Shaxsning har tomonlama kamolotga etishi - ma’lum bir real tarixiy
shart-sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan Qobiliyatlar va
iqtidorlarning, uning mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarining to‘liq, va
batamom rivojlanishidir.
Shaxsiy aloqadorlik – bu bog‘liqlikning dinamik jihati bo‘lib, hamkorlar
o‘rtasidagi maqsadga erishishda qo‘llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har
birining qo‘llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi.
Aloqadorlik bog‘liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez
moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o‘zaro hamkorlik yoki
kurashga, har bir tomonning o‘z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo
va vazifalarni o‘zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o‘z usul va
vositalaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |