Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Ta’lim jarayonini boshqarish nazariyalari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
6.3.4. Ta’lim jarayonini boshqarish nazariyalari 
Boshqarish  tushunchasi  kibernetika  faniga  ilmiy  –  texnika 
revolyusiyasining natijasida xalq xoʻjaligining tarmoqlarini idora qilish sifatida 
(avtomat  moslama,  pult  boshqarish,  programmalashtirilgan  elektron  hisoblash 
mashinalari,  kompyuterlar,  displeylar,  signalizatsiya,  texnik  qurilmalar)  kirib 
keldi.  Mazkur  tushuncha  asta  –  sekin  yakka  shaxs  faoliyatiga  tadbiq  qilina 
boshlandi,  pirovardida  ta’lim  va  tarbiya  tizimini  boshqarishda  ham 
qoʻllanilishga kirishildi. 
Ta’limni  optimal  boshqarish  maqsadida  sobiq  sovet  psixologlari  “oʻquv 
faoliyatini  bosqichli  shakllantirish”  (P.Ya.Galperin,  N.F.Talizina),    “oʻqitish 
mazmunini  tezlashtirish  va  murakkablashtirish”  (L.V.Zankov),    “nazariy 
umumlashtirish  va  refleksiya”  (D.B.Elkonin,  V.V.Davidov)  gʻoyalarini  ishlab 
chiqdilar.  Shuningdek,  ta’limni  algoritmlashtirish,  programmalashtirish, 
suggesteziya (G.Lazanov), muammoli vaziyatni tashkil qilish (T.V.Kudryavsev, 
A.M.Matyushkin  va  boshqalar)  nazariyalarini  olgʻa  suradilar.  Mazkur 
gʻoyalarning  barchasi  rivojlantiruvchi  ta’lim  samaradorligini  oshirishni  tadqiq 
qilishga qaratilgandir. 


338 
 
Psixologiya  fanida  ong  va  faoliyat  birligi  prinsipining  vujudga  kelishi 
psixologik  holatlar,  xususiyatlar,  hislatlar  faoliyatda  namoyon  boʻladi  va  unda 
shakllanadi,  degan  yangi  tezisni  maydonga  tashladi.  Yangicha  bunday  talqin 
psixologiya  fanining  rivojlanishi,  sohalarning  kengayishi  uchun  muhim 
imkoniyatlar  ochib  berdi.  Mazkur  prinsip  I.M.Sechenovning  psixik  faoliyat 
zamirida boshmiya reflektor faoliyati yotdai, degan ta’limotidan kelib chiqadi. 
Keyinchalik  bu  gʻoya  I.P.Pavlovning  ta’limotida  rivojlantirildi  va  qator 
qonuniyatlar kashf etildi. 
Ong  va  faoliyat  birligi  prinsipi  dastavval  S.L.Rubinshteyn  tomonidan 
dalillab  berildi.  Muallif  tashqi  sabablar,  omillar  ichki  shart  –  sharoitlarning 
bevosita  ta’siri  orqali  harakat  qiladi,  deb  tushuntirdi.  Mazkur  muammoga  sal 
boshqacharoq  yondoshgan  P.P.Blonskiy  esa  insonning  barcha  faoliyatlari 
ijtimoiy xususiyatga ega ekanligini, shaxsning xatti – harakati jamiyatdagi xatti 
–  harakatlarining  tarkibiy  qismi  boʻlishligini  ta’kidladi.  M.Ya.Basov  boʻlsa 
faoliyatni  oʻyin,  professional  mehnat  shakllarini  ta’riflab,  inson  shaxsining 
tarkib topishidagi ta’sirini ifodalab bergan. L.S.Vigotskiy talqiniga koʻra, inson 
sirtdan miya bilan aloqa oʻrnatadi, uning yordami orqali gavdasini idora qiladi. 
Odamlarning  ijtimoiy  aloqalari  va  xatti  –  harakatlari  imo  –  ishora  va  nutqqa 
suyangan holda faoliyatni vujudga keltiradi. A.N.Leontev inson faoliyati psixik 
va amaliy shakllari mavjudligini tavsiflab, bola ongi aynan oʻqish, mehnat, oʻyin 
faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida oʻsadi, degan gʻoyani olgʻa suradi. 
Psixologik ilmiy adabiyotlarda oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini bavosita 
va  bevosita  boshqarish  imkoniyatlari  qayd  qilib  oʻtilgan.  Oʻquv  faoliyatining 
boshqarishning eng muhim xususiyatlaridan biri – bu turli usullarni tatbiq etish, 
maxsus  ravishda  oʻqitishni  joriy  qilish,  har  xil  xususiyatga  molik  didaktik 
metodlardan foydalanishdan iboratdir. 
Yu.A.Samarin  assotsiatsiyalarga  asoslangan  holda  oʻquv  faoliyatini 
boshqarish  mumkinligi  nazariyasini  oʻrtaga  tashladi.  Assotsiatsiyalar  – 
ongimizdagi  avvalgi  turmush  tajribalari  bilan  belgilanadigan  tasavvurlarning 
oʻxshashlik,  yondoshlik,  qarama  –  qarshilik  belgilariga  koʻra,  shunga  bogʻliq 
boʻlgan boshqa tasavvurlarni hosil qilishdir. Yu.A.Samarin assotsiatsiyalarning 
alohida  tomonlarga  taalluqli  bilimlarni  sistemaga  tushirish,  ma’lum  oʻquv 


339 
 
predmetlariga oid  bilimlarni  tartibga solish, turli  fanlardan  toʻplangan  xilma  – 
xil  bilimlarni    tartibga  solish, turli  fanlardan  toʻplangan xilma  –  xil bilimlarni 
sistemalashtirish kabi bosqichlarga boʻlib oʻrganadi. 
E.N.Kabanova – Meller har qanday faoliyat u yoki bu usullar yordamida 
amalga  oshiriladi  va  ular  oʻsha  vositalar  yordamida  boshqarilishi  mumkin, 
deydi.  Muallif  mazkur  aqliy  faoliyat  usullari  oʻz  navbatida  katta  yoki  kichik 
sistemaga birlashgan xatti – harakatlar tizimidan iborat deb tushuntiradi. Usullar 
ob’yektiv  ravishda  tavsiyalar,  qoidalar,  yoʻriqlar  koʻrinishida  ifodalanadi. 
Oʻzlashtirilgan  oʻquv  faoliyati  usullari  insonning  ma’naviy  boyligiga  aylanib, 
istagan vaqtda yangi vaziyatlarga va sharoitlarga koʻchirilishi mumkin. 
D.B.Elkonin  oʻquvchilarni  oʻquv  faoliyatini  boshqarishga  oʻrgatish 
uchun: 
1) topshiriqni echish uchun vositalar tanlash; 
2)  psixologik  topshiriqlarni  echish  uchun  oʻz  –  oʻzini  nazorat  qilishni 
amalga oshirish; 
3) bilimlarni oʻzlashtirish darajasini baholash; 
4) oʻz – oʻzini tekshirish; 
5) oʻz oldiga maqsad qoʻya olish; 
6)  simvollar  bilan  predmetning  ichki  munosabatlari  mavjudligini 
tushunish kabi jihatlariga e’tibor qilishni uqtirib oʻtadi. 
Psixologlarning 
tadqiqotlari 
tahlilining 
koʻrsatishicha, 
programmalashtirilgan  ta’lim  oʻqitishni  bevosita  boshqarish  va  nazorat  qilish 
imkonini  yaratadi.  Programmalashtirish  prinsipi  boʻyicha  talaba  oʻtilgan 
mavzuni  oʻzlashtirmay  turib,  yangisini    egallay  olmaydi.  Chunki,  oʻquv 
materiali  qat’iy  mantiqiy  izchillikda  ma’lum  boʻlaklarga  taqsimlanib 
tinglovchining  ongiga  uzatiladi.  Saboq    oluvchi  bilimlarning  qolgan  ulushini 
qabul  qilishi  uchun  u  oʻtilgan  mavzularni    egallagan  boʻlishi,  topshiriqlarni 
mustaqil  echa  olishi  va  savollarga  toʻgʻri  javob  bera  bilishi  zarur.  Bilimlar 
ta’limiy  mashinalar,  kompyuterlar,  displeylar  yordamida  yordamida  talabalar 
miyasiga  uzatiladi.  Teskari  aloqa  kanali  orqali  sub’yekt  faoliyatining  natijasi, 
mahsuli yuzasidan axborot, ma’lumot, xabar kelib tushishi nazarda tutiladi. 


340 
 
Bilimlarni  oʻzlashtirish  jarayonini  boshqarish  muammosi  P.Ya.Galperin 
va N.F.Talizina tomonidan oʻrganilgan.ular aqliy xatti – harakatlarni bosqichma 
bosqich  shakllantirish  nazariyasini  ishlab  chiqqanlar.  Mualliflar    aqliy  xatti  – 
haraktlarni  moddiy  holda  tashqi  nutq  yordamida  hamda  aqliy  shaklda,  fikrda 
namoyon  boʻlishini  izohlab  berdilar.  Aqliy  xatti  –  xarakatlarning  birinchi 
bosqichi rasm, sxema, diagramma va  shartli belgilar tarzida oʻz ifodasini topadi. 
Aqliy  xatti  –  harakatlarning  ikkinchi  bosqichi  koʻrgazmalardan    olgan  
tasavvurlari toʻgʻrisida oʻquvchilarning ovoz chiqarib fikr yuritishidan iboratdir. 
Uchinchi  bosqich  esa  sub’yekt  ongida  tasavvur,  tushuncha,  qonuniyat,  xossa, 
xususiyat,  operatsiya,  usul  tariqasida  namoyon  boʻladi.  Ana  shu  bosqichlarni 
talabalarga  tushuntirish  orqali  ularni  oʻz  –  oʻzini  boshqarishga  oʻrgatish 
mumkin. Biz quyida  “oʻquv faoliyatini boshqarishning umumlashgan usullarini 
egallash” nazariyasiga asoslangan holda  oʻquv faoliyatini boshqarishni amalga 
oshirish  yoʻllarini  izohlab  berishga  harakat  qilamiz.  Oʻquv  faoliyatining 
oʻuvchilar  va  talabalar  tomonidan  boshqarish  muammosining  dolzarbligi, 
birinchidan, 
rivojlantiruvchi 
ta’lim 
strukturasi 
va 
funksiyasining 
xususiyatlaridan,  ikkinchidan,  oʻquvchi  va  talaba  shaxsini  hamda  aqliy 
rivojlanishini  izchil  ravishda  oʻrganish  ahamiyatidan  kelib  chiqadi.  Oʻquv 
faoliyatini  boshqarishning  umumlashgan  pedmetlar  aro  usullariga  uni 
planlashtirish,  oʻz  –  oʻzini  nazorat  qilish,  oʻzlashtirib  olingan  bilimlarni  va 
ta’limiy  usullarni  yangi  sharoitga  koʻchirish,  yangisini  mustaqil  holda  topish, 
oʻz  oldiga  maqsad  qoʻya  olish,  bilimga  qiziqishni  ongli  ravishda  idora  qilish, 
mustaqil bilim olish yoʻllarini oʻzlashtirish, diqqatni faoliyatda shakllantirish va 
boshqalar kiradi. 
Oʻquv  faoliyatini  boshqarish  deganda,  maqsadga  yoʻnaltiilgan, 
planlashtiriladigan,  nazorat  qilinadigan,  sistemalashtiriladigan,  tashkil 
qilinadigan,  mustaqil  bilim  olishga  qodir  boʻlgan  faoliyat  tushuniladi  va  uni 
sistematik ravishda mana bunday shaklda aks ettirish mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish