Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali
kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy
beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi.
Z.ning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl
bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang
va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga
bogʻliq, Odamlarda Z.ning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy
va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli
taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan
kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir
etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga
aloqador Z.lar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye,
pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is
yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 3. (qarang
Ovqatdan
zaharlanish
); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun
ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish
ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq
zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq
(qarang
Idiosinkraziya
). Kasbga aloqador 3. baʼzi korxonalarda xavfsizlik
texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan
zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki
birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan
moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi.
Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak.
Kislota va ishqorlardan Z.da badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq
pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash
qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi,
boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa,
hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan Z.da mastlik, avval
qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning
boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin,
barbital, fenobarbital va h.k.)dan Z.da mudrash, bosh aylanishi, quloq
shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi.
Is
gazi
[uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas
yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh
aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi
va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham
mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik
nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Davo Z.ga sabab boʻlgan
zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish,
zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan
aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Z.ga gumon tugʻilganda
darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak.
Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan
magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush
yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan
zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv
ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy
qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli
xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan
keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe
ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta
hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil
spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy
yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda
meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq
suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy
nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib
chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq
choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak
yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda
zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv
sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr
hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida
zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC
haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish
lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8
soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon
chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish
yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga
yuborilganda ularni klizma
,
sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi
vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |