I bob sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rni



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana22.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#838431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o\'rni

2.3.
 
Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri tasavvur 
qilib bo‘lmaydi 


26 
Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yil 6 noyabrda 
Jizzaxda tavallud topdi. Avval Jizzax pedagogika texnikumida, so‘ngra Samarqand 
davlat universitetida tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining “Lenin yo‘li” (hozirgi 
“Zarafshon”) gazetasida boshladi, urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati raisi bo‘ldi.
Sharof Rashidov 1959 yildan 1983 yilgacha O‘zbekiston Kompartiyasining 
birinchi kotibi lavozimida ishlab, xalqimiz qalbidan joy oldi.
Kechagi kunimiz – tarix. Bugungi kunimiz – haqiqat. Ertangi kunimiz – 
tiniq orzu. Bularni boricha ifodalash, baholash lozim. O‘zbekiston tarixini milliy 
ruh bilan yaratishda tarixda yorqin izini qoldirgan buyuk shaxslarning hayot 
faoliyatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning tarixi yoshlarimizga 
ibrat bo‘ladi. Shu jihatdan yaqin tariximizda ibrat bo‘ladigan shaxslardan biri 
qariyb chorak asr davomida O‘zbekistonni boshqargan buyuk davlat arbobi va 
taniqli yozuvchi Sharof Rashidovdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 
martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 
yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax shahrida ushbu shaxsning 
memorial muzeyi tashkil qilindi. Muzeyga kiraverishda Shavkat Mirziyoyevning 
“Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan, 
hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga 
fidoyi farzand edi”, degan so‘zlari bitilgan. Haqiqatda Sharof Rashidov nomini 
o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday 
shaxslarni, millat yetakchilarini qoralash, O‘zbekiston xalqini qoralash bilan 
barobar. 


27 
Afsuski, mustabid tuzum davrida Sharof Rashidov tirikligida qanchalik 
qadrlanishiga qaramasdan, bu dunyoni tark etgandan keyin xotirasiga nisbatan 
qilingan adolatsizliklar, tuhmatlar nafaqat u kishining, balki butun millatning 
sha’nini poymol qilish bilan barobar bo‘ldi. O‘zbekistonni murakkab sharoitda 
boshqargan Sharof Rashidov dunyodan ko‘z yumgandan keyin o‘zi umr bo‘yi 
sadoqat bilan xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qildi. Uning qabrini ko‘chirdilar, 
nomini yomon otliqqa chiqardilar, oila a’zolarini yaqinlarini ta’qib qildilar. 
Dunyoda shunaqa adolatsizlik ham bo‘ladimi? Inson tiriklik paytida uni ko‘klarga 
ko‘tarib, vafotidan so‘ng yer bilan yakson etsa, bu qanday davlat, qanday jamiyat 
bo‘ldi degan savol albatta har bir kishini o‘ylantiradi. 
Bunga javob topish uchun “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan 
savolga javob topishimiz lozim bo‘ladi. Haqiqatda, biz kecha mustamlaka qurboni 
edik, bugun esa mustaqillik sultoni bo‘ldik. Tarix guvoh, agar xalq mustaqil 


28 
bo‘lmasa, hayotda shunday adolatsizliklarga duch kelinar ekanki, xalqini, uning 
dehqoni, ishchisi, olimu ulamolarini, davlat arboblarini ham istagancha xor qilishi 
insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan. Buni biz yaqin tariximizda ko‘rdik 
va boshimizdan o‘tkazdik. 
Mustaqillikning ahamiyatini anglashda buyuk inson, davlat arbobi Sharof 
Rashidovning hayotini, murakkab faoliyatini va unga nisbatan qilingan 
adolatsizliklarni xolisona o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun 
birinchi galda Sharof Rashidov qanday shaxs, rahbar ekanligiga nazar solish lozim 
bo‘ladi. 
Hech qanday mubolag‘asiz Sharof Rashidov Allohning nazari tushgan ziyoli 
inson edi. Sharof Rashidov uchun eng murakkab vaziyat mustabid tuzumning 
mustamlakachilik siyosati edi. Boshqacha aytganda, u kishi rahbarlik qilgan zamon 
va makon, ya’ni “Kelajagimiz – kommunizm!” degan mustabid davr o‘ta 
murakkab edi. Ana shunday noqulay davrda yashab, O‘zbekiston xalqining 
manfaatini ifodalash va taraqqiyotni ta’minlash uchun inson kuchli iroda sohibi 
bo‘lishi kerak. Sharof Rashidov ana shunday murakkab vaziyatda dono siyosat 
yuritib O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng kuchli mamlakatga aylantira oldi. 
Sharof Rashidov davridagi yana bir murakkab vaziyat, bu 1966 yil 26 apreldagi 
Toshkent shahrida sodir bo‘lgan zilzila bilan bog‘liq. Ana shunday vaziyatda 
Sharof Rashidov nafaqat O‘zbekiston Respublikasini, balki butun sovetlar 
mamlakatini zilzila oqibatlarini bartaraf qilishga jalb qilishga erishgan. Natijada 
qisqa muddatda paxsa uylar o‘rniga Toshkent yangicha zamonaviy qiyofaga ega 
bo‘ldi. Darvoqe, zilzila oqibatlarini bartaraf qilish masalasi muhokama 
qilinayotgan vaqtda Moskvadan kelgan rahbarlar Sharof Rashidovning taklifini 
qabul qilmaydi. Shunda yana kkuchsiz yer silkinishi sodir bo‘ladi. Ana shunda 
Sharof Rashidov “Ko‘ryapsizlarmi biz qanday murakkab sharoitda faoliyat olib 
boryapmiz”, deydi. Shundan so‘ng ittifoq rahbari L.Brejnev taklifni qabul qiladi, 
bundan keksa avlod xabardor. Bu yerda qandaydir ilohiylikni ko‘rish mumkin va 
bu bizni yuqoridagi Allohning nazari tushgan xalq degan fikrimizni tasdiqlaydi. 


29 
Sharof Rashidov nafaqat bir respublika, balki global miqyosda fikrlaydigan 
lider bo‘lgan. Masalan, 1962 yildagi Karib inqirozi deb nom olgan AQSh bilan 
Kuba o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf qilishda Sharof Rashidovning hissasi ham 
beqiyos. Yoki uzoq yillar davom etgan Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi urush 
holatini bartaraf qilishda 1966 yildagi Toshkent deklaratsiyasi muhim rol 
o‘ynagan. Umuman, Sharof Rashidov SSSR mamlakatining tashqi siyosatini 
amalga oshirishda faol ishtirok etib, ko‘plab delegatsiyalarga rahbarlik qilgan. 
Hatto o‘sha mashhum 1983 yilda ham Sharof Rashidov Efiopiyaga rasmiy tashrif 
bilan safarga borgan edi. 
Endi adolat yuzasidan o‘sha zamonda ro‘y bergan korrupsiya illati 
to‘g‘risida gapirsak. Bu ham o‘ta murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Millatning 
“elitasini” sahnadan tushirish, buning zamirida millatni qoralashga qaratilgan 
“Paxta ishi” o‘zi bir katta adolatsizlik tarixi. Qisqasi, korrupsiya illatining kelib 
chiqishi paxta yakka hokimligini o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Bu mashaqqatli 
mehnatni bizga oldin chor Rossiyasi, so‘ngra mustabid tuzum egalari taqdirimizga 
bog‘lashdi. 
Sharof Rashidovning vafot etishi ham aynan ana shu paxta fronti bilan 
bog‘liq edi. Efiopiyadan safardan kelgandan so‘ng tezda Xorazm viloyatiga tashrif 
bo‘ldi, chunki paxta yig‘im-terim jarayoni ketayotgan edi. So‘ngra SSSR ministrlar 
soveti raisining birinchi o‘rinbosari H.Aliyevning kelishi munosabati bilan 
Urganchdan yana Toshkentga uchishga to‘g‘ri keladi. Uchrashuv tugagach, Sharof 
ota Toshkentdan Urganchga uchib boradi va Urganchdan Qoraqalpog‘istonga 
borish kerak bo‘ladi. Aynan shu yo‘lda yurak xurujiga uchrab vafot etadi. 
Mustaqillikning ahamiyatini anglashda buyuk inson, davlat arbobi Sharof 
Rashidovning hayotini, murakkab faoliyatini va unga nisbatan qilingan 
adolatsizliklarni xolisona o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun 
birinchi galda Sharof Rashidov qanday shaxs, rahbar ekanligiga nazar solish lozim 
bo‘ladi. 


30 
Biz bugun mustaqil mamlakatda yashab turib Sharof Rashidov yashagan 
davrni to‘g‘ri anglagan holda fikrlashimiz kerak. O‘sha vaqtda Sovetlar 
mamlakatining rahbari N.Xrushev “Amerikani quvib yetish va undan o‘zib ketish”
(Dognat i peregnat Ameriku) shiorini ilgari suradi. Ana shundan so‘ng butun 
mamlakat miqyosida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida rekordning orqasidan 
quvish boshlanadi. O‘zbekistonga ham paxta tayyorlashni 6 million tonnaga 
chiqarishga intilish boshlanadi. Buning oqibatida esa paxtani qo‘shib yozish va 
korrupsiya illati kuchayib ketadi. Buni to‘xtatish Sharof Rashidov imkoniyatidan 
tashqarida edi. Shuning uchun paxta muammosi Sharof Rashidovning aybi emas, 
balki ofati, falakati edi. Buni anglash Sharof Rashidov shaxsiga ob’yektiv va 
xolisona baho berishda muhim ahamiyatga ega. 
Yaratganga behisob shukr, mustaqillik tufayli tarixiy adolat tiklandi. Sharof 
Rashidov buyuk shaxs sifatida qayta tanildi va tan olindi. Ko‘rinib turibdiki, tarix 
ulug‘ murabbiy va buyuk tarbiyachidir. Inson va jamiyat o‘tmishdan to‘g‘ri xulosa, 
saboq chiqarib yashagandagina tarixiy adolatni qaror toptirish, o‘z taqdiri va 
kelajagini o‘z qo‘li bilan barpo etishga qodir bo‘ladi. Sharof Rashidov 
O‘zbekiston tarixida buyuk shaxslar qatoridan munosib o‘rin olishga haqli. 
 
Karimov I A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”, 1998. 
Karimov I A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat”, 2008. 
Karimov I A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009


31 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish