40
Jigarda aminokislotalarning ko`p qismi organizm uchun spetsifik bo`lgan
xilma – xil oqsillar – albuminlar, globuminlar, fermentlar qon fibrogenining
biosinteziga sarf bo`ladi. Boshqa qismi esa qon oqimi bilan birga organ va
to`qimalarga tarqaladi, u yerda har xil ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Ingichka
ichakda so`rilmagan aminokislota va oqsillarning bir qancha miqdori yo`g`on
ichakka o`tadi, bu yerda mikroorganizmlar ta`sirida parchalanadi, chiriydi shu
jumladan, zaharli moddalar hosil bo`ladi.
Agar qonning elementar tarkibiga nazar soladigan bo`lsak, qon plazmasi
oqsillarini elektr maydonida harakatlanish tezligi va boshqa xususiyatlariga qarab
bir necha fraksiyalarga ajratish mumkin. Bulardan asosiylari albuminlar (4%),
globulinlar (2, 8%) va fibrinogendir (0, 4%). Bu oqsillarning molekulyar massasi
44000 dan 1300000 gacha bo‟lib, molekulalarining diametri 1-100 nm. Albumin
va fibrinogen jigarda, globulinlar esa jigar, kumik, taloq va limfa tugunlarida hosil
bo‟ladi.
Ishning natijalaridan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, qoning shaklli
elementlardan ajratilgan qismi plazma deyiladi. Uning 90% i suv, 7-8% i oqsillar,
1, 1% i boshqa organik birikmalar va 0, 9% i anorganik tuzlardan iborat.
Tomirlarda harakat qiluvchi qon plazmasi tomirlar ichidagi suyuqlik hajmining
doimiyligini ta‟minlaydi, qonning kislotali- ishqoriy muvozanati ham plazmaga
bog‟liq. Plazmadagi suv tomirlar ichidagi suv hajmini tashkil qiladi. Bu suv katta
yuzaga ega bo‟lgan kapillyarlar devori orqali doim to‟qima suyuqligi bilan
almashinib turadi. Qon va to‟qima suyuqligi o‟rtasida elektrolitlar va kichik
molekulali moddalarning uzluksiz almashinuvi ham kuzatiladi.
Plazma elektrolitlari uning osmotik bosimini, faol reaksiyasini ta‟minlaydi.
Bu ko‟rsatkichlarning doimiyligi birinchi galda qon hujayralarining mo‟tadil
faoliyati, undan keyin boshqa hujayralar uchun juda muhim. Plazmadagi
elektrolitlarning umumiy miqdoridan tashqari, ular o‟rtasidagi nisbat ham bir
me‟yorda saqlanishi kerak. Shuning qonga yuboriladigan va a‟zolar faoliyati
41
o‟rganilganda qo‟llaniladigan sinama eritmalar qonga
nisbatan faqat izotonik emas,
balki izoionik bo‟lishi ham maqsadga muvofiq.
Plazmadagi oqsillardan tashqari tarkibida azot bo‟lgan kichik molekulyar
moddalar ham bor. Ular plazma oqsillari biror yo‟l bilan cho‟ktirilgandan keyin
eritmada qoladi. Shu sababdan qoldiq azot deb ataladi. Bu moddalarning ko‟p
qismini siydikchil tashkil qiladi. Plazma nooqsil azotining umumiy miqdori
taxminan 25-30 mg% ni tashkil qiladi. Plazmada azotsiz organik moddalardan
glyukoza (80- 120 mg% yoki 4, 44-6, 66mmol/l), neytral yog‟lar, organik
kislotalar mavjud. Yog‟ va yog‟simon moddalarning umumiy miqdori 0, 4- 0, 7%
ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: