O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Qushlar  va  hasharotlar  hayotidagi  o'zgarishlar



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/260
Sana29.12.2021
Hajmi4,99 Mb.
#83319
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260
Bog'liq
tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi (1)

2.3.Qushlar  va  hasharotlar  hayotidagi  o'zgarishlar.  Qushlarning  ovozi 
jaranglaydi. Ayniqsa, bulbul ko'p sayraydi. 
Sayroqi  qushlarning  tuxumlaridan  madorsiz  jish  bolalar  —  qushchalar 
chiqadilar.  Ularni  onalari  boqadilar.  Bu  paytda  uyasidan  tushib  ketgan  qaldirg'och  va 
chumchuq  bolalarini  teztez  ko'rish  mumkin.  Ularni  uyalariga  solib  qo'yish  kerak. 
Qush  bolalarini  tabiat  burchaklariga  olib  kelib  bo'lmaydi.  Ular  juda  serovqat 
bo'ladilar. 
Qo'ng'izlar,  pashshalar,  asalarilar  teztez  guldangulga  qo'nib  turadilar.  Ular 
gullardan nektar va chang yig'adilar. 
Kapalaklar ham gullarga qo'nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning 
ignalari izini ko'rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so'rib oladilar. 
Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratish mumkin. Ular tunda gullar 
ichida  isinadilar.  Ba'zi  vaqtda  esa,  gullar  ichiga  tuxum  qo'yadilar.  Jumladan, 
chinnigullarning gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan. 
Suzg'ich ona qo'ng'iz ham o'simliklarga tuxum qo'yadi. U  ikki oy mobaynida 
mingtacha  tuxum  qo'yadi.  Keyinchalik  tuxumdan  lichinkalar  chiqadi.  Suzg'ich 
qo'ng'izning  lichinkalari  ikkiuch  oy  yashaydi,  ana  shu  davr  mobaynida  ikki  marta 
tullaydi.  Yozning  o'rtalarida  lichinkalar  qo'g'irchoqlarga  aylanadi.  Suzuvchi 
qo'ng'izlarning  barcha  qo'ng'izlardagi  singari  qo'g'irchog'i  bo'ladi.  Lekin  qo'ng'iz 
lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo'g'irchoqqa aylanadi. 


97 
 
 
Ana  shu  vaqtda  suv  qo'ng'iz  oqayotgan  suvdagi  barglarga  tuxum  qo'yadi.U 
o'rgimchak iplariga o'ralgan holda hammasi bo'lib 50—60 ta tuxum qo'yadi. Oradan 
ikkiuch  hafta  o'tgach,  tuxumlardan  lichinkalar  yorib  chiqadilar.  Suvsevar 
qo'ng'izning lichinkasi semiz va beo'xshov bo'ladi. U yomon suzadi. Oradan ikki oy 
o'tgach, qirg'oqqa sudralib chiqadi, o'ziga «beshik» yasaydi, ikki haftadan keyin esa, 
qo'ng'izga  aylanadi. U  quvvatga  kirib  olgach, «beshigi»ni  qoldirib  ketadi  va  suvda 
suza boshlaydi. 
Suv  qo'ng'izini  bahorda  yoki  yoz  oxirida  tutib  olish  va  tabiat  burchagida 
tekshiruv olib borish mumkin. Ular o't bosib ketgan hovuzlarda juda ko'p bo'ladi. 
Iyul  oyida  qushlar  tullay  boshlaydi.  Ayniqsa,  g'ozlar  va  o'rdaklarda  tullash 
qizg'in  tus  oladi.  Ularning  barcha  yo'g'on  qanotidagi  katta  patlarto'kilib,  uchish 
qobiliyatini  yo'qotadi.  Iyul  oyining  oxirlarida  qushlarning  sayrashlari  kamaya 
boshlaydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot kechira boshlaydi. 
Bu vaqtda ko'pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo'ladi. Chigirtkalar himoya 
ranglari (ko'k ranglari) bilan deyarli ko'zga tashlanmaydilar. Ularni ko'pincha ko'k o't, 
shoxshabba va daraxtlarning ustida ko'rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining yordami 
bilan  kattakatta  sakrashlari,  shuningdek,  o'zlarining  pirillashlari  bilan  bolalarning 
diqqatini jalb etadilar. Ularning ikki juft qanoti va uzun mo'ylovi bo'ladi. 
Toshkentda  kechki  paytlarda  uylarning  devorlarida  kaltakesaklarni  uchratish 
mumkin.  Ular  qushlarning  sayrashlari  kabi  chirillab,  o'z  yoniga  kapalak,  chivin  va 
mayda  chivinlarning  uchib  kelishlarini  poylab  yotadilar.  Avgust  oyida,  ko'kqarg'a, 
jarqaldirg'och,  ko'rkunaklar  singari  ba'zi  bir  qushlar  uchib  keta  boshlaydi.  Laylaklar 
Toshkentdan  sentyabr  oyida,  Butun  O'rta  Osiyodan  esa  oktyabr  oylarida  uchib 
ketadilar. 
Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo'ng'izlar bo'ladi. 

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish