Darsning birinchi bosqichi tashkiliy qism. Odatda, bu qismga salomlashish,
o‗quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorligini tekshirish,
darsda yo‗q o‗quvchilarni aniqlash, ishning rejasini e‘lon qilish kiradi. Tashkiliy
qismning maqsadi darsda ish vaziyatini vujudga keltirishdir.
Darsning ikkinchi bosqichi yozma uy vazifasini qo‗yilgan maqsaddan qat‘iy
nazar, turli metodlar bilan tekshirish.
Darsning uchinchi bosqichi o‗quvchilarning bilimlarini og‗zaki tekshirish
Darsning to‘rtinchi bosqichi o‗qituvchining bayon etishi asosida yoki
o‗quvchilarning mustaqil taxlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish.
25
Darsning beshinchi bosqichi uyga topshiriq berish. Darsning bu qismiga
mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo‗lsa, uni bajarish metodikasini ham
tushuntirish, uni o‗qituvchining o`zi doskaga yozishi, o‗quvchilarning daftarga
yoki kundalikka ko‗chirishi kiradi.
Darsning oltinchi bosqichi yangi materialni mustahkamlash, ya‘ni dastlabki
yoki yo`lakay mazkur material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan
mustahkamlashdir.
Darsning yettinchi bosqichiuni tugallashdan iborat bo‗lib, bu ish tashkiliy
ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat o‗qituvchining ko‗rsatmasi
bo‗yicha mustahkamlanadi. Muallif darsning ana shu yettita elementini nazarda
tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi:
Bilim va malakalarni shakllantirish darsining tuzilishi:
Darsning maqsadini qo‗yish;
Yangi materialni o`zlashtirish uchun zarur o‗quvchilarning bilim va
malakalarni takrorlash;
Tekshirish mashqlarini o‗tkazish;
Yangi bilimlar bilan tanishtirish, o`zlashtirish namunasini ko‗rsatish;
Ularni o`zlashtirishga qaratilgan mashqlarni bajarish;
Ularni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni berish;
Mashqlarni namuna asosida takrorlash;
Ijodiy xarakterdagi mashqlarni bajarish;
Darsni yakunlash;
Uyga topshiriq berish;
Takrorlash darsining tuzilishi:
Darsning tashkiliy qismi;
Ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo‗yilishi
(aniqlashtirilishi);
Uy vazifasini tekshirish, bilim, ko‗nikma faoliyati asoslarini tashkil
etuvchi fikrlashga e'tibor qaratish (amaliy va nazariy tarzda). Avvalgi darsda
26
kelgusi dars takrorlash darsi bo‗limini nazarda tutgan xolda uyga vazifa berilishi
kerak;
Darsdagi takrorlashni umumlashtirish, o‗quv jarayoni natijalarini
tekshirish, uyga vazifa berish.
Bilimlarni tekshirish darsining tuzilishi:
Darsning tashkiliy qismi. Mazkur holatda ishchan, sokin holatni bo‗lishi
zarur. O‗quvchilar tekshiruv va nazorat ishidan qo‗rqmasliklari yoki o‗qituvchi
ularning o`zlashtirishlarini tekshirishi haqida ortiqcha hayajonlanmasliklari
kerak;
Darsning maqsadini qo‗yilishi. O‗qituvchi o‗quvchilarga ularning qaysi
dars materiallari yuzasidan bilimlari tekshirilishi va nazorat qilinishini e'lon
qiladi. O‗quvchilarga tegishli qoidalarni eslash va nazorat ishi jarayonida qo‗llash
ta'kidlanadi. O‗quvchilarga o`z ishlarini o`zlari tekshirib chiqishi zarurligi aytildi;
Tekshiruv yoki nazorat ishi mazmunining bayoni (masala, misollar,
diktant, insho yoki savollarga javoblar o`z takribi, qiyinlik darajasi bo‗yicha
dasturga mos bo‗lishi va har bir o‗quvchining imkoniyati yetadigan darajada
bo‗lishi kerak);
Darsni yakunlovchi bosqichi. O‗qituvchi o‗quvchilarning engg yaxshi
ishlarini rag‗batlantiradi, boshqa ishlarda yo`l qo‗yilgan xatolarni taxlil qiladi,
xatolar ustida ishlashni tashkil qiladi (ba'zi hollarda bu ishlar kelgusi darsda olib
boriladi). Tipik xatolarni, bilim, malakalarni egallashda yo`l qo‗yilgan
kamchiliklar va ularni bartaraf etish, bilim va malakalarini takomillashtirish.
Yangi bilimlarni, malakalarni egallovchi dars tuzilishi:
Darsning tashkiliy qismi (o‗quvchilarni psixologik yo‗naltirish) ;
Dars mavzusi va maqsadining bayoni;
Malakalarni shakllantiruvchi yangi bilimlarni o‗rganish;
Qabul qilingan va o‗xshash vaziyatlar bo‗yicha dastlabki malakalarni
egallash va mustahkamlash;
Bilim va malakalarni o`zgartirilgan vaziyatlar misolida ko‗rib chiqish;
27
Bilim va malakalarni ijodiy qo‗llash;
Malakalarni egallash mashqlari;
Uyga vazifa berish;
O‗quvchilar bajargan ishlarini baholash orqali darsni yakunlash.
Takrorlash, umumlashtirish darsining tuzilishi:
Tashkiliy vaziyat;
O‗qituvchining
kirish
so`zida
takrorlash
umumlashtirilishi
rejalashtirilgan mavzu yoki mavzularning ahamiyati ta'kidlanadi, darsning
maqsadi va rejasi e'lon qilinadi. O‗quvchilar tomonidan turli og‗zaki va yozma
umumlashtiruvchi va tizimlovchi topshiriqlari yakka va jamoa xolatda
bajaradilar, bunda malakalarni shakllantiruvchi, umumlashtiruvchi bilimlar,
umumlashtiruvchi faktlar asosida olib boriladi;
Bajarilgan ishlarni tekshirish, korrektirovkalash (zarur xolatlarda);
O‗rganilgan material bo‗yicha xulosalash;
Darsning erishilgan natijalarini baholash;
Darsni yakunlash;
Uyga vazifa berish (doimiy).
Aralashgan dars tuzilishi (bunday dars tuzilishi odatda o`z oldiga bir nechta
didaktik maqsadlarni qo‗yadi):
Darsning tashkiliy qismi;
Uy vazifani tekshirish, darsning maqsadini qo‗yilishi;
O‗quvchilarni yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash, bilimlarning
dolzarbligi, amaliy va aqliy malakalarining egallanishi;
Yangi mavzuning bayoni, shu bilan birga tushuntirish;
Dars davomida o‗rganilgan yangi bilimni mustahkamlash, avval
o‗rganilgan bilimlar bilan bog‗lash;
Yangi bilimlarni avvalgilari bilan bog‗lagan holda bilim va malakalarni
umumlashtirish va tizimlash;
Darsni yakunlash va dars natijalari;
28
Uyga vazifa berish;
O‗quvchilarni yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash (zarur
hollarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |