O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#83454
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
boshlangich sinfda talim samaradorligini amalga oshirish

tuziladi:  1.  Dasturning  ilmiyligi  prinsipi.  Dasturga  obektiv  reallikni  (voqelikni) 

aniq,  to`g`ri  va  haqqoniy  aks  ettirgan,  ilmiy  jihatdan  tekshirilgan  ishonchli 

materiallar  kiritiladi.  Ma'lumki,  hozirgi  kunimizda  fan  va  texnika  tobora 

rivojlanib  bormoqda.  Fanga  oid  yangi  ma'lumotlar  va  masalalar  kirishi  bilan 

o`quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi. 

2.  Dasturning  qat’iylik  prinsipi.  O`quv  dasturlari  jamiyatimiz 

taraqqiyotining  har  bir  bosqichida  fan,  texnika,  ishlab  chiqarish  hamda  ijtimoiy 

munosabatlar  sohasida  erishilgan  darajasini  aks  ettirishi  lozim.  Hamma  o`quv 

fanlariga  oid  dasturlarning  bir necha  yillar  mobaynida qat‘iy  bo`lishiga  erishish 

shu fan bo`yicha qat‘iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. 

3.  Nazariyaning  amaliyot  bilan  birligi  prinsipi.  Ilmiy  bilimlarni  puxta 

egallash  va  o`zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  amaliyotda  qo`llay  olish  uchun 

o`quvchilarga  beriladigan  nazariy  tushunchalar  ijtimoiy  qurilish  amaliyotiga 

bog`lab,  aniq  hayotiy  misollar  bilan:  mashqlar,  tajribalar  ko`rsatib,  xulosalar 

chiqarish  kabilar  bilan  bog‘lanishi  lozim.  Bu    o`quvchining    ijtimoiy    faolligini 

oshirishda muhim ahamiyatga ega. 



Dasturning  asosiy  vazifasi  -  o‗quv  predmetining  mazmunini  ifodalashdir. 


15 

 

Unda  kursning  sinflarga,  qismlarga,  mavzularga  bo‗linishi,  ularni  o‗rganish 



tartibi,  soatlar turi  ko‗rsatiladi.  Hatto,  dasturdagi  masalalar  ro‗yxati ham  undagi 

boshqa  bo‗limlarning  mazmunidan  tashqari,  prosessual  yo‗nalishi  ham 

mavjudligidan  dalolat  beradi.  Shunday  qilib,  dastur  ikkita  vazifani  bajaradi: 

ta‘limning  mazmunini  o‗quv  predmeti  doirasida  aks  ettiradi  va  predmet  uchun 

muayyan  normativ  sifatida  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari,  u  darslikka  o‗tishni 

tayyorlaydi va uning mualliflari faoliyati uchun yo`llanma hisoblanadi. 



Masalalar  ro‘yxati  -  dasturning  markaziy  bo‗limidir,  ammo  unda  boshqa 

bo‗limlar  ham  bo‗lib,  ular  darslikning  tuzuvchilari  fikrini  va  o‗qituvchilarning 

faoliyatini  ma‘lum  yo‗nalishga  solishi  kerak.  Har  bir  o‗quv  predmeti  bo‗yicha 

haqiqiy dastur umuman to‗rt qismdan: tushuntirish xati (har xil dasturda mazmuni 

turlicha);  ro‗yxat  ko‗rinishidagi  mazmunning  o`zi  (mavzular,  masalalar, 

laboratoriyalar  va  amaliy  ishlar,  namoyishlar,  ekskursiyalar);  predmetlararo 

aloqalar  ko‗rsatilgan  bo‗lim  hamda  o‗quvchilarning  bilim  va  ko‗nikmalariga 

qo‗yiladigan talablar ifodalangan bo‗limlardan iborat bo‗ladi. 

Kursning  maqsadlari  va  vazifalarini  ifodalash  -  dasturning  eng  muhim 

elementidir.  Xususan,  ana  shu  maqsad  va  vazifalar  darslik  muallifining  dasturni 

amalga  oshirishdagi  ma‘lum  nuqtayi  nazarini  va  o‗qituvchining  darslikni 

to‗g‗rilashi  hamda  o‗qitish  jarayonini  tashkil  etishi  uchun  tegishli  yo‗nalishni 

belgilaydi.  O‗qituvchi,  ayniqsa,  yosh  o‗qituvchilar  o`z  izlanishlarining 

yo‗nalishini  belgilab  olish  uchun  kursning  maqsadini  chuqur  anglashlari  kerak. 

Dasturlarda shunday vazifalar ham beriladiki, o‗qituvchi ularni hal qilish uchun 

institutda  tayyorlanmagan  bo‗ladi.  Buning  misoli  sifatida  ta‘lim  mazmuniga 

metodologik  bilimlarning  kiritilishini  aytish  mumkin.  Kursga  mana  shunday 

talablar  qo‗yilishining  o`zi  o‗qituvchilarni  chuqur  o‗ylashga  majbur  etadi. 

Tajribali  pedagog  o‗tgan  yillardagi  dasturlarda  bunday  vazifalar  bo‗lmaganini 

sezadi. Bu hol uning mustaqil bilim olishi, ijodiy izlanishi, shuningdek, metodik 

birlashmada ishlashi uchun turtki bo‗ladi. Darslik. Dasturda ta‘limning mazmuni 

masalalar  ro’yxati  orqali  ifodalanadi.  O‗quv  materiali  o‗quvchilarga 

mo‗ljallangan darsliklar, o‗quv qo‗llanmalari, kitoblar va didaktik materiallarda, 




16 

 

o‗qituvchiga  mo‗ljallangan  metodik  tavsiyalarda  yoritiladi.  Darslik  asosiy 



normativ  hujjat  hisoblanadi.  Darslik  ma‘lum  bir  fanning  mazmunini  dastur 

asosida  didaktik  talablarga  rioya  qilgan  xolda  bayon  etuvchi  o‘quv  kitobidir. 

Darslik  bilan  bir  qatorda  o‘quvchilarni  o‘quv  materiallari  ustida  tizimli  ish  olib 

borishlari  ilmiy  bilim-ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantiradigan  quyidagi  kitob 

va qo‘llanmalardan ham foydalanadilar: 

1. 


Badiiy adabiyot. 

2. 


Ilmiy adabiyot 

3. 


Ilmiy ommabop adabiyot 

4.      Masala va mashqlar to‘plami 



Darslik  –  o‗quvchilarning  kitobi  va  uning  eng  muhim  qurolidir.  U  faqat 

darsda  taxlil  qilinadigan  o‗quv  materialini  o`zlashtirishda  o‗quvchiga  yordam 

beribgina qolmay, unda mazkur predmetga qiziqish uyg‗otishi, shu soha bo‗yicha 

mustaqil  bilim  olish  ishtiyoqini  ham  vujudga  keltirish  kerak.  Darslik  o‗qituvchi 

uchun  ham  metodik  qo‗llanma  sifatida  xizmat  qiladi:  tushunchalarni  kiritish 

tartibini,  ularni  yoritish  chuqurligini,  kiritilgan  o‗quv  materiallariga  vaqtning 

taqsimlanishini  belgilaydi.  Obrazli  qilib  aytganda,  darslik  o‗qitish  jarayonining 

„senariysi―dir.  Unda  o‗qituvchi  o`zlashtirishi  lozim  bo‗lgan  bilimlar,  faoliyat 

usullari qayd qilinadi, bilim va ko‗nikmalarni ijodiy qo‗llash yo`llari belgilanadi, 

emotsional – qimmatli qadriyatlarni tarbiyalashning ayrim vositalari ko‗rsatiladi. 

Darslikda ta‘limning ana shu barcha mazmuni muayyan tartibda o‗quvchilarning 

ta‘lim  muvaffaqiyatini  ta‘minlaydigan  bosqichlar  bo‗yicha  joylashtiriladi.  Lekin 

boshlang‗ich  maktab  darsliklari  bag‗oyat  o`ziga  xosdir.  Ularning  hammasida 

metodik  apparat kichkina bo‗lib, u sinflar  sayin  asta-sekin vujudga keladi.  O‗rta 

maktabda  ba‘zan  o‗quvchi  darslikdan  tamomila  mustaqil  holda  foydalana  olish-

olmasligi  muhokama  qilinsa,  boshlang‗ich  maktabda  bu  ishga  o‗qituvchining 

rahbarligi majburiydir. 

 


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish