
olimlarining izlanishlariga ko‘ra, bu kitob Kurashuvchi podsholiklar davri oxirgi yillari yoki
Chin va Xan sulolalari arafasida konfusiyshunos olimlar tomonidan yozilgan. “Chjoui” ilk Xan
davrida uning ikki xil qo‘lyozma nusxasi bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |