Muloqotdagi konstruktivlik– hamkorlarning aloqasi davomida ularning
ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan
masalalarning ijobiy echim topishiga yordam beradigan, ularning individual
betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik
(yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o‘z salohiyatini
o‘stirish, shaxsiy o‘sishi, sotsial etuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi
yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |