Guruhlarning tuzilishi– guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan
barqaror bo‘linishi, guruhga kiruvchi kishilar o‘rtasida guruh vazifalarining
taqsim qilinishi.
Gallyusinatsiyalar (lat. hallucinatio - alahsirash, ko‘zga ko‘rinish) insonda
kasal paytidagi psixikasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladigan mavjud
bo‘lmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o‘z holatini
o‘zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi
jarayonidir. U asosan ikki xil yo‘nalishdagi jarayonlarda ko‘zga tashlanadi:
guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |